Quyosh qoraymas
"Quyosh qoraymas" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek ijodiga mansub 1943-1957-yillarda yozilgan roman. Adib „Quyosh qoraymas“ romanida Bektemir ismli askar va uning ikki doʻsti misolida SSSRning tayyorgarliksiz urushga kirgani va rahbarlarning qoʻpol xatolari tufayli turli xalqlardan boʻlgan millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ boʻlgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib bergan.
2021-yilgi nashr muqovasi | |
Muallif(lar) | Oybek |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot |
|
Sahifalar soni |
|
ISBN | ISBN 978-9943-20-653-3 |
Romanning ilk variantidan parchalar „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida va „Sharq yulduzi“ jurnalida eʼlon qilib borilgan. Asar 1971-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etildi. 1977-yilda esa Oʻqituvchi nashriyoti tomonidan roman 120 000 nusxada bosib chiqarildi. Soʻnggi marotaba 2020-2021-yillarda Yangi Asr Avlodi nashriyotida nashr etildi.[1][2]
Yaratilish tarixi
tahrirOybek 1942-yil dekabridan 1943-yilning mart oyiga qadar Gʻarbiy frontda, Moskva, Voronej, Kursk, Belgorod uchun boʻlgan janglarda oʻzbek jangchilari orasida boʻlib, ularning jasorati, qahramonliklari haqida material toʻpladi.
Adib xotiralarida shunday yozgandi: "Ogʻir urush yillarida men „Quyosh qoraymas“ degan yangi roman ustida ish boshladim. Ulugʻ Vatan urushi frontlaridagi oʻzbek jangchilarini koʻrsatishga harakat qildim. Men artistlar brigadasi bilan frontga borgan boʻlsam ham, u yerda brigadadan ajralib qoldim. Chunki faqat sharoitni, kishilarni chuqur oʻrganibgina jangchi va komandirlarning qahramonligi haqida asar yozish mumkinligini angladim va frontda uch oy qolib ketdim".
Oybek frontdan qaytganidan keyin bu roman ustida ish boshladi. Romanning dastlabki variantidan parchalar „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida, „Armugʻon“, „Zafar“ deb nomlangan almanaxlarda, „Sharq yulduzi“ jurnalida eʼlon qilib borilgan.
Roman ustida ishlash materiallar yetarli boʻlmagani uchun vaqtinchalik toʻxtatiladi. Oradan anchagina fursat oʻtib, puxta tayyorgarlikdan keyin adib oʻz asarini qayta yozishga kirishdi va 1957-yil dekabrida romanni yozib tamomladi.
Qahramonlari
tahrir- Bektemir Oʻrinboyev
- Asqar polvon
- Kamol
- Dubov
- Nikolin
- Azimov
- Hoshimjon Saidov
- Popov
- Mirxoliq
- Salima
- Ali tajang
- Nadya
Manbalar
tahrir- ↑ https://kitobxon.com/oz/kitob/quyosh-qoraymas
- ↑ arxiv nusxasi, 2021-12-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-12-29