Qoraqum kanali
Qoraqum kanali, Qoraqumdaryo — Turkmanistonning janubi-sharqidagi sugʻorish kanali. Jahondagi yirik gidrotexnika majmualaridan biri. Hozirgi uz. 1100 km. Suv oʻtka-zish imkoniyati 502 m³/sek. Amudaryo suvini Turkmanistonning janubidagi yerlar — Murgʻob, Tajan havzalari va Qopetdogʻdan oqib tushadigan va boshqa kichik daryolarning kamsuv havzalariga chiqarib beradi. Amudaryoning chap qirgʻogʻidan, hozirgi Karki shahrining yuqori-rogʻidan boshlanadi. Turkmanistonning janubiy qismini kesib oʻtadi. Sutorish maydoni 500 ming ga dan ortiq, 5 ming ga yaylovga suv beradi. Qoraqum kanali oʻzi oqar, kengligi 200 m gacha, chuq. 7,5 m gacha, bosh qismida 465 km.ida kemalar qatnaydi, baliqchilik rivojlangan. Kanalning Amudaryodan Murgʻobgacha boʻlgan 400 km li 1-navbati 1954— 59 yillar qurilgan. 100 ming ga qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarni sugʻoradi. Murgʻobdan Tajangacha boʻlgan 140 km li 2-navbati 1960-yilda qurilgan, suv sarfi 200 m³/ sek. Kanalning 2-navbati ishga tushirilishi natijasida Tajan vohasida 70 ming ga ga yaqin yangi yer oʻzlashtirildi, ilgari sugʻorib kelingan 30 ming ga yerda sugʻorish ishlari yaxshilandi. Tajandan Goʻktepagacha 300 km uzunlikdagi 3-navbati 1961—69 yillarda qurilgan, bu esa 100 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi. 1971-yildan 4-navbati qurilishi boshlandi. Qurilgan qismi 1100 km, 2003-yilga qadar Barekat shahrigacha yetkazildi. Qoraqum kanalida 4 suv ombori, jumladan, Hovuzxon va Kopetdogʻ suv omborlari qurildi. Qoraqum kanali toʻla qurilib bitkazilgandan soʻng uning uz. 1435 km, suv oʻtkazish imkoniyati 1000 m³/sek.ga yetadi. Turkmanboshi shahar atrofi sanoat rayonlari suv bilan taʼminlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |