Rossiya bayrogʻi
Bayroq rangining tavsiya etilgan ranglariTahrirlash
Rang | Oq | Ko'k | Qizil |
---|---|---|---|
Pantone | White | 286C | 485C |
CMYK | 0,0,0,0 | 100,68,0,37 | 0,81,87,15 |
RGB | 255, 255, 255 | 0, 57, 166 | 213, 43, 30 |
HTML | #FFFFFF | #0039A6 | #D52B1E |
TarixiTahrirlash
Rossiyada XVII asrga qadar davlat bayrogʻi boʻlmagan. Bayroq hukmdor Aleksey Mixaylovich (1629-1676 yillar) davrida rus dengiz harbiylari tashkil topishi bilan paydo boʻlgan. Hukmdor buyrugʻiga asosan 1668-yili golland injeneri David Butler birinchi rus harbiy kemasi „Oryol“ ni qurgan. Lekin gʻarbdagi anʼanaga koʻra, kemada davlat bayrogʻi oʻrnatilishi lozim edi. Aleysey Mixaylovich bu masalani xal etish uchun injenerdan Gollandiya bayrogʻi haqida soʻraydi. Butler Niderlandiyaning bayrogʻi 1630-yildan buyon uch xil rangda, yaʼni bayroqning yuqori qismi qizil, oʻrtasi oq va tag qismi moviy ekanini aytadi. Rossiya bayrogʻi ham uch xil rangda yaratiladi. Faqat bu yerda bayroqning yuqori qismini oq, soʻng moviy va qizil ranglar egallaydi. Pyotr I (1672 — 1725 yillar) otasining anʼanasini davom ettiradi va kemalar „Moskva hukmdori bayrogʻi“ ostida suzadilar. Bu hol oʻttiz yil davom etadi. 1712-yili harbiy kemalarga Andrey Pervozvanniy bayrogʻini tiklash haqida farmoyish chiqadi. Oq — moviy — qizil rangdagi bayroq ostida faqat fuqaro kemalari suzadilar.
Pyotr davrida oq rang — erkinlik, moviy rang- Bogoroditsa (Bibi Mariyam), qizil rang esa rus hokimiyatining kuch- quvvatini anglatgan. Lekin bayroq rasman tan olinmagan va XIX asrning oʻrtasiga kelib bu masala imperator Aleksandr II (1818-1881yillar) tomonidan hal etilgan.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |