Qorabosh baliqchi[1] (lotincha: Larus ichthyaetus') — baliqchilar (Laridae)[2] oilasiga mansub Ichthyaetus turkumiga kiruvchi yirik qushlar turidir. Qrim va Azov dengizidan sharqiy Moʻgʻulistongacha[3] tarqalgan, lekin asosan Kaspiy dengizi qirgʻoqlarida va Oʻrtayer dengizining sharqiy qismida, shuningdek, Chan koʻllari qirgʻoqlarida uchraydi.

Qorabosh baliqchi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Baliqchilar
Urugʻ: Ichthyaetus
Turlari: Qorabosh baliqchi
Xalqaro ilmiy nomi
Ichthyaetus ichthyaetus (Pallas, 1773)
Larus ichthyaetus tuxumi.

Tavsif

tahrir

Qorabosh baliqchi tanasi oq, boshi tim qora, orqa va qanotlari kulrangda. Parvoz qanotlari oq, ustki qismi qora yoʻlli chiziqlar bilan ifodalangan. Tumshugʻi olovrang boʻlib, uchida qora tasmasi bor. Ogʻirligi 1 dan 2,1 kg gacha.

Hayot tarzi

tahrir

Qorabosh baliqchilar 30-100 yoki undan ortiq juftlikdan iborat koloniyalarni hosil qiladi. Kolonizasiyalash koʻrsatkichi ancha yuqori, koloniyadagi uyalar juda zich va yaqin joyda yoki 1,5-2,5 metrdan oshmasligi mumkin. Tuxum qoʻyishni uchtadan oshirmaydi, erkaklar ham, urgʻochilar ham tuxum bosib yotishadi. Polaponlar tuxumdan chiqib, "bolalar bogʻchalari" ni tashkil qiladi. Agar yaqin atrofda bir nechta kichik koloniyalar mavjud boʻlsa, ular "bolalar bogʻchasi" ni tashkil qilishi mumkin, koloniyaning bir qismi polaponlarini qoʻriqlasa, bir qismi oʻz va boshqa polaponlar uchun ov qiladi. Qorabosh baliqchilar juda qoʻrqoq qushdir; u koloniyani himoya qilganda dushman yaqiniga bormasdan bir necha oʻn metr narida boshini suqib, yerni teshib gʻalati ovozlar berib toʻdasini ogohlantiradi.

Ba’zan bu yirik qushlar ichida bir-birini yeyish holati ham uchraydi.

Tarqalishi

tahrir

Orol dengizi orollari, Janubiy Orolboʻyi (oʻtmishda uyalash); tekislikdagi suv havzalari (uchib oʻtish), Sirdaryo va Amudaryoning oʻrta oqimlari (qishlash). Oʻzbekistondan tashqarida: Qrim, Kavkazoldi, Kaspiyboʻyi, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston (uyalash); Shimoliy Afrika, Hindiston, Farbiy, Oʻrta va Janubi-sharqiy Osiyo (qishlash).

Yashash joyi

tahrir

Tekislikdagi shoʻr koʻllarning orol va qirgʻoqlari (uyalash), yirik suv havzalari baliq koʻpaytirish hovuzlarida (uchib oʻtish, qishlash) uchraydi.

Ilgari uchrashi odatiy edi. Orol dengizi orollarida taxminan 3 ming qush uyalar edi; hozirda uyalamaydi, bir necha yuztasi uchib oʻtadi, bir necha oʻntasi qishlaydi. Turning global populyasiyasi kamayib bormoqda.

Himoya choralari

tahrir

Ovlashga ruxsat berilmaydi. Sudochye, Tuzkon, Qoraqir, Arnasoy va Dengizkoʻl buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 90. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
  2. Coursers, noddies, gulls, terns, auks, sandgrouse : [англ.] / F. Gill & D. Donsker (Eds). // IOC World Bird List (v 8.1). — 2018. — doi:10.14344/IOC.ML.8.1
  3. Арлотт Н., Храбрый В.. Птицы России: Справочник-определитель. СПб.: Амфора, 2009 — 184-bet. ISBN 978-5-367-01026-8. 
  4. ҚОРАБОШ БАЛИҚЧИ (Wayback Machine saytida 2022-08-19 sanasida arxivlangan) Redbook.uz