Ruslan Chagayev
Ruslan Shamilovich Chagayev (ruscha: Руслан Шамильевич Чагаев, tatarcha: Ruslan Şamil ulı Çağaev, 1978-yil 19-oktabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (ingl. WBA) versiyasi boʻyicha superogʻirvaznda jahon chempioni. Ogʻir vaznda (81-91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni.
Ruslan Chagayev | |
---|---|
![]() | |
Statistikasi | |
Asl ismi | Ruslan Shamilovich Chagayev |
Laqabi | "Oq Tayson" |
Vazni | Ogʻir vazn |
Millati | Tatar |
Tavalludi |
19-oktyabr 1978-yil Andijon, OʻzSSR |
Bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (1998), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000). Andijon respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida tahsil olgan (1991 — 1997), Andijon universitetini tugatgan (2002). 91 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (1996, 1999, 2000, 2001), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, Toshkent; 1997, Olmaota), Osiyo (1995, 1999, Toshkent), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1997, Budapesht) chempioni. U 91 kg dan ziyod vaznda ham jahon chempioni boʻlgan (2001, Belfast). 2001-yildan professional bokschi. Gamburg (GFR)ning „Universum boks promoshn“ klubi bilan shartnoma imzolab, reyting uchrashuvlarini oʻtkazib keladi (2004). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]
Boʻyi: 1,85 m.
1997-yilgi havaskorlar oʻrtasidagi Jahon Chempionati finalida kubalik bokschi Feliks Savonni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, lekin keyinchalik professional bokschi sifatida chetlatilgan. Ruslan Chagayev "Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan sportchi", "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
2007-yilning 14-aprel kuni WBA versiyasi boʻyicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida magʻlubiyatga uchramagan edi.
Germaniyaning Gamburg shahrida yashaydi va shugʻullanadi. Murabbiyi: Mixael Timm (nem. Michael Timm). Uylangan, bir oʻgʻli bor.

Ruslan Chagaev 2008-yilning 19-yanvarida Britaniyalik bokschi Matt Skelton bilan oʻz unvonini himoya qilish uchun ringga chiqdi. Bu jang 12 raund davom etib, ochkolar boʻyicha gʻalaba Ruslan Chagaevga berildi va u oʻz chempionlik kamarini yana bir marta oʻzida saqlab qoldi.
Lekin ayrim axborot manbalari tarqatgan xabarga koʻra, Chagaev va Valuyev jangi 5-iyulga qoldirilgan.[2] Jang sanasi muddatining uzaytirilishiga Ruslan Chagaevning sogʻligi yomonligi sabab boʻlgan.
Ruslan Chagaev 2007-yilda „rossiyalik dev“ laqabli Nikolay Valuevni engib, ilk bor professional boksning WBA yoʻnalishi boʻyicha eng ogʻir vazn toifasida Jahon chempioni boʻlgan va oʻshanda Oʻzbekistonda chempionni millionlab ishqibozlari oliqshlar bilan kutib olgan.[3]
Jang natijalariTahrirlash
Yil | Sana | Joy | Raqib | Kamar | Natijalar |
---|---|---|---|---|---|
1997 | 21-Avgust | Hollywood Casino, Aurora, Illinois, Vereinigte Staaten | Donnie Penelton | Gʻalaba/ KO 1 | |
3-Sentabr | Ramada Inn, Rosemont, Illinois, Vereinigte Staaten | Brian Jones | Gʻalaba/ KO 2 | ||
2001 | 21-Sentabr | Toshkent, Oʻzbekiston | Everett Martin | Gʻalaba/ TKO 4 | |
2002 | 14-aprel | Hard Rock Hotel and Casino, Las Vegas, Nevada, Vereinigte Staaten | Val Smith | Gʻalaba/ KO 1 | |
11-may | Grand Casino, Biloxi, Mississippi, Vereinigte Staaten | Chris Isaac | Gʻalaba / 8 raundlik jang | ||
5-Oktabr | Cobo-Hall, Detroit, Michigan, Vereinigte Staaten | Rob Calloway | Nomaʼlum/ 3 raundlik jang | ||
2003 | 22-may | Yonkers Raceway, Yonkers, New York, Vereinigte Staaten | Zakeem Graham | Gʻalaba / TKO 3 | |
18-Noyabr | Universum Gym, Wandsbek, Hamburg, Deutschland | Daniel Frank | Gʻalaba / KO 2 | ||
2004 | 17-Fevral | Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland | Sedreck Fields | Gʻalaba / 6 raundlik jang | |
30-Mart | Saaltheater Geulen, Aachen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland | Alexei Varakin | Gʻalaba/ KO 2 | ||
18-may | Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland | Wade Lewis | Gʻalaba/ TKO 1 | ||
22-Iyun | Sportzentrum, Telfs, Österreich | Sedreck Fields | Gʻalaba/ KO 2 | ||
31-Iyul | Hanns-Martin-Schleyer-Halle, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland | Garing Lane | Gʻalaba/ KO 5 | ||
26-Oktabr | Scandlines Arena, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland | Willie Williams | Gʻalaba/ KO 3 | ||
16-Noyabr | Kugelbake Halle, Cuxhaven, Niedersachsen, Deutschland | Xorvatiya Asmir Vojnovic | Gʻalaba/ TKO 4 | ||
14-Dekabr | Freizeit Arena, Soelden, Österreich | Tommy Connelly | Gʻalaba/ TKO 2 | ||
2005 | 26-Mart | Sachsen, Deutschland | Andoza:Country data the Bahamas Sherman Williams | Gʻalaba / 8 raundlik jang | |
28-Sentabr | Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland | Jucimar Francisco Hipolito | Gʻalaba/ TKO 1 | ||
22-Oktabr | Brandberge Arena, Halle an der Saale, Sachsen-Anhalt, Deutschland | Mark Krence | Gʻalaba/ KO 5 | ||
2006 | 7-Yanvar | Zenith — Die Kulturhalle, Munich, Bayern, Deutschland | Rob Calloway | Gʻalaba/ KO 2 | |
11-Mart | Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland | Vladimir Virchis | WBA Inter-Continental-Titel | Gʻalaba / 12 raundlik jang | |
15-Iyul | Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland | Michael Sprott | WBA Inter-Continental-Titelverteidigung | Gʻalaba/ TKO 8 | |
18-Noyabr | Nordrhein-Westfalen, Deutschland | John Ruiz | Gʻalaba / 12 raundlik jang | ||
2007 | 14-aprel | Porsche-Arena, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland | Nikolay Valuev | WBA-Weltmeisterschaft | Gʻalaba / 12 raundlik jang |
2008 | 19-Yanvar | Burg-Wächter Castello, Düsseldorf, Nordrhein-Westfalen, Deutschland | Matt Skelton | WBA-Titelverteidigung | Gʻalaba / 12 raundlik jang |
2009 | 7-Fevral | Stadthalle, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland | Carl Davis Drumond | WBA-Titelverteidigung | Gʻalaba / 6 raundlik jang |
20-Iyun | Veltins-Arena, Gelsenkirchen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland | Vladimir Klichko | IBF- und WBO-Weltmeisterschaft | Magʻlubiyat | |
2010 | 22-may | Rostok, Deutschland | Mian Kali | Gʻalaba / 12 raundlik jang | |
(Quelle: BoxRec-Datenbank Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-10-01).) |
ManbalarTahrirlash
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ BBC Oʻzbek xizmati
- ↑ Chechen rahbari Chagaevni oʻziniki qilib oldi
HavolalarTahrirlash
- Ofitsialniy sayt Ruslana Chagaeva Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-07-19).
- Match-revansh Valueva s Chagaevim naznachen na 31-maya
- Ruslan Chagaev zaщitil titul protiv Metta Skeltona
- Profayl Ruslana Chagaeva na boxing.de Wayback Machine saytida arxivlandi (2008-09-16).
- Profayl Ruslana Chagaeva na boxrec.com Wayback Machine saytida arxivlandi (2006-04-27).
- Luchshie boi Ruslana Chagaeva Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-10-06).
- Intervyu i video s Ruslanom Chagaevim
Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |