Rafael Tolói Cavaliere OMRI (talaffuzi: Rafael Toloy; 1990-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — Serie A klubi Atalanta va Italiya terma jamoasida markaziy himoyachi hamda oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi.

Rafael Tolói
Tolói 2016-yilda Atalanta bilan mashgʻulotlarda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rafael Tolói[1]
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1990-yil (1990-10-10) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Glória d'Oeste, Matu-Grosu, Braziliya
Boʻyi 1.85 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atalanta
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2009 Goiás
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 Goiás 151 (20)
2012—2015 São Paulo 95 (3)
2014Roma (ijara) 5 (0)
2015— Atalanta 202 (9)
Milliy terma jamoa
2009 Braziliya 20 yoshgacha 19 (0)
2021— Italiya 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 5-noyabr uchun)

Tolói 2009-yilda 20 yoshgacha boʻlganlar darajasida vatani Braziliyani xalqaro miqyosda himoya qilgan, ammo FIFAning besh yillik rezidentlik talabini bajargandan soʻng, 2021-yil 17-fevralda Italiya terma jamoasiga qoʻshilgan[4]. U 2015—2016-yilgi mavsumning boshida Atalantaga oʻtganidan beri Italiyada yashagan va bir necha yillar oldin Italiya fuqaroligini olgan edi, chunki uning bobosi va buvisi Venetoning Treviso shahridan boʻlishgan[5]. Tolói Italiya terma jamoasi safida 2021-yilda debyut qildi va jamoaning UEFA Euro 2020da gʻalaba qozonishiga hissa qo‘shdi.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Goiás

tahrir

Glória d'Oestening Matu-Grosu shahrida tugʻilgan Tolói 2008-yilda Goiás Esporte Clube safida oʻynashni boshladi[3] va 2009-yilda klubiga Campeonato Goianoda gʻalaba qozonishida yordam berdi[3]. Tolói Goiás safida Série Bda 17 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta gol urdi[6]. U jamoa bilan 2010-yilda Sudamericana kubogi finaliga chiqdi.

São Paulo

tahrir

2012-yilning 5-iyulida São Paulo futbol klubi Tolóini tarkibiga olganini tasdiqladi va himoyachi bilan besh yillik shartnoma imzoladi[7]. Tolói São Paulo safidagi ilk golini 2012-yilning 25-iyulida Atletico Goianiensega qarshi oʻyinda kiritdi[8].

2013-yil 3-avgustda Tolói São Pauloning Eusébio kubogini qo‘lga kiritishini ta’minlagan golni urdi. Bu gol jamoasining S.L. Benficaga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga olib keldi[9].

Romada ijara

tahrir

2014-yilning 31-yanvarida Tolói 2013—2014-yilgi mavsumning qolgan qismini oʻtkazish uchun 500 000 yevro evaziga Serie Aning Roma klubiga ijaraga berildi. Ushbu kelishuv umumiy qiymati 5,5 million yevro evaziga amalga oshiriluvchi sotib olish imkoniyatini ham oʻz ichiga olgan[10]. Tolói Giallorossi safidagi debyutini 2014-yil 25-mart kuni Torinoga qarshi g‘alaba bilan kechgan o‘yinda (2:1) o‘tkazib, diskvalifikatsiya qilingan Medhi Benatianing o‘rniga to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi[11].

Atalanta

tahrir

2015-yilning 26-avgustida Tolói Atalanta BC bilan 3,5 million yevro evaziga shartnoma imzoladi[12]. U 13-sentyabr kuni Sassuolo bilan 2:2 hisobida kechgan durang oʻyinning 80-daqiqasida Gianpaolo Bellinining oʻrniga maydonga tushdi[13]. Oʻn bir kun oʻtgach, Tolói ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi; u Empoliga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan ushbu liga oʻyinida yagona golni urgan edi[14].

2018-yilning 22-fevralida u UEFA musobaqasidagi ilk golini Yevropa ligasining 1/8 finalida Borussia Dortmundga qarshi o‘yinda kiritdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, bu esa birinchi o‘yindagi 3:2 hisobidagi mag‘lubiyati sababli Atalantaning keyingi bosqichga o‘tishi uchun yetarli bo‘lmadi[15].

Tolói avvalgi sardor — Papu Gomez klubni tark etganidan soʻng, 2020—2021-yilgi mavsumda Atalanta sardoriga aylandi.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Tolói Braziliya terma jamoasini 20 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qilgan, u bilan birga Janubiy Amerika chempionatida gʻolib chiqqan va 2009-yilda Jahon kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan[16].

Italiya fuqaroligiga ega boʻlgani, Italiyada besh yil istiqomat qilgani va hech qachon kattalar darajasidagi Braziliya terma jamoasi vakili boʻlmaganligi uchun FIFA muvofiqlik qoidalarini qondirgan holda, 2021-yil 17-fevralda Tolóining Italiya terma jamoasiga oʻtishini maʼqulladi[4][5][17][18]. Keyinchalik u 2021-yil 19-martda[19][20] murabbiy Roberto Mancini tomonidan Italiya terma jamoasiga chaqirildi. Tolói 31-martda, 2022-yilgi FIFA Jahon kubogi saralashi doirasidagi Litvaga qarshi oʻyinda debyut qildi va mehmonda kechgan oʻyinni 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunladi[21].

2021-yil 1-iyun kuni Tolói murabbiy Roberto Mancini tomonidan UEFA Euro 2020da qatnashadigan Italiya terma jamoasining 26 kishilik tarkibiga kiritildi[22]. 16-iyun kuni Italiyaning guruhdagi ikkinchi oʻyinida (1/8 finalga chiqish uchun) u turnirdagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi, Domenico Berardining oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi va Shveysariya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda Ciro Immobilening gol urishiga imkon yaratib berdi[23]. 11-iyul kuni Tolói jamoa tarkibida finalda Angliyaga qarshi kechgan Wembley stadionidagi penaltilar seriyasida 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, qo‘shimcha bo‘limlarda 1:1 hisobida durang o‘ynadi va Italiya terma jamoasi Yevropa chempioni bo‘ldi[24].

Oʻyin uslubi

tahrir

Tolói jismonan kuchli himoyachi boʻlib, u asosan oldindan sezish qobiliyati bilan tanilgan. Odatda markaziy himoyachi boʻlsa-da, Tolói oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashga qodir va himoyalanish bilan birga hujumga ham hissasini qoʻshish qobiliyati bilan mashhur[25][26][27].

Faoliyat statistikasi

tahrir
2022-yil 5-noyabr holatiga koʻra:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat ligasi Milliy kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Goiás 2008[28] Série A 0 0 3 0 0 0 3 0
2009[28] 20 2 8 1 3 0 1 0 32 3
2010[28] 26 0 15 4 5 0 8 0 54 4
2011[28] Série B 35 1 19 6 4 1 58 8
2012[28] 7 3 18 3 8 2 33 8
Jami 88 6 63 14 20 3 9 0 180 23
São Paulo 2012 Série A 26 1 10 2 36 3
2013 15 0 14 1 0 0 9 0 2 0 40 1
2014 17 1 1 0 3 0 21 1
2015 13 0 10 0 0 0 8 0 31 0
Jami 71 2 24 1 1 0 30 2 2 0 128 5
Roma (ijara) 2013—2014 Serie A 5 0 0 0 5 0
Atalanta 2015—2016 Serie A 24 1 0 0 24 1
2016—2017 32 0 3 1 35 1
2017—2018 31 1 3 1 5 1 39 2
2018—2019 21 1 3 0 5 1 29 2
2019—2020 33 2 0 0 7 0 40 2
2020—2021 31 2 4 0 8 0 43 2
2021—2022 20 1 0 0 8 0 28 1
2022—2023 10 1 0 0 10 1
Jami 202 9 13 2 33 2 248 13
Faoliyati jami 366 17 87 15 34 5 72 4 2 0 561 41

Xalqaro

tahrir
2022-yil 26-sentyabr holatiga koʻra[29]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Italiya 2021-yil 8 0
2022-yil 2 0
Jami 10 0

Yutuqlari

tahrir

Goiás

  • Campeonato Goiano: 2009, 2012

São Paulo

  • Copa Sudamericana: 2012

Italiya

  • UEFA Yevropa chempionati: 2020[24]

Ordenlari

tahrir
  •  
    5-daraja/Ritsar: Cavaliere Ordine al Merito della Repubblica Italiana: 2021[30]

Manbalar

tahrir
  1. „Comunicato Ufficiale N. 242“ [Official Statement No. 242] (it). Lega Serie A (2018-yil 15-may). 2018-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  2. „FIFA U-20 World Cup Egypt 2009 – List of Players: Brazil“. FIFA (2009-yil 6-noyabr). 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Rafael Tolói“ (pt). Esportes iG. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-noyabr.
  4. 4,0 4,1 The Associated Press. „Brazil-born Atalanta captain Tolói cleared to play for Italy“. The Toronto Star (2021-yil 17-fevral). Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  5. 5,0 5,1 Football Italia staff. „Tolói Italy 'dream come true'“. Football Italia (2021-yil 20-mart). Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  6. „Rafael Tolói“ (pt). Yahoo! Brasil Esportes. Qaraldi: 2009-yil 21-noyabr.
  7. „Acervo Digital São Paulo Futebol Clube: Apresentação - Rafael Tolói“ (2012).
  8. http://www.tricolormania.com.br/noticias.asp?cod=92292
  9. „Eusébio Cup: Benfica 0 x 2 São Paulo - Goal.com“. 2013-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Comunicato Stampa „Operazioni di Mercato“ della AS Roma“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.
  11. Italiano: Rafael Tolói estreia e garente vitória do Roma
  12. „Rafael Tolói assina com o Atalanta e é apresentado“ (pt-br). Goal.com (2015-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  13. „Sassuolo vs. Atalanta“. Soccerway (2015-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  14. „Empoli vs. Atalanta“. Soccerway (2015-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  15. „Atalanta vs. Borussia Dortmund“. Soccerway (2018-yil 22-fevral). Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  16. Passarella. „Italy Gains One More Defender as Rafael Tolói Gets Greenlight from FIFA“. Cult of Calcio (2021-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  17. „Tolói è italiano: la FIFA dà l'ok alla FIGC, Mancini può chiamarlo | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  18. „Atalanta, Tolói è italiano: si gioca un posto nella Nazionale di Mancini“ (it). La Gazzetta dello Sport (2021-yil 17-fevral).
  19. „Trentotto convocati per i match con Irlanda del Nord, Bulgaria e Lituania: prima chiamata per Tolói e Matteo Ricci“. figc.it. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  20. AP News. „Mancini calls up 38 players for Italy's World Cup qualifiers“. AP News (2021-yil 19-mart). Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  21. „Tolói gladly adapted for Italy“. Football Italia (2021-yil 31-mart).
  22. „I convocati dell'Italia per gli Europei 2021: dentro Raspadori e Sensi, fuori Mancini e Politano“ (Italian). Il Corriere della Sera (2021-yil 2-iyun).
  23. „Italy beat Switzerland to reach last 16“. BBC Sport (2021-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  24. 24,0 24,1 McNulty, Phil. „England lose shootout in Euro 2020 final“ (en-GB). BBC Sport (2021-yil 11-iyul). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  25. „MERCATO: LA SCHEDA DI RAFAEL TOLOI“ (Italian). www.mediagol.it. 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  26. Sport, Sky. „La chiamata di Mancini e la carica per l'Europeo: parla Toloi“ (it). sport.sky.it (2021-yil 5-iyun). Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  27. „Rafael Tolói e la sua incisività nella fase offensiva“ (it-IT). Numero Diez (2020-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  28. 28,0 28,1 28,2 28,3 28,4 „Rafael Tolói“ (pt-BR). Futebol de Goyaz. 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-may.
  29. „Rafael Tolói“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  30. „Mattarella ha conferito onorificenze motu proprio ai giocatori e allo staff della Nazionale vincitrice del campionato europeo“ (Italian). quirinale.it (2021-yil 16-iyul). 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.

Havolalar

tahrir