Raʼno Yarasheva

Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artisti
(Ra'no Yarashevadan yoʻnaltirildi)

Yarasheva Raʼno Sayfullayevna (1961-yil 15-fevral, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1].

Raʼno Yarasheva
Tavalludi
Raʼno Yarasheva Sayfullayevna

15-fevral 1961-yil (1961-02-15) (63 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Teatr va kino aktrisasi
Faoliyat yillari 1984-yildan — hozirgacha
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Oʻz faoliyatini dastlab, teatr sahnasida pardozchi vazifasida boshlagan. Ikki nafar farzandning onasi. Turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Komedik, tragedik va dramatik rollari bilan oʻzbek xalqiga yaxshi tanish. Aktrisa oilada 4 oʻgʻildan soʻng 5-farzand boʻlgan. Yoshligidan teatrda rol oʻynashni orzu qilgan ushbu isteʼdod egasi 23-yoshida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tamomlagach, dastavval, Oʻzbek milliy akademik dramma teatrida pardozchi-grimyor sifatida oʻz faoliyatini boshlaydi. Bir necha yil oʻtib u, ushbu teatrda „Yorqinoy“ nomli spektaklda oʻzining ilk rolini ijro etadi. Shundan keyin u, birin-ketin turli fimlarda qatnasha boshlaydi. Raʼno Yarasheva „Mehrobdan chayon“, „Sohibqiron“ va „Uvaysiy“ tarixiy fimlardagi rollari bilan oʻzbek xalqi orasida tanila boshlaydi. Bugungi kungacha aktrisa 20dan oshiq film va spektakllarda ishtirok etgan. Oʻzining aktrisalik faoliyati orqali 1999-yilda „O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlanadi. Hozirgi kunda, ijodkor, oʻz faoliyatini Yodgor Sagdiyev boshchiligidagi O'zbek milliy akademik drama teatrida davom ettirmoqda.

Faoliyati

tahrir

Oʻz faoliyati 23-yoshida — 1984-yilda boshlagan aktrisa hozirda 20 dan ortiq turli xil janrlardagi sahna koʻrinishlari va kinofilmlarda rol ijro etgan. Oʻzbek xalqi uni asosan taʼsirchan aktrisa sifatida bilishadi[2]. Shuningdek, Raʼno Yarasheva aktrisalikdan tashqari sheʼr yozish bilan ham mashgʻul boʻlgan. „Samarqand sogʻinchi“ (1996 y.), „Seni tashlab ketolmayman“ (1998 y.), „Hajr“ (2000 y.) sheʼriy toʻplamlari, „Ilohiy ishq qissasi“ nasriy asarlari chop etilgan. Raʼno Yarasheva O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi hisoblanadi[3].

Suratga tushgan filmlari
Yil Nomi Obraz Izoh
Feride
2007 Vijdon Poʻlatboyning rafiqasi
Qorakoʻz
Mening akam boʻydoq
Endi dadam boʻydoq
Oʻzimdan oʻzimgacha
Sevgi farishtasi 2
Ichkuyov
Telba
Shabnam
Kuzda gullagan daraxt
Poyma poy
Oqpadar
Ayriliq

Manbalar

tahrir
  1. „Rano Yarasheva haqida“. Savol-javob.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  2. „Ra’no Yarasheva birinchi turmushidan ajrashishi sababi, erining qasami sabab qizalog‘i o‘lgani haqida gapirib berdi“. Daryo.uz. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  3. „Ra'no Yarasheva haqida“. Kitobxon.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.

Havolalar

tahrir