Ragnar Prince Friedel Ache (talaffuzi: Ragnar Axe; 1998-yil 28-iyulda tugʻilgan) — nemis[2] professional futbolchisi. Hozirda Eintracht Frankfurt klubidan ijara asosida SpVgg Greuther Fürthga oʻtgan hujumchi.

Ragnar Ache
Ragnar Ache Eintracht Frankfurtda, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ragnar Prince Friedel Ache[1]
Tavallud sanasi 28-iyul 1998-yil (1998-07-28) (25 yosh)
Tavallud joyi Frankfurt, Germaniya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Greuther Fürth
(on loan from Eintracht Frankfurt)
Raqami 39
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2009 SpVgg 03 Neu-Isenburg
2009—2010 Sparta AV
2010—2017 Sparta Rotterdam
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2020 Sparta Rotterdam 48 (12)
2017—2020 Jong Sparta Rotterdam 39 (11)
2020- Eintracht Frankfurt 20 (1)
2022-Greuther Fürth (ijara) 2 (0)
Milliy terma jamoa
2019—2020 Germaniya U21 3 (1)
2021 Germaniya olimpiada terma jamoasi 3 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-iyul 2022-yil uchun)

Faoliyati tahrir

Germaniyaning Frankfurt shahrida tugʻilgan Ache faoliyatini Gollandiyaning „Sparta Rotterdam“ klubi yoshlar safida boshlagan. 2016-yilning 20-avgustida TEC ga qarshi Tvid diviziyasida klubning zaxira jamoasi Jong Sparta safida debyut qildi. 66-daqiqada Ugʻur Oltintashning oʻrniga maydonga tushishi bilanoq gol urdi[3]. 2016—2017-yilgi mavsumda Sparta Rotterdamning oʻrinbosarlari safida 17 oʻyinda 7 ta gol urdi.

2017—2018-yilgi mavsum boshida Ache asosiy tarkibga kiritildi va mavsumning ochilish oʻyinida Sparta Rotterdam — VVV-Venloga bahsida (0:3) Kreyg Gudvin oʻrniga maydonga tushgandi[4]. 2017-yilning 25-avgustida Ache „Sparta Rotterdam“ safida „NAC Breda“ mehmoni boʻldi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Ache jamoadagi ilk professional dublini qayd etdi[5].

Eintracht Frankfurt tahrir

2020-yil 3-yanvarda Ache Germaniyaning „Eintracht Frankfurt“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi[6]. Klubdagi ilk uchrashuvini 2020-yil 25-sentyabrda „Gerta“ga qarshi oʻtkazdi. „Eintracht“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2022-yil 14-iyunda Ache SpVgg Greuther Fürthga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati tahrir

Ache Germaniyada tugʻilgan boʻlsa-da, kelib chiqishi ganalik. Germaniya terma jamoasining yoshlar terma jamoasida oʻynagan[7].

2021-yil 22-iyul kuni Tokioda boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar futboli boʻyicha „D“ guruhining ochilish oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Oʻyinda Germaniya Braziliyaga 4:2 hisobida yutqazib qoʻydi. Ache ikkinchi oʻyinda yana gol urdi, Germaniya Saudiya Arabistoni ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Faoliyat statistikasi tahrir

2-may, 2022-yilgi holat boʻyicha[8]

Klublarda tahrir

Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Kontilnental Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Jong Sparta 2016—2017 Tweede Divisie 17 7 17 7
2017—2018 Tweede Divisie 14 3 14 3
2018—2019 Tweede Divisie 8 1 8 1
Jami 39 11 0 0 0 0 0 0 39 11
Sparta Rotterdam 2016—2017 Eredivisie 1 0 0 0 1 0
2017—2018 Eredivisie 19 2 1 0 20 2
2018—2019 Eerste Divisie 11 5 0 0 4 2 15 7
2019—2020 Eredivisie 19 5 2 0 0 0 21 5
Jami 50 12 3 0 0 0 4 2 57 14
Eintracht Frankfurt 2020—2021 Bundesliga 7 1 0 0 7 1
2021—2022 Bundesliga 12 0 0 0 3 0 15 0
Jami 19 1 0 0 3 0 0 0 22 1
Jami faoliyati 108 24 1 0 3 0 4 2 118 26

Terma jamoada tahrir

23-iyul, 2022-yilgi holat boʻyicha

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2019—2020 Germaniya U21 3 1
2021 Germaniya olimpiada terma jamoasi 3 2

Yutuqlari tahrir

Eintracht Frankfurt

Manbalar tahrir