Rafael van der Vaart
Rafael Ferdinand van der Vaart (talaffuzi: Rafael Ferdinand van der Vart) – futbolchilik faoliyatini yakunlagan gollandiyalik futbolchi yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U Gollandiya terma jamoasida oʻynagan. Amsterdamning „Ajax“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U jarima zarbalaridagi yuqori mahorati va yaxshi texnikasi bilan ajralib turardi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rafael Ferdinand van der Vaart[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-fevral 1983-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Heemskerk, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.76 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1987–1993 | De Kennemers | ||
1993–2000 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000–2005 | Ajax | 117 | (52) |
2005–2008 | Hamburger SV | 74 | (30) |
2008–2010 | Real Madrid | 58 | (11) |
2010–2012 | Tottenham Hotspur | 63 | (24) |
2012–2015 | Hamburger SV | 78 | (16) |
2015–2016 | Betis | 7 | (0) |
2016–2018 | Midtjylland | 17 | (2) |
2018 | Esbjerg | 3 | (0) |
Total | 417 | (135) | |
Milliy terma jamoa | |||
1998–1999 | Niderlandiya U17 | 13 | (5) |
1999–2000 | Niderlandiya U19 | 8 | (2) |
2000–2001 | Niderlandiya U21 | 4 | (2) |
2001–2013 | Niderlandiya | 109 | (25) |
Boshqargan klublari | |||
2021–2023 | Esbjerg (yordamchi) | ||
2022 | Esbjerg (vaqtinchalik) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
U milliy terma jamoa safida ketma-ket uchta Yevropa chempionatlarida va ikkita jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U 2004-yilgi Yevropa chempionatida bronza, 2010-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Gollandiya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan besh futbolchidan biri hisolanadi[4].
Biografiyasi
tahrirKlublardagi karyerasi
tahrirOʻn yoshida Rafael van der Vaart mamlakatning eng kuchli klublaridan biri „Ajax“ning Amsterdam maktabini koʻrishga muvaffaq boʻlgan. Uning qobiliyatlari bolalar jamoasi murabbiylarini hayratda qoldirgan va yosh futbolchi qabul qilingan. Oʻn yetti yoshida Rafael 1999-2000-yilgi mavsumda „Den Bosch“ga qarshi oʻyinda (1:1) „Ajax“ jamoasida debyut qilgan. U gʻayrat va yaxshi texnika bilan oʻynagan boʻlsa-da, oʻsha mavsumda boshqa maydonga tushmagan
2000-2001-yilgi mavsum boshida Rafael zaxiradan maydonga tushdi, ammo mavsum oʻtishi bilan „Ajax“ bosh murabbiyi Ko Adrianse oʻzining yosh yarim himoyachisiga ishonib, maydonda koʻproq vaqt ajratgan. U markaziy hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasini egallagan, baʼzida yarim himoyaning chap qanotida oʻynagan. Oʻsha mavsumda klub muxlislari yosh futbolchida katta salohiyat borligini koʻrib, uni „Ajax“ning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tanladilar.
„Real Betis“ jamoasi safida
tahrir2015-yilning 15-iyunida Rafael Ispaniyaning „Real Betis“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[5]. 2015-2016-yilgi mavsumda u Ispaniya chempionatida bor yoʻgʻi 7 ta, Ispaniya kubogida esa yana ikkita oʻyin oʻtkazgan.
Niderlandiya terma jamoasi safida
tahrirRafael 2001-yilning 6-oktabrida 18 yoshida Niderlandiya terma jamoasida Andorraga qarshi debyut qilgan. U milliy terma jamoa safida Yevro-2004, JCh-2006, Yevro-2008 va JCh-2010 da oʻynagan. Jovanni van Bronxorst faoliyatini yakunlagach, terma jamoa sardori boʻldi. Yevro-2012da u Portugaliya darvozasiga gol urgan. Gollandiya 1:2 hisobida magʻlub boʻldi va turnirdan chiqib ketdi.
U terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2013-yilda oʻtkazgan. Rafael Gollandiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibiga kirgan, biroq 2014-yilning may oyi oxiridagi jarohati tufayli u yakuniy arizaga kiritilmagan.
Statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubog | Liga kubogi | Yevropa kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Ajax | 1999-2000 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
2000-2001 | 27 | 7 | 1 | 0 | — | 4 | 2 | — | 32 | 9 | |||
2001-2002 | 20 | 14 | 2 | 2 | — | 5 | 1 | — | 27 | 17 | |||
2002-2003 | 21 | 18 | 2 | 0 | — | 6 | 2 | 1 | 2 | 30 | 22 | ||
2003-2004 | 26 | 7 | 1 | 0 | — | 7 | 1 | — | 34 | 8 | |||
2004-2005 | 22 | 6 | 2 | 0 | — | 7 | 1 | 1 | 0 | 32 | 7 | ||
Jami | 117 | 52 | 8 | 2 | — | 29 | 7 | 2 | 2 | 156 | 63 | ||
Hamburger SV | 2005-2006 | 19 | 9 | 2 | 0 | — | 8 | 5 | 7 | 2 | 36 | 16 | |
2006-2007 | 26 | 8 | 0 | 0 | 2 | 0 | 5 | 3 | — | 33 | 11 | ||
2007-2008 | 29 | 12 | 4 | 4 | — | 9 | 3 | 2 | 2 | 44 | 21 | ||
Jami | 74 | 29 | 6 | 4 | 2 | 0 | 22 | 11 | 9 | 4 | 113 | 48 | |
Real Madrid | 2008-2009 | 32 | 5 | 1 | 0 | — | 7 | 0 | 2 | 0 | 42 | 5 | |
2009-2010 | 26 | 6 | 2 | 1 | — | 3 | 0 | — | 31 | 7 | |||
Jami | 58 | 11 | 3 | 1 | — | 10 | 0 | 2 | 0 | 73 | 12 | ||
Tottenham Hotspur | 2010-2011 | 28 | 13 | 1 | 0 | 0 | 0 | 7 | 2 | — | 36 | 15 | |
2011-2012 | 33 | 11 | 4 | 1 | 1 | 0 | 1 | 1 | — | 39 | 13 | ||
2012-2013 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | ||
Jami | 63 | 24 | 5 | 1 | 1 | 0 | 8 | 3 | — | 77 | 28 | ||
Hamburger SV | 2012-2013 | 27 | 5 | 0 | 0 | — | — | — | 27 | 5 | |||
2013-2014 | 27 | 7 | 3 | 1 | — | — | 2 | 0 | 32 | 8 | |||
2014-2015 | 24 | 4 | 2 | 1 | — | — | 1 | 0 | 27 | 5 | |||
Jami | 78 | 16 | 5 | 2 | — | — | 3 | 0 | 86 | 18 | |||
Real Betis | 2015-2016 | 7 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 9 | 0 | |||
Midtjylland | 2016-2017 | 15 | 2 | 2 | 0 | — | 1 | 0 | — | 18 | 2 | ||
2017-2018 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 2 | 0 | |||
Jami | 17 | 2 | 2 | 0 | — | 1 | 0 | — | 20 | 2 | |||
Esbjerg fB | 2018-2019 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 4 | 0 | |||
Umumiy karyerasida | 417 | 135 | 32 | 10 | 3 | 0 | 70 | 21 | 16 | 6 | 538 | 171 |
Xalqaro statistikasi
tahrirMilliy terma jamoa | Mavsum | ||
---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | ||
Niderlandiya | 2001-yil | 1 | 0 |
2002-yil | 2 | 0 | |
2003-yil | 10 | 3 | |
2004-yil | 13 | 1 | |
2005-yil | 9 | 2 | |
2006-yil | 5 | 1 | |
2007-yil | 10 | 5 | |
2008-yil | 14 | 1 | |
2009-yil | 10 | 2 | |
2010-yil | 14 | 1 | |
2011-yil | 5 | 1 | |
2012-yil | 10 | 4 | |
2013-yil | 6 | 4 | |
Jami | 109 | 25 |
Mukofotlari va yutuqlari
tahrirKlub bilan erishilgan yutuqlari
tahrir„Ajax“
- Gollandiya chempioni (2): 2001-2002, 2003-2004
- Gollandiya kubogi gʻolibi: 2001-2002
- Gollandiya superkubogi sohibi: 2002-yil
- Jami: 4 ta kubok
„Real Madrid“
- Ispaniya Superkubogi sohibi: 2008-yil
- Jami: 1 kubok
Niderlandiya terma jamoasi
- 2004 yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori
- 2010 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori
- Jami faoliyati: 8 ta sovrin
Shaxsiy yutuqlari
tahrir- Amsterdamning eng yaxshi yosh sportchisi (3): 1999, 2000, 2001
- Amsterdamning eng yaxshi sportchisi: 2001-yil
- Amsterdam turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2002 yil
- Golden Boy mukofoti sovrindori: 2003-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Acta del Partido celebrado el 08 de mayo de 2016, en Eibar“ [Minutes of the Match held on 8 May 2016, in Eibar] (es). Royal Spanish Football Federation. 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
- ↑ „R. van der Vaart“ (nl). Voetbal International. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ „Spielerprofil – Rafael van der Vaart“ (de). Hamburger SV. 2013-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ Van der Vart poluchil nagradu ot UYeFA za 100 matchey, sigrannix za Niderlandi
- ↑ „Van der Vaart: «Es un gran Club y tengo muchas ganas de empezar».“ (es). realbetisbalompie.es. 2015-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Rafael van der Vaart haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- Rafael van der Vaart – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Rafael van der Vaart WorldFootball.net saytida
- Rafael van der Vaart Soccerbase saytida