Raj (polyakcha: Raj, nemischa: Roj) — Chexiya Respublikasining Moraviya-Sileziya viloyati, Karvina tumanida joylashgan munitsipalitet. Raj nomi tom maʼnoda (jannat, unumdor va goʻzal yer) degan manoni bildiradi[1]. Dastlab munitsipalitet alohida tuman boʻlgan, lekin 1948-yilda maʼmuriy jihatdan Karvina shahrining bir qismiga aylantirilgan. Munitsipalitet Cieszyn Sileziyaning tarixiy hududida joylashgan boʻlib, unda (2001-yil) holatiga koʻra 17,142 ta aholi istiqomat qilgan[2]. Munitsipalda shifoxona, shuningdek mahalliy MFK Karvina jamoasining uyi boʻlgan futbol maydoni joylashgan.

Muqaddas Anna ibodatxonasi
Kasalxona

Tarixi tahrir

Munitsipalitet birinchi marotaba Vrotslav yeparxiyasining Lotin manbalarda Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan. 1305-yilda qadimgi Ray qishlogʻining zaminida Frienstad qishlogʻi barpo etiladi[3][4][5]. Bu qishloq Fryštát (Frienstad) uchun poydevor boʻlib xizmat qilganligi va shuning uchun munitsipal ancha tarixiy qishloq deb hisoblangan[6].

Siyosiy jihatdan qishloq dastlab 1290-yilda Polshaning feodal boʻlinishi natijasida tashkil topgan Teschen gersogligiga tegishli boʻlib, Sileziya Piast sulolasining mahalliy boʻlimi tomonidan boshqarilgan. Dastlab 1327-yilda gersoglik boshqargan, 1526-yildan keyin Gabsburg monarxiyasining bir qismi boʻlgan Bohemiya Qirolligining tarkibiga kiritilgan. Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklangan Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida Freyshtadtning siyosiy yuridik okrug aʼzosiga aylangan.

1880, 1890, 1900 va 1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yildagi 766 kishidan 1910-yilda 1053 kishiga koʻpaygan. Soʻzlashuv tili boʻyicha koʻpchilik polyak tilida soʻzlashuvchilar (99,4% dan 98,4% gacha), nemis tilida soʻzlashuvchilar (1880-yilda koʻpi bilan 40 yoki 5,2%) va chex tilida soʻzlashuvchilar (1910-yilda koʻpi bilan 5 yoki 0,5%) boʻlgan). Din jihatidan 1910-yilda koʻpchilik aholi Rim-katoliklari (98,7%), ikkinchi oʻrinda protestantlar (14 yoki 1,3%) boʻlgan[7]. Qishloqda anʼanaviy ravishda Sieszyn Sileziya lahjasida gapiradigan Silezya Lachslari ham yashagan.

Birinchi jahon urushi, Avstriya-Vengriyaning qulashi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yilda Cieszin Sileziyasining boʻlinishidan keyin munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Zaolzie mintaqasi bilan birga Polsha tomonidan qoʻshib olindi va maʼmuriy jihatdan Silezya Voyvodaligi Frysztat okrugi tashkil etilgan[8]. Qishloq keyinchalik Ikkinchi jahon urushi boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinadi. Urushdan soʻng munitsipal Chexoslovakiyaga tarkibiga qaytariladi.

Rajda Uygʻonish davriga oid saroyi joylashgan boʻlib, 1563—1570-yillarda saroy atrofidagi bogʻ bilan birga qurilgan. 1750-yillarda qasr barokko uslubida qayta quriladi va u vayron boʻlgunga qadar shunday holida qolgan. 1899-yilda qasr mahalliy badavlat Larish-Mönnich oilasi tomonidan sotib olinadi va 1945-yilgacha unga egalik qiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin saroy musodara qilinadi va kommunistlar Chexoslovakiyada hokimiyatni qoʻlga kiritgandan soʻng, bino koʻmir kompaniyasi mulkiga aylantirilib konchilar uchun yotoqxona sifatida foydalaniladi. 1955-yilda u yerda kasalxona koʻchiriladi. Chateau tezda vayron boʻladi va 1968-yilda shifoxona uchun moʻljallangan binoni tark etishga majbur boʻlgan. Kommunistik maʼmurlar diqqatga sazovor joy eʼtiborsiz qoldiriladi va 1980-yilda bino toʻliq buzib tashlanadi.

Manbalar tahrir

  1. Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: Uniwersytet Śląski w Katowicach, 1984 — 150 bet. 
  2. „Historický lexikon obcí České republiky 1869 - 2005 - 1. díl“ 718–719. Czech Statistical Office (2006).
  3. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2010 — 297–299 bet. ISBN 978-83-926929-3-5. 
  4. Schulte, Wilhelm. Codex Diplomaticus Silesiae T.14 Liber Fundationis Episcopatus Vratislaviensis (de), Breslau, 1889. 
  5. „Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis“ (la). Qaraldi: 2014-yil 13-iyul.
  6. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2010 — 289, 295 bet. ISBN 978-83-926929-3-5. 
  7. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 274, 291 bet. 
  8. „Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego“. Dziennik Ustaw Śląskich (polyakcha). 18-jild. Katowice. 31 October 1938. Qaraldi: 1 July 2014.

Adabiyotlar tahrir

  • Hosák, Ladislav. Místní jména na Moravě a ve Slezsku II, M-Ž. Praha: Academia, 1980 — 354 bet. 
  • Zahradnik, Stanisław. Struktura narodowościowa Zaolzia na podstawie spisów ludności 1880-1991. Trzyniec: HT, 1991. OCLC 189422554. 

Havolalar tahrir

Koordinatalari: 49°50′41.527″N 18°33′40.048″E / 49.84486861°N 18.56112444°E / 49.84486861; 18.56112444 G O