Rustem Kazakov
Rustem Abdullayevich Kazakov (qrim tatarcha: Rustem Abdulla oğlu Kazakov, Рустем Абдулла огълу Казаков, 2-yanvar 1947-yil, Toshkent) – sovet klassik uslubdagi kurashchi, Olimpiya chempioni, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1969), SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Rustem Abdullayevich Kazakov | |
---|---|
Tavalludi |
2-yanvar 1947-yil |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Faoliyat yillari | 1959–1975 |
Boʻyi | 160 sm |
Tarjimai holi
tahrirRustem Kazakov 1947-yilda Toshkentda qrim tatarlari oilasida tavallud topgan. U 1959-yildan kurash bilan shugʻullana boshlagan, 1963-yilda Oʻzbekiston chempioni, 1963–1964-yillarda yoshlar oʻrtasida SSSR chempioni boʻlgan[1]. Rustem 1965-yilda Bolgariyada boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi xalqaro turnirda oʻzining ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 1967-yilda Buxarestda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yettinchi oʻrinni egalladi.
Kazakov 1968-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun olimpiya terma jamoasiga kiritilgan, ammo mashgʻulot paytida olgan jarohati tufayli musobaqalarda qatnasha olmagan[1][2].
Sportchi 1972-yilda Myunxenda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 57 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida jang qilgan.
Rustem Abdullayevich 1963–1967-yillarda „Dinamo“ (Toshkent), 1968–1975-yillarda Qurolli kuchlar (Toshkent), 1975-yildan Qurolli kuchlar (Moskva) safida oʻynagan. U ikki karra jahon chempioni boʻlgan (1969, 1971). Rustem jahon chempionati kumush medali (1973), jahon chempionati bronza medali (1970), Yevropa chempionati bronza medali sovrindori (1967). 1971-yilda SSSR chempioni boʻlgan.
Rustem 1972-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. „Hurmat belgisi“ ordeni sohibi (1972). Podpolkovnik hamda 1975-yildan KPSS aʼzosi boʻlgan.
Rustem Kazakov Moskvada yashagan va 1989-yilda nafaqaga chiqqanidan soʻng Perevalnoyega (Qrim) koʻchib oʻtgan. Milliy Qrim kurash federatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan[3].
Qrimda Olimpiya oʻyinlari chempioni Rustem Kazakov sovrinlari uchun yunon-rum kurashi boʻyicha xalqaro turnir boʻladi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „«1K» :: Новости Украины и Крыма N 185 :: ЖИЗНЬ :: Слово «покой» не существует для Рустема Казакова“. 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
- ↑ „Рустем Казаков: В жизни за все надо бороться до победного конца! | Milli Firka. Krimskie tatari. Krim“. 2015-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
- ↑ „Национальный вид спорта — это и культура, и даже политика, — Р.Ильясов | Novosti | Kʼirim alemi“. 2015-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.