Rustam Jabborov (1979-yil 29-dekabr, Urgut, Samarqand viloyati)[1] – oʻzbek yozuvchisi, publisist va tarjimon.

Rustam Jabborov
Tavalludi 1979
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Alma mater O'zbekiston milliy universiteti
Janr Nasr

Hayoti

tahrir

Rustam Jabborov 1979-yilning 29-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. 2003-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida oliy taʼlimni tamomlab, xalqaro jurnalistika mutaxassisligini egallagan.

1998–2000-yillarda „Respublika“ gazetasida muxbir boʻlib ishlagan. 2000–2003-yillarda „Qishloq hayoti“ gazetasi bosh muharriri, 2003–2010-yillarda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh muharriri oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2010–2016 yillarda „Darakchi“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari, keyin esa bosh muharrir boʻlgan. Oʻzbekiston jurnal, gazeta va elektron ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-madaniy, tarixiy-publisistik mavzularda maqolalarini muntazam chop etib boradi.

Hozirda „Zamon press“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Rustam Jabborov 20 dan ortiq badiiy, publitsistik va tarjima kitoblarining muallifidir. Sheʼrlari, hikoyalari, publitsistik maqolalari Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan. Gi de Mopasan, Edgar Po, Gabriel Garsia Markesning jahonga mashhur asarlari bilan bir qatorda ozarbayjon adabiyotidan Anor, Sobir Rustamxonli, Voqif Sultonli, Ilgar Fahmiy va boshqa yozuvchilarning hikoya, qissa va romanlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Bundan tashqari, u koʻplab badiiy, hujjatli va animatsion filmlarning ssenariy muallifi. Rustam Jabborov senariysi asosida „Vijdon“ (2007), „Bechora“ (2011), „Asragil“ (2017) va „Nomus“ (2017) badiiy filmlari suratga olingan. Rustam Jabborov zamonaviy oʻzbek adabiyotida detektiv asarlar muallifi sifatida tanilgan.

Rustam Jabborovning „Kitabın arasındakı məktub“ va „Xəyanətin kəsişməsi“ detektiv hikoyalari Adalet Mammadov tarjimasida ozarbayjon tilida nashr etilgan.

Rustam Alisher Navoiyning „Agʻoʻyunlu devoni va uning oʻsha davr adabiy muhitidagi oʻrni“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[2].

Ozarbayjonda nashr etilgan kitoblar

tahrir
  • Xəyanətin kəsişməsi (Povestlər). Oʻzbek turk tilidan tarjima qilgan Adalat Mammadov, Boku: 2022, 144 b.

Manbalar

tahrir
  1. „Rubrika: Rustam Jabborov (1979)“. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  2. „Özbək alimi Azərbaycan mövzusunda dissertasiya müdafiə edib“ (2021-yil 10-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.

Havolalar

tahrir