Qorakoʻl xalqaro aeroporti
Qorakoʻl xalqaro aeroporti (qirgʻizcha: Каракол эл аралык аэропорту, ruscha: Международный аэропорт "Каракол"; (IATA: none (КПЖ), ICAO: UCFP)) – Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati markazi Qorakoʻlga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Qorakoʻl xalqaro aeroporti uchun Rossiyaning IATA kodi – KPJ[2].
Qorakoʻl xalqaro aeroporti Каракол эл аралык аэропорту | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: none (KPJ) – ICAO kodi: UCFP | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Xalqaro | ||
Xizmat doirasi | Qorakoʻl | ||
Joylashuvi | Qorakoʻl, Qirgʻiziston | ||
Havo yoʻli tuguni | SCAT | ||
Dengiz sathidan balandligi | 5,590 ft / 1,704 m | ||
Koordinatalari | 42°30′29″N 078°24′28″E / 42.50806°N 78.40778°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
10/28 | 2,000 | 6,562 | Asfalt |
[1] |
Umumiy maʼlumotlar
tahrir1992-yilgacha Prjevalsk aeroporti nomi bilan atalgan Qorakoʻl xalqaro aeroporti 1940-yillarda oʻz faoliyatini boshlagan. Hozirgi uchish-qoʻnish yoʻlagi va terminal 1978-yilda qurilgan. 2011-yil 30-noyabrda Qirgʻiziston hukumati qaror imzolagan va aeroportga xalqaro maqom berilgan. Shunday qilib, u Qorakoʻl xalqaro aeroportiga aylangan[3].
2011-yil 2-dekabr kuni Qorakoʻl xalqaro aeroportiga birinchi xalqaro reys qoʻndi. SCAT aviakompaniyasining Qozog‘istonning Olmaota shahridan boʻlgan Antonov AN-24 samolyoti ham 1991-yilda aeroportda yoʻlovchilar soni qisqarganidan beri birinchi rejali reys boʻldi[4]. 1991-yilgacha Qorakoʻl xalqaro aeroporti Qirgʻizistonning Bishkek, Jalolobod, Oʻsh va boshqa shaharlari bilan muntazam aloqada boʻlgan.
Qorakoʻl xalqaro aeroporti 3C toifali aeroport boʻlib, unda qoʻnish moslamalari yoʻq va faqat kunduzi ishlaydi.
Qorakoʻl xalqaro aeroporti bojxona va chegara nazoratiga ega boʻlib, ichki va xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatadi. Qirg‘izistonning Bishkek, Jalolobod, O‘sh, shuningdek, Rossiyaning Omsk va Novosibirsk shaharlariga parvozlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan[4].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirAviakompaniyalar | Manzillar |
---|---|
Avia Traffic kompaniyasi | Bishkek[5] |
Manbalar
tahrir- ↑ [1][sayt ishlamaydi]
- ↑ „Справка по расписанию и тарифам на линиях СНГ - Украинский Авиационный Портал“. Aviation.com.ua. Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Аэропорту "Каракол" придан статус международного“. Vb.kg (2011-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Каракол принял первый регулярный авиарейс за 20 лет“. Kloop.Kg (2011-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Расписание рейсов“. Aero.kg. Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.