Qoraxoniylar tili

Qoraxoniylar (Xoqoniya) tili

Qoraxoniylarli tili (Xoqoniya tili, Qoraxonlicha yoki Xoqoniya lahjasi) qadimgi turkiy tillardan biri hisoblanadi. Turkiy tillarni qadimgi, oʻrta va yangi kabi uch davrga ajratgan turkologlarning fikriga koʻra Qoraxoniylar tili oʻrta turkiy til davrining dastlabki davrini boshlab bergan edi.[3] Bu fikrga qoʻllab-quvvatlovchi turkologlarning fikricha X va XV asrlar oʻrta turkchaning asri sanaladi. XIII asrdan boshlab turkiy tillarning (shimol) sharq va (janub) gʻarb sifatida ikki qoʻlga boʻlinadi, deb hisoblagan boshqa tadqiqotchilar Qoraxoniylar tilini qadimgi davr turkiy tillariga oid deb hisoblashadi. Bugungi kunga qadar yetib kelgan matnlardan koʻrinadiki, XI va XII asrlarga oid boʻlgan Qoraxoniy tilining qadimgi uygʻur tili bilan zamondosh boʻlganini tasdiqlaydi.[4]

Qoraxonli tili
Alifbosi Arab alifbosi va Uygʻur yozuvi
Til kodlari
ISO 639-3 xqa[1][2]

Tarixi

tahrir

Qadimgi turkiy tillar davri V-XV asrlarni oʻz ichiga oladi. Ligetining tavsifiga koʻra bu ham oʻz navbatida uch davrga boʻlinadi:

a) Moniy va Budda tarjimalari bilan Uygʻur yozuvining qurilish davri.

b) Chigʻatoy davrining yozuv tili davri

s) Qipchoq va ogʻuz tiliga oid yodgorliklar davri.

Xoqoniya tilini qadimgi Qoshgʻar tili deb ham atash mumkin. Bu ayni paytda qadimgi Turkiy xalqlarning XIV asr boshlariga qadar foydalangan adabiy tilidir. Qoraxoniylar tili va gʻarbdagi Xorazm tili moʻgʻullar va undan keyingi Temuriylar davrida oʻz oʻrnini Chigʻatoy tiliga boʻshatib bergan edi.

Alfabeti

tahrir
Saqlangan shakli Tugash Oʻrta Boshlangʻich Nomi Harflarning tarjimasi Hozirgi shakli
elif a, â a, e, â
hemze ˀ ', a, e, i, u, ü
be b, p b
pe p p
te t t
se s s
cim Ch, ch c
chim ch ch
ha h
ẖ, x h
dal d d
zel z z
re r r
ze z z
je j j
sin s s
shın ş ş
sad s
ﺿ dad ż, d, z
t
z
ayın ʿ ', h
gayın ġ g, ğ
fe f f
kaf ḳ, q k
kef k, g, ñ k, g, ğ, n
gef¹ g g, ğ
nef, sağır kef ñ n
lam l l
mim m m
nun n n
vav v, w, o, ô, ö, u, û, ü v, o, ö, u, ü, û
he h, e, a h, e, a
lamelif la
ye y, ı, i, î y, ı, i, î

Qoʻshimcha ishlatilgan harflar

tahrir

Butun turkiy tillarda faol foydalanib kelingan harflar oʻn sakkizta hisoblanadi. Yozuv tilida oʻrniga ega boʻlmagan, ammo soʻzlashuvda kerakli boʻlgan yana yettita harf mavjud. Turkiy tillarini bu harflarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bular:

p p
j c
j
f f
g' g
k g
ڭ ng

Unli harflar

tahrir
qalin unlilar Yengil unlilar
a e, e
I i
U u
u ü

Asarlar

tahrir

Keyingi asrlarda Gʻaznaviylar va Saljuqiylar turkiy tilda koʻra koʻproq forsiy tilga ahamiyat berishgan boʻlishsa ham turkiy qabilalarning ulugʻ kishilari va baʼzi hukmdorlar bu tilga katta eʼtibor bilan qarashgan edi. Natijada soni 21 taga yetgan asarlar yoziladi.[5] Bulardan bizgacha yetib kelgan eng muhimlari quyidagilar:

Qoraxoniylar davrida birinchi bor Xoqoniya tilida yozilgan Yusuf Xos HojibningQutadgʻu bilig“ asari, u bilan deyarli bir vaqtda yozilgan Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu Lugʻatit Turk“ asari.[6] Va, Ibn Muhanna aytib oʻtgan toʻrtta asar hamda Abu Hayyan aytib oʻtgan „Bilik“ nomli asar afsuski bizgacha yetib kelmagan. Bundan tashqari Qoraxoniylar davrida Chuchu ismli bir shoirning yashab ijod qilgani ham manbalarda qayd qilib oʻtilgan.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. „Türk dilleri“ (2020-yil 8-oktyabr). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
  4. Ahmet Bican Ercilasun, Başlangıçtan Günümüze Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara 2010, s. 342. ISBN 978-975-338-589-3
  5. Atalay, Besim (2006). Divanü Lügati’t — Türk. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi. ISBN 975-16-0405-2, Cilt I, sayfa VIII.
  6. Kutadgu Bilig — 3269.