Qoʻzichoqlar sukunati – 1991-yilda rejissyor Jonathan Demme tomonidan suratga olingan, Thomas Harrisning 1988-yildagi xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan psixologik dahshatli triller janridagi film. Unda Jodie Foster „Buffalo Bill“ (Ted Levine) ismli seriyali qotilni qoʻlga olishga harakat qilayotgan yosh FQB stajori Clarise Starling rolini oʻynagan. "Buffalo Bill"ni qoʻlga olish uchun Clarise qamoqqa olingan Hannibal Lecterdan (Anhtony Hopkins) maslahat soʻraydi. Filmda, shuningdek, Scott Glenn, Anthony Heald va Kasi Lemmons kabi aktyorlar rol ijro etishgan[3].

Qoʻzichoqlar sukunati
Rejissyor(lar) Jonathan Demme
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Ted Tally
Qaysi asarga
asoslangan
Qoʻzichoqlar sukunati
Thomas Harris
Rollarda
Bastakor(lar) Howard Shore
Kinematografiya Tak Fujimoto
Muharrir(lar) Craig McKay
Studiya(lar) Strong Heart Productions
Distribyutor Orion Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 118 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $19 million[2]
Daromadi $272.7 million[2]

1991-yilning 14-fevralida Qoʻzichoqlar sukunati filmi premyera qilingan, hamda 272,7 million dollar daromad keltirgan.19 milllion dollar budjet bilan 1991-yilda dunyo boʻylab eng koʻp daromad keltirgan beshinchi film boʻlgan. Filmning premyerasi 41-Berlin xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtgan va u yerda „Oltin ayiq“ mukofoti uchun bellashgan. Demme esa „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyasida „Kumush ayiq“ mukofotiga loyiq koʻrilgan. Bu barcha mukofotlarni olgan uchinchi va eng soʻnggi film boʻlgan. Bu filmgacha 1934-yildagi It Happened One Night va 1975-yilgi Kakku uyasi uzra parvoz filmlari bunday natijaga erishgan. Bu eng yaxshi film nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan birinchi va hozirgacha yagona bo'lgan dahshatli film.

Qoʻzichoqlar sukunati“ muntazam ravishda tanqidchilar, rejissyorlar va tomoshabinlar tomonidan eng buyuk va eng taʼsirli filmlardan biri sifatida tilga olinadi. 2018-yilda Empireda u barcha davrlarning 500 ta eng zoʻr filmlari roʻyxatida 48-oʻrinni egallagan[4]. American Film Institute bu filmni Amerika kinosidagi oltmish beshinchi eng buyuk film, shuningdek, beshinchi eng buyuk va eng taʼsirli triller filmi deb topgan. Starling va Lecter esa eng buyuk kino qahramonlari qatoridan joy olgan. Film AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan „madaniy, tarixiy yoki estetik jihatdan ahamiyatli“ deb topilgan[5]. 2001-yilda „Hannibal“ ning davomi chiqqan, undan keyin ikkita prekvel film Qizil ajdaho (2002) va Hannibal Rising (2007) dunyo yuzini koʻrgan.

Syujet

tahrir

FQB stajyori Clarise Starling oʻzining boshligʻi Jack Crawford tomonidan qamoqqa olingan Hannibal Lecter, oʻta aqlli sobiq psixiatr va kannibalistik seriyali qotil bilan intervyu olish uchun topshiriq oladi. Crawford bu intervyudan yashirincha „Buffalo Bill“ nomi bilan mashhur boʻlgan, ayollarni oʻldiradigan va terisini shiladigan psixopatik seriyali qotil haqida maʼlumot olishga umid qiladi.

Starling Baltimore shtati ruhiy kasallar shifoxonasida oʻz kamerasida Lecter bilan uchrashadi. Dastlab xushmuomala boʻlsa-da, Lecter uni rad etib, Crawfordning asl maqsadini tezda anglaydi. Starling ketayotganda, boshqa mahbus Miggs unga yomon gap gapirib, Lecterni gʻazablantiradi. Bu voqea Hannibal oʻz fikrini oʻzgartirishiga sabab boʻladi, va u Starlingga bir qancha maslahatlar beradi. Bu maslahatlarga amal qilgan Starling yoʻlning oxirida bir odamning kesilgan boshi solingan bankani topib oladi. Bu odam Buffalo Bill bilan bogʻliq ekanligi oydinlashadi. Lecter esa qotilning shaxsiyatini ochish uchun kelishuv taklif qiladi. Unga koʻra, oʻzi yomon koʻradigan doktor Frederick Chilton kasalxonasidan boshqa joyga koʻchirilishi sharti bilan qotilning shaxsiyatini aytishi kerak edi. Shu bilan birga, Lecter Miggsga oʻz tilini yutib yuborishi va oʻz joniga qasd qilishga majbur qiladi. Billning yana bir qurbonini ekspertiziyadan o'tkazishayotganda Starling jasadning tomogʻida kapalak g'umbagini ko'rib qoladi

Tennessee shtatida Buffalo Bill AQSh senatorining qizi Catherine Martinni oʻgʻirlab ketadi. Crawford Starlingga Lecterga soxta shartnoma taklif qilish huquqini beradi va agar u Buffalo Billni qoʻlga olishga yordam bersa, boshqa qamoqxonaga oʻtishini vaʼda qiladi. Lekin Lecter buning oʻrniga Starling haqidagi shaxsiy maʼlumotlar evaziga yordam berishini taklif qiladi. Chilton esa Starlingning hiylasini fosh qiladi va Lecterga yangi shartnoma taklif qiladi. Lecter bu taklifga rozi boʻladi va Memphisga uchib ketadi. U yerda senator Martinga Buffalo Billning tashqi koʻrinishi haqida aniq maʼlumot beradi.

Starling hozirda Tennessee shtatida qamoqqa olingan Lecterni oldiga boradi va bolalik davridagi ogʻriqli voqeani aytib beradi. Starling oʻzi yaxshi koʻrgan qoʻzichoqlarni omborda soʻyilganda qichqirganini eshitgan, lekin ularni qutqara olmagan. Lecter, u Catherineni qutqarib, bu voqeadan keyin paydo boʻlgan dahshatli tushlardan qutulishini atadi. Starling mamnun boʻlib, ish materiallarini unga qaytaradi. Oʻsha kuni kechqurun Lecter oʻzining ikki qoʻriqchisini shafqatsizlarcha oʻldiradi va kamerasidan qochib ketadi.

Lekter tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bilan Starling Buffalo Bill oʻzining birinchi qurboni Frederika Bimmelni boʻlganini aniqlaydi. U Bimmelning uyiga Ohio shtatiga sayohat qiladi va Bimmel ham, Buffalo Bill ham tikuvchi boʻlganini bilib oladi. Bimmelning xonasida u Buffalo Bill inson terisidan kostyum tikayotganini koʻrsatadigan dalillarni topadi. Jinoyatchi Jame Gumb ismli erkak boʻlib, u oʻzini transsexual deb hisoblaydi, lekin jinsini oʻzgartirish operatsiyasi boʻyicha shifoxonalarga murojaat qilganda rad javobini oladi. Crawford va FQB garovga olinganlarni qutqarish guruhi Illinois shtatidagi Gumbning uyiga bostirib kirishadi, ammo uy boʻsh boʻladi. Ayni paytda, Starling uni Bimmelning sobiq mijozlaridan birining uyiga olib boradigan yetakchiga ergashadi. U yerda haqiqiy Jame Gumb bilan uchrashadi va uning Buffalo Bill ekanligini tushunadi. Uning uyida esa kapalak g'umbaglarini koʻradi. Starling Catherineni yertoʻladagi quduqdan topadi. Catherineni qutqarib boʻlgach, u Gumbni otib oʻldiradi.

FQB Akademiyasi bitiruv kechasida Starlingga Bimini aeroportida Bagama orollarida boʻlgan Lecterdan qoʻngʻiroq boʻladi. Lecter uni taʼqib qilish niyati yoʻqligiga ishontiradi.

Rollarda

tahrir

Tahlil

tahrir

Film chiqarilgan keyingi yillarda, u jinsiy siyosat mavzulari boʻyicha koʻplab tanqidiy muhokamalar markaziga aylangan. Film davomida Clarice Starlingning ayol ekanligi uning ajralib turuvchi xususiyati sifatida taʼkidlanadi, chunki u koʻpchilikni tashkil etuvchi erkak hamkasblari orasida yagona ayol roʻlini ijro etgan. Biroq, kino tanqidchisi Barry Forshaw taʼkidlaganidek, „feministik gʻoyalar hech qachon ochiq-oydin soʻzlar bilan ifoda etilmaydi“. Baʼzi gey tanqidchilar va feministlar filmdagi Bufffalo Bill obrazi LGBT hamjamiyatini gʻayrioddiy xulq-atvor, ruhiy kasallik va zoʻravonlik bilan salbiy bogʻlanganini taʼkidlaganlar. Bu tasvir ularning fikriga koʻra, LGBT jamoasiga nisbatan notoʻgʻri tasavvur uygʻotishi mumkinligini aytishgan. Shunga qaramay, Billning jinsiy orientatsiyasi filmda hech qachon aniq aytilmagan[8]. Demme bu tanqid notoʻgʻri ekanligini taʼkidlab, The New York Times gazetasiga „Men asossiz haqoratlarga duchor boʻldim… (Buffalo Bill) gey xarakterga ega emasdi. U shunchaki oʻzidan nafratlangan va ayol boʻlishni orzu qilgan qiynalgan odam edi.“ Yana Demme qoʻshimcha qiladiki, u „filmlarda ijobiy gey qahramonlari yetishmasligini tushunib yetdim“[9]. Shunga qaramay, keyingi yillarda film (va Billning „aslida transseksual emasligi“ haqidagi daʼvolari) transfeministlar tomonidan transfobiya uchun tanqid qilindi va ular „pop madaniyat transmisoginiyasining eng muhim va taʼsirli namunalaridan biri“ deb daʼvo qilishgan. „Translarning oʻzini identifikatsiya qilishiga ishonmaslikni ragʻbatlantiradi“[10][11][12]. 1992 yilda Playboy jurnaliga bergan intervyusida feminist va ayollar huquqlari himoyachisi Betty Friedan shunday degan: „ Qoʻzichoqlar sukunati toʻrt marta Oscarga sazovor boʻlgani menga mutlaqo gʻalati tuyildi. Film badiiy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlaganini inkor etmayman, lekin u ayollarning terisini tiriklayin shilib olishi haqidagi kino edi. Bu gʻoyani men haqoratli deb hisoblayman[13].

Ishlab chiqarilishi

tahrir

Jarayon

tahrir

''Qoʻzichoqlar sukunati'' filmi Harrisning 1988-yilgi xuddi shu nomli romaniga asoslanib suratga olingan. 1987-yil noyabr oyida Ted Tally ssenariynini yozishga jalb qilingan;[14] Tallyning Harris bilan koʻp marta yoʻllari kesishgan, uning Qoʻzichoqlar sukunati ni ssenariylashtirishga qiziqishi Harrisdan kitobning oldindan nusxasini olganidan kelib chiqqan[15]. Tally birinchi loyihaning yarmini tugatganida, Hackman loyihadan voz kechgan va moliyalashtirish tugagan. Biroq, Orion asoschilaridan biri Mike Medavoy Tallyni yozishni davom ettirishga undagan, chunki studiya moliyalashtirish bilan shugʻullangan va uning oʻrniga direktor qidirishni boshlagan[16]. Orion Jonathan Demmeni rejissyorlik qilishga koʻndirishga urinib koʻrgan. Ssenariy hali tugallanmaganligi sababli, Demme romanni oʻqib boʻlgach, shartnomaga imzo chekkan[17]. Bundan keyin loyiha tez rivojlanib ketgan; Tally shunday degan: ''mening birinchi qoralamam tugaganidan koʻp vaqt oʻtmay oʻqib chiqqan va biz tez orada uchrashganmiz. Keyingi ishlar esa tezlashib ketgani meni hayratga qoldirgan. Biz 1989-yil may oyida uchrashganmiz va noyabrda oyidan suratga olish ishlari boshlangan"[18].

Kasting

tahrir

Jodie Foster romanni oʻqib chiqqandan soʻng darhol FQB agenti Clarice Starling rolini oʻynashga qiziqqan[19]. Biroq, The Accused(1988) filmidagi ijrosi uchun hozirgina Oskar mukofotini qoʻlga kiritganiga qaramay, Demme dastlab bu akrisa rolga toʻgʻri kelishiga ishonch hosil qilmagan[20][21]. Married to the Mob(1988) filmida hamkorlik qilgan Demmening Starling roli uchun birinchi tanlovi Michella Pfeiffer boʻlgan. Lekin aktrisa rad javobini bergan va keyinchalik: „Bu qiyin qaror edi, lekin men film mavzudan uni menga toʻgʻri kelmasligini his qildim“, – degan[22]. Keyin rejissiyor Meg Ryanga murojaat qilgan, ammo bu aktrisa ham bu filmda rol oʻynashdan bosh tortgan. Oxir-oqibat aktrisan Fosterga bu rolga loyiq topilgan[23][24].

Lester roli uchun Demme dastlab Sean Conneryga murojaat qilgan. Connery rad javobini berganidan soʻng, Anthony Hopkinsga The Elephant Man(1980) filmidagi ijrosi asosida bu rol taklif qilingan[25]. Hopkinsning agenti aktyorga Qoʻzichoqlar sukunati nomli ssenariy tayyorlanayotganini aytganida, Hopkins: „Bu bolalar hikoyasi-mi?“, – deydi. Hopkins ssenariyning dastlabki 10 sahifani oʻqib boʻlgach, agentiga qoʻngʻiroq qilgan va „Bu men oʻqigan eng yaxshi film“, – degan[26].

Rol uchun koʻrib chiqilgan boshqa aktyorlar Al Pacino, Robert De Niro, Dustin Hoffman, Derek Jacobi va Daniel Day-Lewis. Forest Whitaker ham rol uchun kastingdan oʻtganini aytgan. Hopkins kiygan niqob filmning ramziy ramziga aylangan. Uni NHL darvozabonlari uchun niqoblar yasagan New-Jersey shtatidagi Fransuztaunlik Ed Cubberly yaratgan[27][27][28][28][28][29].

Manbalar

tahrir
  1. „The Silence of the Lambs“. British Board of Film Classification. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „The Silence of the Lambs (1991)“. Box Office Mojo. 2014-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
  3. „The Silence of the Lambs“. Turner Classic Movies. 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  4. „The 500 Greatest Movies of All Time – #400–301“. 2011-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  5. „Silence of the Lambs added to U.S. film archive“ (2011-yil 28-dekabr). 2024-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  6. Kennedy, Michael „Silence Of The Lambs: George Romero's Cameo Role Explained“. Screen Rant (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  7. Saperstein, Pat (July 16, 2017). „George A. Romero, 'Night of the Living Dead' Director, Dies at 77“. Variety. Qaraldi: June 24, 2021.
  8. 'Dr. Lecter, My Name Is Clarice Starling'. Vanity Fair. February 23, 2021. February 25, 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: February 25, 2021.
  9. Schmalz, Jeffrey. „From Visions of Paradise to Hell on Earth“. The New York Times (1993-yil 28-fevral). 2017-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-fevral.
  10. Truitt. „My Auntie Buffalo Bill: The Unavoidable Transmisogyny of Silence of the Lambs“ (en-US). Feministing (2016-yil 10-mart). Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  11. Romano. „Understanding Silence of the Lambs' complicated cultural legacy“ (en). Vox (2021-yil 16-fevral). Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  12. (Thesis). {{cite thesis}}: Missing or empty |title= (yordam)
  13. “Interview of Friedan" by David Sheff, Playboy, September 1992, pp. 51–54, 56, 58, 60, 62, 149; reprinted in full in Interviews with Betty Friedan, Janann Sherman, ed.
  14. Medavoy 2013.
  15. Konow 2012.
  16. Engel 1995.
  17. Kapsis 2008.
  18. Scott 2006.
  19. Mishra, Anubhuti. „20 Best suspense movies as per IMDb that will keep you hooked“ (2023-yil 14-iyun). 2024-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  20. „The Total Film Interview – Jodie Foster“ (2005-yil 1-dekabr). 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  21. Davis. „Mindhole Blowers: 20 Facts About The Silence of the Lambs That Might Make You Crave a Nice Chianti“. Pajiba (2012-yil 27-fevral). 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  22. The Barbara Walters Special, American Broadcasting Company, 1992
  23. Davis. „'Silence of the Lambs' director admits he didn't want to cast Jodie Foster“ (2015-yil 2-aprel). 2018-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  24. „How to Film a Gory Story With Restraint“. The New York Times (1991-yil 19-fevral). 2015-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  25. Odam. „AFF panel wrap: Jonathan Demme in conversation with Paul Thomas Anderson“ (2013-yil 26-oktyabr). 2014-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  26. Setoodeh, Ramin. „Jodie Foster and Anthony Hopkins Reunite for 'Silence of the Lambs' 30th Anniversary“. Variety (2021-yil 20-yanvar). 2024-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
  27. 27,0 27,1 Lang. „Derek Jacobi, Daniel Day-Lewis Almost Played Hannibal Lecter in 'Silence of the Lambs'“. The Wrap (2013-yil 11-sentyabr). 2014-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
  28. 28,0 28,1 28,2 White. „Jodie Foster Lifts The Lid On 'The Silence of the Lambs' At BFI – Q&A“. Deadline Hollywood (2017-yil 6-noyabr). 2017-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
  29. „Ed Cubberly - Hannibal Lechter Masks“. edcubberly.com. 2019-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.