Qori Sulton madrasasi Xoja Porso guzarida joylashgan bo‘lib, 10 hujrasi bo‘lgan. Amir Abduahadxon davrida qurilgan. Mulla Sultonbiy ibn Xoja Murod hijriy 1323-yili (1905 — 1906) Xoja Porso guzaridagi mulla Sultonbiy madrasasi uchun Taxti sho‘r guzarida 1 savdo do‘koni, Komi Abu Muslim tumanidagi Qasri ishrat mavzesida 2 tanob sug‘oriladigan ekin yerini vaqf qilgan. Hujjat qozi ul-quzzot Mir Badriddin ibn Sadriddin muhri bilan tasdiqlangan.[1]

Madrasa
Qori Sulton madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 485.