Rulet xamirdan shirin yoki chuchuk masalliq solib tayyorlanadigan biskvitdir.[1]

Rulet

Shri Lanka ruleti
Turi Biskvit
Asosiy komponentlari Un, tuxum, shakar, murabbo

Pishirilgan ruletlar

tahrir
 
Yeryongʻoq qoʻshilgan shokolad qiyomli rulet

Ikki xil xamirdan shirin yoki chuchuk masalliq solib tayyorlanadi:

  • koʻptirilmagan: shtrudel (olma, gilos, tvorogli[2]), banitsa[2], vertuta.
  • xamirturushli: koʻknor urugʻi bilan rulet (mayiz[3], yongʻoq, dolchin[2]), shtritsel, stromboli.

Biskvitli ruletlar

tahrir
 
Braziliyaning bolo de rolo biskvitli ruleti

Ular pishirilgan biskvit qatlamidan iborat (qalinligi 6-9 mm[4]), ichiga shirin narsa qoplangan. Masalan: qaymoq yoki meva[3] solingan biskvitli rulet, Rojdestvo shirinligi. Ruletning yuqori qismi qiyom, shakar kukuni[2] va kremli gullar bilan bezalishi mumkin.

Taxminlarga koʻra, biskvitli rulet Markaziy Yevropadan, ehtimol, Avstriyadan kelib chiqqan. Shveysariya ruletining inglizcha nomi (Swiss roll) 1870-yillarning pazandalikka oid adabiyotlarida bor, shundan soʻng bu yegulik ingliz oshxonasiga kirgan.

Konservantlardan foydalanmasdan tayyorlangan ruletlarning saqlanish muddati 2 kundan 7 kungacha. Konservantlar (sorbin kislotasi tuzlari, oziq-ovqat spirti) bilan ruletlar 6 oygacha saqlanadi.[4]

Biskvitli rulet Oʻzbekistonda keng miqyosda ishlab chiqariladi. Bir qancha mahalliy brendlar mavjud.

Galereya

tahrir

Pishirilgan ruletlar

tahrir

Biskvitli ruletlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. В. В. Похлёбкин 2015.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Кенгис 1982.
  3. 3,0 3,1 Товарный словарь 1959.
  4. 4,0 4,1 Кузнецова, Сиданова 2002.