Rushdiy Muhammad Siddiq
Rushdiy Muhammad Siddiq (arabcha: رشدي محمد صديق — Rushdiy Muhammad Siddiq — (XVII asrda yashagan)) — shoir va yozuvchi.
Rushdiy Muhammad Siddiq | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shoir, yozuvchi |
Rushdiy Muhammad Siddiq (XVII asr, Qoʻqon) — shoir va yozuvchi. Umrining oxirgi yillarini Qashqarda oʻtkazgan. Rushdiyning bizga qadar ixchamgina axloqiytaʼlimiy mazmundagi dostoni hamda katta hajmdagi "Tazkirat ulavliyoi turkiy" asari yetib kelgan. "Tazkirat ulavliyoi turkiy"da Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Robiya Adaviya, Abu Turob Naxshabiy, AtTermiziy, Junaid Bagʻdodiy, Ibrohim Adham singari Sharqning 88 mashoyixi haqida maʼlumot beriladi. Rushdiy bu asarini yozishda arab va fors tillaridagi 14 manbadan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi durdonalaridan foydalangan. Kitob turkiy tilda yozilgan, avliyolar — sufizm taʼlimoti daholari haqida eng mukammal maʼlumot beradigan yagona tazkiradir. Tazkiraning birdanbir nusxasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.[1]
AsarlariTahrirlash
“Tazkiratu-l-avliyoi turkiy”
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |