Mathis Rayan Cherki (talaffuzi: Matis Rayan Cherki), (2003-yil 17-avgustda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Liga 1 klubi „Lyon“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Rayan Cherki
Cherki 2019-yil "Olympique Lyon" safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mathis Rayan Cherki
Tavallud sanasi 17-avgust 2003-yil (2003-08-17) (20 yosh)
Tavallud joyi Lion, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi, qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Olympique Lyon
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2010 AS Saint-Priest
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2020 "Olympique Lyon" yoshlar akademiyasi 12 (5)
2020- Olympique Lyon
Milliy terma jamoa
2018 Fransiya U16 2 (0)
2021- Fransiya U19 3 (2)
2021- Fransiya U21 6 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-oktabr 2022-yil uchun)

Yoshlik hayoti tahrir

Cherki 2003-yil 17-avgustda Fransiyaning Lion 3- okrugida tugʻilgan. Cherkining ota-onasining ikkalasi ham jazoirlik hisoblanadi; uning otasi Fabris ham italyan millatiga mansub[1][2][3].

Klubdagi faoliyati tahrir

Cherki Lyon yoshlar akademiyasining mahsuloti boʻlib, ularning eng yaxshi istiqbollaridan biri hisoblanadi. U 15 yoshida Championat National 2 da ularning jamoasida zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynay boshladi[4]. 2019-yilning 7-iyulida Cherki „Lyon“ bilan 2022-yilgacha boʻlgan birinchi professional shartnomasini imzoladi[5]. U professional debyutini 2019-yil 19-oktabr kuni Liga 1 doirasidagi „Dijon“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazdi[6].

2019-20-yilgi UEFA Yoshlar ligasida toʻrtta gol urganidan soʻng, u Yevropadagi debyutini 2019-yil 27-noyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Zenitga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, 16 yoshu 102 kunlik[7], oʻyinda u 2:0 hisobidagi magʻlubiyatning 74-daqiqasida Maksvel Kornetga almashtirildi[8].

2020-yilning 4-yanvarida Cherki Fransiya kubogi doirasidagi "Bur -an-Bresse " ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxira oʻyinida oʻzining birinchi asosiy golini urdi va „Lion“ safida 16 yosh140 kunligida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi[9]. 18-yanvar kuni u Fransiya kubogi doirasidagi yana bir oʻyinda „Nant“ klubi ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozongan „Lyon“ klubining toʻrtta golida ishtirok etdi; u dubl qayd etdi va qolgan ikkita golga assistentlik qildi.

2020-yil 19-avgustda Cherki UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi „Bavariya“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Shu tariqa u UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi[10]. Oʻsha oʻyinda „Lyon“ klubi gʻoliblarga 3:0 hisobida magʻlub boʻlib, musobaqadan chiqib ketgan edi[11].

Cherki oʻzining Liga 1 dagi birinchi golini 2021-yil 2-may kuni „Monako“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda urgan. Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida uning goli „Lyon“ klubining gʻalabasini taminladi[12].

Xalqaro darajadagi faoliyati tahrir

Cherki ota-onasi sabab Jazoir va Fransiya termalarida oʻynash huquqiga ega hisoblanadi. Cherki 2018-yilda Fransiyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida ikki marta oʻynagan, har ikkisi ham Daniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini edi[13].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klubdagi natijalari tahrir

2022-yil 30-oktabr holatiga ko`ra[14]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Lion B 2019-20 Milliy chempionat 2 10 5 10 5
2020-21 Milliy chempionat 2 1 0 1 0
2021-22 Milliy chempionat 2 1 0 1 0
Jami 12 5 12 5
Lion 2019-20 Liga 1 6 0 3 3 2 0 2 0 13 3
2020-21 Liga 1 27 1 3 3 30 4
2021-22 Liga 1 16 0 0 0 4 2 20 2
2022-23 Liga 1 10 0 0 0 10 0
Jami 59 1 6 6 6 2 2 0 73 9
Jami faoliyati 71 6 6 6 6 2 2 0 85 14

Yutugʻi tahrir

"Olympique Lyon"

  • Kupe de la Liga 2-oʻrin sohibi: 2019-20-yil[15].

Manbalar tahrir

  1. JuventusNews24. „Calciomercato Juve, il consiglio di Matuidi: "È un giocatore di grande talento"“ (it-IT). Juventus News 24 (24-fevral 2020-yil). Qaraldi: 5-iyun 2020-yil.
  2. „Cherki, un joyau que la fédération doit viser: Toute l'actualité sur liberte-algerie.com“. Liberte Algerie. 28-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.
  3. „Rayan Cherki (OL), une entreprise familiale façon Kylian Mbappé - Foot - L1 - OL“ (fransuzcha). L'Équipe. Qaraldi: 29-yanvar 2020-yil.
  4. „Qui est Rayan Cherki, le grand espoir du football français ?“ (fransuzcha). www.cnews.fr (20-yanvar 2020-yil).
  5. „Rayan Cherki signs first professional contract with OL“. www.OL.fr. Olympique Lyonnais (7-iyul 2019-yil).
  6. „Olympique Lyonnais vs. Dijon - 19 October 2019 - Soccerway“. ca.soccerway.com.
  7. „The UEFA Champions League's youngest players“. UEFA.com (29-iyul 2020-yil).
  8. „Zenit v Lyon game report“. UEFA (27-noyabr 2019-yil).
  9. „After Bourg – OL (CDF) : Rayan Cherki, the youngest scorer in the history of OL“. www.OL.fr. Olympique Lyonnais (5-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.
  10. May. „Rayan Cherki: All you need to know about Lyon's 17-year-old wonderkid“. The Football Faithful (5-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2020-yil.
  11. Dawkes, Phil. „Bayern breeze past Lyon to set up PSG showdown“ (inglizcha). BBC Sport (19-avgust 2020-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2020-yil.
  12. „Rayan Cherki late goal earns Lyon win at Monaco to keep Champions League qualification push alive“. Eurosport (2-may 2021-yil). Qaraldi: 3-may 2021-yil.
  13. „Joueur - Rayan CHERKI - FFF“ (fransuzcha). FFF.fr. 3-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2020-yil.
  14. „R. Cherki“. Soccerway. Qaraldi: 19-dekabr 2019-yil.
  15. „Paris St-Germain beat Lyon in French League Cup final for another treble“. BBC Sport (31-iyul 2020-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.

Havolalar tahrir

  • Rayan Cherki — French league stats at LFP — also available in French
  • Rayan Cherki at the French Football Federation (in French)
  • Rayan Cherki at the French Football Federation (archived 2020-02-23) (in French)
  • Rayan Cherki at Soccerway