Rosie White
Rosie Eleanor Florence White (1993-yil 6-iyunda tugʻilgan) — yangi zelandiyalik futbolchi, oxirgi marta „Milliy ayollar futbol ligasi“ klubi „OL Reign“da va Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rosie Eleanor Florence White[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-iyun 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Oklend, Yangi Zelandiya[2] | ||
Boʻyi | 1.65 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
Western Springs AFC | |||
Lynn-Avon United | |||
Three Kings United | 20 | (50) | |
2015—2016 | Liverpool | 22 | (4) |
2017 | Boston Breakers | 22 | (4) |
2018 | Chicago Red Stars | 12 | (1) |
2019—2021 | OL Reign | 9 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2008—2010 | Yangi Zelandiya U17 | 3 | (3) |
2008—2012 | Yangi Zelandiya U20 | 15 | (16) |
2009 | Yangi Zelandiya | 110 | (24) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrir2015-yil iyul oyida White „Angliya kubogi“ chempioni „Liverpool Ladies“ bilan shartnoma imzoladi. „Liverpool“ bosh murabbiyi Matt Beard Whitedan jamoaning hujumini oshirishini kutgandi[3]. 2015-yilda „Liverpool“ yettinchi oʻringa tushib ketdi, biroq 2015-yil noyabrida White bilan yangi shartnoma imzolandi[4].
2016-yil 9-noyabrda u „Boston Breakers“ bilan shartnoma imzoladi va u yerda „Liverpool“ning sobiq bosh murabbiyi Mett Beard bilan birlashdi. White „Boston“ safida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan[5].
2018-yil White „Chicago Red Stars“ klubiga oʻtdi. Klub 2018-yil 30-yanvarda „Breakers Dispersal Draft“ ligasida 7-chi oʻrinni egalladi[6]. White „Red Stars“ safidagi debyutini 26-may kuni „Orlando Pride“ga qarshi oʻynda oʻtkazdi[7][8]. White 2018-yilda „Red Stars“ safida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi[9].
2019-yilgi mavsumi oldidan White „Red Stars“ga, Yangi Zelandiya bilan 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun jamoaga qaytmasligini eʼlon qildi. Klub ham, White ham jahon chempionatidan keyin jamoaga qaytish imkoniyatini qaytadan koʻrib chiqadi[10].
2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan soʻng, White 2019-yil 16-iyulda „OC Reign“ bilan shartnoma imzoladi[11].
2021-yil dekabr oyida „OL Reign“ Whitega boʻlgan huquqdan voz kechdi va u klubni tark etdi[12].
Xalqaro faoliyati
tahrirWhite Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi. U ilgari 17 yoshgacha va 20 yoshgacha milliy terma jamoa oʻyinlarda oʻz mamlakatini himoya qilgan[13].
White 2008-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashdi[14]. 2010-yilda u Yangi Zelandiyani 2010-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida himoya qildi va uchta guruh oʻyinlarida ham qatnashdi[15].
White 2009-yil 10-yanvarda Xitoyga 0:6 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida oʻzining kattalar jamoasidagi ilk debyutini qildi[16][17]. 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan jamoalar uchun samarali toʻpurar boʻlgan White, 2010-yil 29-sentyabrda Vanuatu ustidan 14:0 hisobida gʻalaba qozongan jamoa safida edi[16].
U 2011-yilda Germaniya va 2015-yil Kanadada oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning uchta oʻyinidan ikkitasida oʻynagan[18].
2016-yil iyul oyida White 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun terma jamoaga kiritildi. U Yangi Zelandiyaning uchta oʻyinidan ikkitasida, ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi[19][20].
Xalqaro faoliyat statistikasi
tahrirSana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Turnir | Manba | |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2010-yil 29-sentyabr | North Harbour Stadium, Oklend, Yangi Zelandiya | Vengirya | 8-0 | 14-0 | 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati | [21] |
2. | 2010-yil 6-oktyabr | Slavakiya | 1-0 | 8-0 | [22] | ||
3. | 8-0 | ||||||
4. | 2010-yil 8-oktyabr | Panama | 2-0 | 11-0 | [23] | ||
5. | 6-0 | ||||||
6. | 7-0 | ||||||
7. | 8-0 | ||||||
8. | 2012-yil 31-mart | Toll Stadium, Whangārei, Yangi Zelandiya | Panama | 5-0 | 8-0 | 2012-yilgi ayollar Olimpiada saralash turniri | [24] |
9. | 7-0 | ||||||
10. | 2013-yil 25-sentyabr | Stade St-Germain, Savièse, Shveysariya | Xitoy | 3-0 | 4-0 | 2013-yil Valais ayollar kubogi | [25] |
11. | 2014-yil 16-iyun | Mount Smart Stadium, Okklend, New Zealand | Braziliya | 1-1 | 1-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | [26] |
12. | 2014-yil 25-oktyabr | Kalabond Oval, Kokopo, Papua Yangi Gvineya | Tonga | 6-0 | 16-0 | 2014 yilgi ayollar oʻrtasidagi „Millatlar Kubogi“ | [27] |
13. | 7-0 | ||||||
14. | 2014-yil 29-oktyabr | Kuk orollari | 6-0 | 11-0 | [28] | ||
15. | 2017-yil 1-mart | Ammochostos Stadium, Larnaca, Kipr | Shotlandiya | 1-0 | 2-3 | 2017-yilg Kipr ayollar kubogi | [29] |
16. | 2017-yil 8-mart | Tasos Markos Stadium, Paralimni, Kipr | Vengirya | 2-0 | 3-1 | [30] | |
17. | 3-0 | ||||||
18. | 2018-yil 19-noyabr | Stade Numa-Daly Magenta, Nouméa, Yangi Kaledoniya | Tonga | 1-0 | 11-0 | 2018-yilgi ayollar oʻrtasidagi „Millatlar Kubogi“ | [31] |
19. | 4-0 | ||||||
20. | 2018-yil 28-noyabr | Stade de Hnassé, Lifou, Yangi Kaledoniya | Norvegiya | 6-0 | 8-0 | [32] | |
21. | 8-0 | ||||||
22. | 2018-yil 1-dekabr | Stade Numa-Daly Magenta, Nouméa, Yangi Kaledoniya | Fiji | 1-0 | 8-0 | [33] | |
23. | 8-0 | ||||||
24. | 2019-yil 9-aprel | Marbella Football Center, Marbella, Ispaniya | Norvegiya | 1-0 | 1-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | [34] |
Manbalar
tahrir- ↑ „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2015-yil.
- ↑ Profile (Wayback Machine saytida 7-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan) at NZF
- ↑ „Liverpool Ladies sign New Zealand striker Rosie White“. BBC Sport (9-iyul 2015-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Rosie White: Liverpool Ladies striker signs new contract“. BBC Sport (26-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Breakers sign New Zealand midfielder Rosie White“. Boston Breakers (9-noyabr 2016-yil). 2016-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2016-yil.
- ↑ Ltd. „National Women's Soccer League“ (inglizcha). www.nwslsoccer.com. Qaraldi: 2-fevral 2018-yil.
- ↑ „Friday Roundup: Poor field conditions cause scheduling change for Copa America Femenina“ (30-mart 2018-yil). Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
- ↑ „Rosie White Game Log“ (4-iyul 2018-yil). Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „R. WHITE“. Qaraldi: 24-mart 2019-yil.
- ↑ „Red Stars Announce Signings, Departures Over The Weekend“ (4-mart 2019-yil). Qaraldi: 24-mart 2019-yil.
- ↑ „REIGN FC SIGNS NEW ZEALAND INTERNATIONAL ROSIE WHITE“. Reign FC (16-iyul 2019-yil). 2019-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
- ↑ „OL Reign Waive Shirley Cruz and Rosie White“. OL Reign (8-dekabr 2021-yil). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
- ↑ „Profile on NZ Football“. NZ Football. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2010-yil.
- ↑ „Match Report“. FIFA (4-noyabr 2008-yil). 2008-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „FIFA Under 20 Women's World Cup, Germany 2010 – Team – New Zealand“. FIFA. 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2010-yil.
- ↑ 16,0 16,1 „Football Ferns – Line-ups“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 12-iyun 2009-yil.
- ↑ „Caps 'n' Goals, New Zealand Women's national representatives“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 12-iyun 2009-yil.
- ↑ „FIFA player's stats“. FIFA. 2012-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2015-yil.
- ↑ „Football Ferns choose experience for Rio squad“ (5-iyul 2016-yil). Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
- ↑ „R.White“ (19-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
- ↑ „New Zealand 14-0 Vanuatu“. Oceania Football Confederation (29-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „New Zealand 8 – 0 Solomon Islands“. Oceania Football Confederation (6-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „New Zealand 11 - 0 Papua New Guinea“. Oceania Football Confederation. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ NZL v PNG Play-off.pdf „New Zealand v Papua New Guinea Match Summary“. Oceania Football Confederation. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „New Zealand wins the Valais Women's Cup“. Valais Women's Cup (25-sentabr 2013-yil). 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „Football Ferns earn late draw with Brazil“. NZ Herald (17-iyun 2014-yil). Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „New Zealand 16-0 Tonga“. Oceania Football Confederation. 2014-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „Cook Islands 0-11 New Zealand“. Oceania Football Confederation. 2014-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „Ferns lose opener to Scotland“. New Zealand Football. 2017-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „Ferns finish Cyprus Cup on a high“. New Zealand Football. 2017-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „New Zealand 11–0 Tonga“. Oceania Football Confederation. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „New Zealand 8–0 New Caledonia“. Oceania Football Confederation. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „Fiji 0–8 New Zealand“. Oceania Football Confederation. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
- ↑ „Ferns beat Norway 1-0“. New Zealand Football. Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sahifasi
- Boston Breakersdagi sahifasi (Wayback Machine saytida 2018-01-31 sanasida arxivlangan)
- Rosie White