Raul Albiol
Raul Albiol Tortaxada (ispancha: Raúl Albiol Tortajada; 4-sentabr 1985) — ispaniyalik futbolchi, Ispaniya milliy terma jamoasi va Real Madrid himoyachisi.
| |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Raúl Albiol Tortajada | ||
Tavallud sanasi | 4-sentyabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi |
Valensiya, ![]() | ||
Boʻyi | 190 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Laqabi | El Chori | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 33 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994—1996 1996-1997 1997—2003 |
Ribarroja Vilamarxant Valensiya | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2005 2005—2009 2009 — 2013 2013 - hz. |
Xetafe Valensiya Real Madrid Napoli |
(19 (1) 135 (5) 81 (2) 0 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2004 | Ispaniya | (27 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati Tahrirlash
Albiol 9 yoshida sobiq futbolchi otasining saʼy-harakatlari evaziga „Bendirom“ jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Valensiya bilan kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida u oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va valensiyalik murabbiy otasiga oʻzining jamoasini taklif etdi.
2005-yilda u „Xetafe“ jamoasida ijara asosida toʻp surdi. „Xetafe“dagi faoliyati davomida Raul oʻzi uchun kerak boʻlgan tajribalarni toʻpladi, yuqori oʻyinlar koʻrsata boshladi va oqibatda Valensiya jamoasiga oʻtib, asosiy tarkibdan joy oldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritila boshlandi.
2009-yilning 25-iyun kunida Raul Albiol 15 mln. yevro evaziga madridning „Real“ superklubiga qoʻshilgan holda klub prezidenti Florentino Perezning proyektining qatnashuvchilaridan biri boʻldi[1]. 2-iyul kuni u rasman klub stadionida tanishtirildi va 18 raqamli maykani egasi boʻldi.
Albiol „Qirollik klubi“ uchun 8-dekabrda Chempionlar ligasi musobaqasi doirasida Marselga kechgan uchrashuvda debyut golini kiritdi.
2012-yil 7-avgustda Albiol va Real Madrid oʻrtasida tuzilgan shartnoma muddati 2017-yilgacha choʻzildi[2]. 2013-yil 21-iyulda Italiyaning Napoli jamoasiga o'tdi. Transfer narxi 12 mln. yevroni tashkil etdi. Raul Rafael Benitez murabbiyligi ostidagi jamoa bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.[3]
Statistika Tahrirlash
2012-yil 13-may holatiga.
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Yevrokubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
TU | G | TU | G | TU | G | TU | G | ||
Valensiya B | 2003-04 | 35 | 2 | 1 | 0 | - | 36 | 2 | |
Jami: | 35 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 36 | 2 | |
Xetafe | 2004-05 | 17 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 17 | 1 |
Jami: | 17 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 17 | 1 | |
Valensiya | 2005-06 | 29 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 29 | 1 |
2006-07 | 36 | 1 | 2 | 1 | 12 | 1 | 50 | 3 | |
2007-08 | 32 | 1 | 3 | 0 | 7 | 0 | 42 | 1 | |
2008-09 | 34 | 2 | 2 | 0 | 6 | 0 | 42 | 2 | |
Jami: | 131 | 5 | 7 | 1 | 25 | 1 | 180 | 7 | |
Real Madrid | 2009-10 | 33 | 0 | 2 | 0 | 8 | 1 | 43 | 1 |
2010-11 | 20 | 0 | 6 | 0 | 6 | 0 | 32 | 0 | |
2011-12 | 10 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | 17 | 0 | |
Jami | 63 | 0 | 10 | 0 | 19 | 1 | 92 | 1 | |
Faoliyatida jami: | 246 | 8 | 18 | 1 | 44 | 2 | 308 | 11 |
Erishgan natijalari Tahrirlash
- Yevropa kubogi sohibi: 2008, 2012
- Ispaniya chempioni: 2011/12
- Ispaniya kubogi gʻolibi: 2007/08, 2010/11
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
- Jahon chempioni: 2010
Shaxsiy hayoti Tahrirlash
Uylangan, ikki qizi bor — Asaaru (16.03.2009) va Almu (7.01.2010).
Qiziqarli faktlar Tahrirlash
- Albiolning sevimli oʻyinchisi oʻzining sobiq jamoadoshi Karlos Marchena hisoblanadi. Raul Karlosdan koʻp narsa oʻrganganligini va kelajakda uningdek yorqin faoliyat olib borishini xohlashini taʼkidlagan.
- Raulning katta akasi — Migel Albiol — u ham professional futbolchi, hozirgi vaqtda „Real Mursiya“ning yarimhimoyachisi hisoblanadi.
- 2004-yil 2-avgust kuni Valensiya-Madrid trassasining Kuenka shahri yaqin joyida avtohalokatga uchradi. 17 kun reanimatsiya xonasida yotishga majbur boʻldi. Bir necha jarrohlikni boshidan kechirdi. Vrachlar qoratalogʻini olib tashlashga majbur boʻldilar[4].
Izohlar Tahrirlash
- ↑ Madrid sign Raul Albiol and step up Karim Benzema chase[sayt ishlamaydi]; The Daily Telegraph, 25-iyun 2009
- ↑ Official Announcement; realmadrid.com, 6-avgust 2012
- ↑ „Il Napoli ufficializza l'acquisto di Raul Albiol“ (Italian). Napoli's official website (21-iyul 2013-yil). Qaraldi: 21-iyul 2013-yil.
- ↑ Raul Albiol — vsya nasha jizn igra — Real-Madrid.ru .:. Sayt bolelщikov „Reala“ Madrid .:. Real Madrid .:. Analitika Novosti Stati Statistika
Havolalar Tahrirlash
- Real Madrid rasmiy saytidagi sahifasi
- BDFutbol saytidagi sahifasi
- Milliy terma jamoadagi maʼlumotlari Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-02-29). (isp.)
- Albiol intervyusi Wayback Machine saytida arxivlandi (2009-06-30).
- „Valensiya“ rasmiy saytidagi sahifasi
- UEFA saytidagi sahifasi
- 2010 FIFA Jahon chempionatidagi sahifasi Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-08-26).
- Transfermarkt saytidagi sahifasi