Afyun (aslida yun. abijum – mudra-tuvchi, uxlatuvchi), opiy, „qora dori“-1) koʻknorning xomroq koʻsagini tilib qoʻyganda undan oqib chiqib, havoda qorayib qotgan, sutsimon shira. Tar-kibida morfin, papaverin, kodein, tebain, narkotin va 20 ga yaqin boshqa alkaloidlar bor. Dam-badam qabul qilib turilsa, boshqa narkotiklar kabi unga oʻrganib qolish mumkin. Bu hayot uchun xavfli. A. preparatlari tibbiyotda ogʻriqsizlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. U asosan tarkibidagi morfin bilan taʼsir etadi. A. qadimdan maʼlum. Bardi (papirus) ga yozilgan qadimda. Misr yozuvlarida (mil. av. 1552-yil) dori sifatida tavsiya etilgan. Teofrast (mil. av. 3-asr), Dioskoridus-Diskuridis (mil. av. 77 yil) ham oʻz asarlarida A. dori ekanligini aytib oʻtishgan. A. dastlab dori sifatida Kichik Osiyoning janubi-sharqida, Yevro-pada ishlatilgan va „opiy“ deb atalgan. Yunonlardan arablar va Yaqin Sharqdagi boshqa xalqparga „afyun“ shaklida kirgan (oʻzbeklar „qora dori“ ham deyishadi). Abu Bakr ar-Roziy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Baytor, Dovuvdi Antokiylarning asarlarida ham A.ning tibbiy nafi, ishlatilish usullari bayon etilgan. Xitoyda A.ni tutatib chekish rasm boʻlgan. Bu odat keyinchalik Hindiston va Eronga ham oʻtgan. A. kuchli narkotik 803boʻlgani uchun hamma mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham uni isteʼ-mol qilish taqiqlangan. A.ni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. 2) Baʼzan zahar, ogʻu maʼnosida ishlatiladigan soʻz[1].

Afyun lolazori, Myanma.

Afyun lolaqizgʻaldoq (papaver somniferum) sharbatini quritib olinadigan kuchli giyohvanddir. Morfin alkaloidlari koʻp boʻlgani uchun tibbiyotda ogʻriqsizlantiruvchi dori sifatida qoʻllanar edi; biroq bangilikni keltirib chiqarishi tufayli hozirda deyarli qoʻllanmaydi.

Tarixi

tahrir

Afyun haqida eslab oʻtuvchi ilk manbalar mil. avv. 500 yillarga oiddir (Mesopotamiya). Qadimgi Yunonistonda ham maʼlum boʻlgan, jumladan Buqrot afyunning ogʻriqsizlantiruvchi xususiyati borligini eʼtirof etgan. Yevropada afyunxoʻrlik XIX asrda avjiga chiqqan.

Ishlab chiqarilishi

tahrir

Bugungi kunda afyun Tayland, Laos, Birma hamda Afgʻonistonda oʻstiriladi. Afyun hosili borasida Afgʻoniston birinchi oʻrinda turibdi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil