Quduq — 2013-yilda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Oʻzbek“ film kinostudiyasida Mansur Vasati tomonidan suratga olingan sobiq Ittifoq davrida, dasht bagʻridagi qishloqda yashagn aholi haqidagi badiiy film. filmi ham AQSh, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Avstraliya kabi 10 dan ortiq mamlakatlardagi xalqaro kinofestivallarning tashkiliy qoʻmitalariga saralash bosqichi uchun yuborilgan.

Quduq
Rejissyor(lar) Mansur Vasati
Prodyuser(lar) Farhod Usmonov
Ssenariynavis(lar) G'ofur Shermuhammad
Rollarda
Bastakor(lar) Toir Askar
Kinematografiya Umid Malikov
Studiya(lar) Oʻzbek film kinostudiyasi
Chiqarilgan sanasi 2014-yil 7-fevral
Davomiyligi 75 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Mazmuni tahrir

Elmurod timsolida hamqishloqlariga quduq qazib, eng ogʻir yumushlarni bajarib umrini oʻtkazayotgan odamning hayotiy qarashlari turli ziddiyatli voqealar yordamida tomoshabinga yetkazib beriladi. Soddadil, ishonuvchan, oqkoʻngil bu inson barchani oʻziga qadrdon deb biladi. Ozor yetkazgan odamlarni osongina kechirib yuboradi. Shu bois oʻziga Lallay degan nomni orttirib olgan. Elning qudugʻini qazib yurgan bu insonning yuragida dardi bor — toʻngʻich oʻgʻli ogʻir xastalikka chalinib, yurolmay qolgan. Lallay Toshkentdagi shifoxonada davolanayotgan oʻgʻlining holidan xabar olishni istaydi. Biroq qurgʻoqchilikdan aziyat chekayotgan odamlarning ham yuzidan oʻta olmaydi. U quduq qazish jarayonida har xil voqealarga guvoh boʻladi, turfa tabiatli odamlar bilan muloqot qiladi. Hayotda koʻrgan-kechirganlarini umumlashtirib, oʻzicha xulosa chiqaradi: „Umr boʻyi tuproq kavlash bilan andarmon boʻlib, odamlar koʻksidagi ezgulik qudugʻi qurib borayotganini sezmay qolibman. Ulardan yaxshilik umidvor boʻlib behuda urinayotganga oʻxshayman…“. Lallay bir umr oʻzi axtargan shirin suvli quduqni xonadoni yaqinidan topadi. Hayotda koʻrgan qiyinchiliklari, boshidan kechgan sinovlar uni ana shu shirin suvli quduqqa yetaklab keladi. Toʻgʻrilik, halollik, lafz, oriyat, hamiyat, mehnatsevarlik kabi chin insoniy fazilatlar haqida hikoya

Film ijodkorlari tahrir

Rollarda

Ishlab chiqarish tahrir

Film primerasi 2014-yil 7-fevralda boʻlib oʻtdi[3].Quduq filmi XI Qozon xalqaro musulmon kinosi festivalining saralash komissiyasi 700 dan ortiq filmni koʻrib chiqib, festivalning tanlov dasturida qatnashishi uchun 25 davlatning 50 ta kinolentasini tanlab olingan boʻlsa bu filmlar qatoridan „Quduq“ filmi ham oʻrin oldi[4][5]. Shu bilan birgalikda ushbu film AQSh, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Avstraliya kabi 10 dan ortiq mamlakatlardagi xalqaro kinofestivallarning tashkiliy qoʻmitalariga saralash bosqichi uchun yuborilgan. „Quduq“ filmi bungacha 2014-yili Rossiyaning Anapa shahrida tashkil etilgan XXIII „Kinoshok“ kinofestivalining asosiy tanlov dasturida qatnashgan edi.[6][7].

Manbalar tahrir