Rahmon Muhammadiyev
Rahmon Omonovich Muhammadiyev (1946.14.5, Denov tumani, Chagʻon qishlogʻi) – koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). Tibbiyot fanlari nomzodi (1974). SamTIni tugatgan (1969), shu institut koʻz kasalliklari klinikasida ordinator (1969–71), Burdenko nomidagi neyroxirurgiya institutida aspirant (1971–74). Samarqand shahri, keyinchalik Surxondaryo viloyat koʻz kasalliklari klinikasida turli lavozimlarda ishlagan (1974–81). Afgʻonistonda xizmat qilgan (1981–83). 1984-85 yillar Denov tumani, 1986-yildan Surxondaryo viloyati koʻz kasalliklari kasalxonasi bosh vrachi. Ilmiy ishlari koʻz kasalliklari xirurgiyasiga oid. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputati[1].
Muhammadiev Rahmon Omonovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Mansab davri 2000 – 2005 | |
Prezident | Islom Karimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-may 1946-yil Denov tumani, Denov tumani, OʻzSSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Kasbi | Shifokor |
Maʼlumoti | Oliy |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |