Qonunchilikda pedagogning maqomi
Pedagogning maqomi – taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs pedagogdir[1].
Oʻzbekiston Respublikasida pedagogning maqomi
tahrirPedagoglarning huquqlarini himoya qilish, moddiy va ijtimoiy imkoniytalar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir qancha oʻzgarishlar kiritildi[2]. 2023-yil 1-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida[3] oʻqituvchilarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi belgilab qoʻyilgan. Shu bilan birgalikda 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirgan „Pedagogning maqomi toʻgʻrisida“gi qonun[4] ham pedagoglarga huquqlarini himoya qilishga va qulay sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratib berishga qaratilgan. Ushbu qonunning 6-moddasida pedagog oʻzining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida oʻz shaʼni, qadr-qimmati va [[ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan, shuningdek o‘z huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilgan taqdirda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi belgilab qoʻyilgan[5]. Pedagoglar sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etildi va bu orqali, birinchidan, ularning huquqlari himoya qilishga davlat tomonidan eʼtibor berilayotgani, ikkinchidan, ularga qulaylik yaratilib berilishi qonunchilikda mustahkamlangan. 12-moddada pedagoglarning mehnatiga haq toʻlash[6], 13-moddasida pedagoglarni ragʻbatlantirish[7], 14-moddada esa pedagoglarning ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor qaratilgan[8].
Yaponiyada pedagogning maqomi
tahrirYaponiyada ham pedagoglarga juda imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda ularning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. 2006-yil 22-dekabrda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisidagi asosiy qonun“[9] Yaponiyada pedagoglar va taʼlim bilan bogʻliq holatlarni tartibga soladi. Yaponiya davlati oʻqituvchilarga oylik maosh toʻlashda eng yuqori 10 ta davlat qatoridan joy olgan[10]. Oʻz konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari orqali oʻqituvchilarning faoliyati tartibga solinadi. Yaponiya Konstitutsiyasining 28-moddasida[11] pedogoglarning huquqlari kafolatlangan. Pedagoglarning ilmiy darajasini hisobga olgan holda ularning mehnatiga haq toʻlash yuqori darajada belgilanib Yaponiya qonunchiligi asosida pedagogning maqomi alohida inobatga olinadi.
Germaniyada pedagogning maqomi
tahrirGermaniya Konstitutsiyasining 91b-modda va 104c-moddasida[12] taʼlim sohasiga oid normalar belgilab qoʻyilgan. Germaniyada fuqarolarga qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda namoyish oʻtkazish huquqlari berilgan. Shu sababli oʻqituvchilar ham namoyish oʻtkazish huquqiga ega. 2018-yilda Germaniya oʻqituvchilar uyushmasi (Gewerkschaft Erziehung und Wissenschaft) tomonidan Strasburgdagi Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga murojaat qilgan[13]. Murojaatning asosiy sababi oylik maoshning kamligi deb baholangan va shu tufayli Germaniyada oʻqituvchilar ish tashlash oʻtkazgan. Keyinchalik bu masala sud tomonidan ijobiy hal qilingan va Germaniya pedagoglarga oylik maosh toʻlashda eng yuqori besh davlat qatoridan joy olgan. Ushbu Yevropa davlatida oʻqituvchilarga namoyish oʻtkazishga va Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga murojaat qilish qonunchilik bilan belgilab qoʻyilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „"Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonun“. lex.uz (1-fevral 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi“. lex.uz (1-aprel 2023-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (52-modda))“. lex.uz (1-aprel 2023-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun“. lex.uz (1-fevral 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Pedagogning huquqlari (6-modda)“. lex.uz (1-fevral 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Pedagogning mehnatiga haq to‘lash (12-modda)“. lex.uz (1-fevral 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Pedagoglarni rag‘batlantirish (13-modda)“. lex.uz (1-fevral 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish (14-modda)“. lex.uz (1-fevral 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Yaponiyaning “Ta'lim to'g'risidagi asosiy qonun”i“. MEXT (22-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Mamlakatlar bo‘yicha o‘qituvchilarning ish haqi 2024 yil“. World Population Review (9-iyun 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Yaponiya Konstitutsiyasi“. japan.kantei.go.jp (9-iyun 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Germaniya Konstitutsiyasi“. btg-bestellservice.de (9-iyun 2024-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
- ↑ „Germaniyalik o'qituvchilar to'liq jamoaviy huquqlar uchun qonuniy choralar ko'rishadi“. muse.jhu.edu (2019-yil). Qaraldi: 9-iyun 2024-yil.
Havolalar
tahrir- Prezident „Pedagogning maqomi toʻgʻrisida“gi qonunni imzoladi (Gazeta.uz) 1-fevral 2024-yil
- „Pedagogning maqomi toʻgʻrisida“gi Qonun (OʻRQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi (advice.uz) 2-fevral 2024-yil
- Pedagog xodimning maqomini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqildi (Qalampir.uz) 8-noyabr 2020-yil