Romushtepa — qad. shahar harobasi (mil.av. 4 — mil. 4-asrlar). Buxoro viloyati Jondor tumanida joylashgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining R. H. Sulaymonov boshchiligidagi Zarafshon arxeologik otryadi tomonidan oʻrganilgan (1973). Romush shahrining nomi oʻrta asr tarixchilari Nishopuriy, Narshaxiy va Beruniy asarlarida tilga olingan. R. 3 ta tepadan iborat boʻlib, markaziy baland qismi „Shayxi kalon“, unga gʻarb tomondan tutashgan 2tepa „Guli sang“, 3si esa, „Xoʻja Romush“ deb ataladi. Arxeologik izlanishlar faqat „Guli sang“da olib borilgan. Koʻplab sopol buyumlar chiqqan, yodgorlikning stratigrafik davri aniqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil