Srinivasa Varadhan

hindistonlik-amerikalik matematik
(S. R. Srinivasa Varadhandan yoʻnaltirildi)

Sathamangalam Ranga Iyengar Srinivasa Varadhan (1940-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — hindistonlik-amerikalik matematik. Ehtimollik nazariyasi boʻyicha ishlari, xususan, yirik deviatsiyalarning umumiy teoriyasini yaratib, shuhrat qozongan. 2007-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Srinivasa Varadhan
Tavalludi 2-yanvar 1940-yil (1940-01-02) (84 yosh)
Madras, Britaniya Hindistoni
Istiqomat joylari AQSh
Fuqaroligi Hindiston va AQSh
Sohasi Matematika
Akademik rahbarlari C R Rao
Mashhur shogirdlari Peter Friz
Jeremy Quastel
Mashhur ishlari Martingale masalalari; Yirik deviatsiya teoriyasi
Mukofotlari Birkhoff mukofoti (1994)
Steele mukofoti (1996)
Abel mukofoti (2007)
Padma Bhushan (2008)
Milliy fan medali (2010)

Varadhan 1940-yil Chennay shahrida tugʻilgan (shahar oʻsha paytda Madras deb atalgan)[2]. 1959-yil Madras universitetidan bakalavr darajasini olgan, soʻngra Hindiston statistika institutida tahsil olgan. 1969-yil institutni PhD darajasi bilan tamomlagan. 1963-yildan beri New York universitetining Courant matematika fanlari institutida ishlab keladi.

Varadhan Daniel Stroock bilan hamkorlikda diffuziya jarayonlari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Shuningdek, olim Monroe Donsker bilan hamkorlikda yirik deviatsiyalar sohasiga salmoqli hissa qoʻshgan. Varadhan 1995-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasi, 2009-yildan beri Norvegiya fanlar akademiyasi aʼzosidir.

Manbalar

tahrir
  1. „2007: Srinivasa S. R. Varadhan“. www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  2. interview-with-srinivasa-varadhan/ Interview with Srinivasa Varadhan], http://gonitsora.com

Havolalar

tahrir