Randeya sulhiRim imperiyasi bilan Parfiya va Armaniston oʻrtasida milodiy 62 yil Randeya (hozirgi Turkiyaning Harberdi shahri yaqinida) da tuzilgan bitim. Rim qoʻshinlarining Armanistonni egallash uchun qilgan yurishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, imzolangan. Rim va Parfiya qoʻshinlari Armanistonni tark etishgan, Armaniston ilgarigi hududini saqlab qolgan. Randeya sulhiga koʻra, Armaniston taxtiga Parfiya podshosi Vologesning ukasi Tiridat I oʻtirishi lozim boʻlib, toj kiyish marosimi Rimda oʻtkazilishi kelishilgan. Tiridat I 65—66 yillarda Rimga sayohat qilgan va imperator Neronsan Armaniston tojini olib, armanlarning arshakiylar sulolasiga asos solgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil