Qorabel
Qorabel — Paropamiz togʻlari etagidagi qir. Murgʻob va Amudaryo daryolari oraligʻida. Eng baland joyi 980 m. Neogen va antropogen davrlarining allyuvial-prolyuvial lyossimon qum-toshlaridan tashkil topgan. Yer yuzasi jan.dan shim.ga qiya boʻlib, choʻl va chala choʻl, efemer hamda subtropik efemeroid dasht oʻsimliklari bilan qoplangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |