Qoʻltiqtumor - zargarlik buyumi; ayollarning yelka oshirib qoʻltiq ostidan oʻtkazib taqiladigan taqin-chogʻi. Q. toʻrtburchak shaklli qopqoqli qugacha va uning yuqori qismiga ulangan uzun zanjirdan iborat. Quticha yuzasi sovotkori, kandakori va bosma usulida naqshlar bilan bezatiladi, baʼzan feruza koʻzlar qadaladi; qutichaning tag qismi kunguralar bilan hoshiyalangan, kunguralarga marjon, sadaf munchoqli shokilalar osiladi. Q. ichiga duo, Qurʼon oyatlari bitilgan qogʻoz solib qoʻyiladi. Respublika muzeylarida Q.ning hashamdor bezatilgan nusxalari saqlanadi.