Robin McLaurin Williams (talaffuzi: Robin MakLorin Uilyams; 21-iyul, 195111-avgust, 2014) amerikalik stendap qiziqchi va aktyor boʻlgan. Omma eʼtiboriga Mork & Mindy (1978–1982) teleserialida Mork rolini oʻynab tushgan Williams muvaffaqiyatli karyerasini sahna komediyasi va toʻliq metrajli filmlarda davom ettirdi. Uning aktyorlik ijodiga The World According to Garp (1982), Good Morning, Vietnam (1987), Dead Poets Society (1989), Awakenings (1990), The Fisher King (1991) va Good Will Hunting (1997) kabi tanqidchilar yaxshi qarshilagan filmlar, shuningdek Popeye (1980), Hook (1991), Aladdin (1992), Mrs. Doubtfire (1993), Jumanji (1995), The Birdcage (1996), Night at the Museum (2006), Happy Feet (2006) va Happy Feet Two (2011) kabi daromadli filmlar kiradi.

Robin Williams
Red

Williams Happy Feet filmi premyerasida, 2011
Tavalludi
Robin McLaurin Williams

21-iyul 1951-yil
Vafoti 11-avgust 2014-yil(2014-08-11)
(63 yoshda)
Paradise Cay, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Qiziqchi, aktyor
Faoliyat yillari 1976–2014
Veb-sayt robinwilliams.com

Eng yaxshi aktyor uchun Akademiya mukofotiga uch marta nomzodi qoʻyilgan Williams Good Will Hunting filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun shu mukofotni oldi. Shuningdek u ikki Emmy mukofoti, toʻrt Golden Globe mukofoti, ikki Screen Actors Guild Award va besh Grammy mukofoti olgan.[1][2]

2014-yil 11-avgustida Williams Paradise Cay, Kaliforniya uyida vafot etdi.[3] Oʻlim sababi sifatida asfiksiya taxmin etildi.

Manbalar tahrir

  1. Thomas, Mike. „A nose for laughs“. Chicago Sun-Times (24-fevral 2002-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2009-yil.
  2. McMullen, Marion. „Article: Weekend TV: Star profile. (Features)“. Coventry Evening Telegraph (5-oktabr 2002-yil). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2009-yil.
  3. „US actor Robin Williams found dead at home“. BBC (12-avgust 2014-yil).

Havolalar tahrir