Saad Lamjarred (arabcha: سعد لمجرد) — marokashlik qo'shiqchi, shoir, aktyor, raqqos va prodyuser. Uning „LM3ALLEM“ taronasi uchun ishlangan rasmiy klip YouTubeda 1 milliarddan ortiq tomosha qilingan.

Saad Lamjarred
Tavalludi Saad Bachir Lamjarred
سعد البشير لمجرد
7-aprel 1985-yil (1985-04-07) (39 yosh)
Janrlar Pop
Kasbi Aktyor, qoʻshiqchi, prodyuser
Faoliyat yillari 2007-hozirgi kungacha
Fuqaroligi Marokash
Turmush oʻrtogʻi Ghita El Allaki

Hayoti

tahrir

Lamjarred marokashlik klassik qoʻshiqchi Bachir Abdou va aktrisa va komediyachi Nezha Regraguilar oilasida tugʻilgan[1]. U yoshligidanoq pianino chalishga, shuningdek, toʻrt yoshidayoq qoʻshiq aytishga juda ham qiziqqan.

Keyin Lamjarred Rabotdagi musiqa konservatoriyasida oʻqishni davom ettirdi va u yerda musiqa, sanʼat nazariyasi va raqsni oʻrgandi. U otasi bilan birgalikda koʻplab spektakllarda ishtirok etardi.

Lamjarred 2001-yilda Amerika Qo'shma Shtatlariga koʻchib oʻtdi va bu voqeani oʻzining musiqalari uchun asosiy ilhom manbalaridan biri deb taʼkidladi[1].

Karyerasi

tahrir

2007-yilda Lamjarred mashhur arab telekoʻrsatuvi hisoblangan Super Star loyihasining 4-mavsumida ishtirok etdi va tunislik Marwan Alidan soʻng, ikkinchi oʻrinni egalladi[2]. Uning bu koʻrsatuvdagi ishtiroki tanilishiga sabab boʻldi.

2011-yilda Lamjarred oʻzining aktyorlik karyerasini „Ahlam Nassim“ nomli Marokash serialida bosh rolni ijro etish orqali boshladi. U 2013-yilda „Wala Aalik“ nomli albomini chiqardi. Oʻsha yili u yana ikkita „Salina“ va „Enty“ nomli EPlarini ham chiqardi. Ikkinchisining bosh qoʻshigʻi „Enty“ (arabcha: أنتي) Lamjarredning eng katta hitlaridan biriga aylandi va unga Méditel Morocco Music Awards 2014 mukofotini olib keldi hamda MTV Europe Music Awards 2014 mukofotida Yaqin Sharqning eng yaxshi musiqasi sifatida nomzod boʻldi[3][4][5][6].

Lamjarred, shuningdek, 2014 MTV Europe Music Awards marosimida „Yaqin Sharqning eng yaxshi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan[6]. U 2014-yilda „Enty“ qoʻshigʻi uchun „Eng yaxshi arab qoʻshigʻi“ nominatsiyasida Murex d'Or mukofotini qoʻlga kiritdi.

Lamjarredning 2015-yilda mashhur boʻlgan „Lm3allem“ (arabcha: لمعلم) taronasiga ishlangan videoklip premyera qilinganidan keyin uch oy ichida YouTubeda 1 milliard marta tomosha qilinib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi[7][8].

Oradan bir yil oʻtgach, Lamjarred „Ana Machi Sahel“ (arabcha: أنا ماشي ساهل) nomli singlini chiqardi. YouTubeda oq-qora tarzda chiqarilgan videoklipda Lamjarred va oʻnlab muxlislari uyda, mashinalarda va tashqarida qoʻshiq kuylab, rasm tushayotgan boʻladi[9]. Lamjarredning Amr Rouani rejissyorligidagi videoklip hisoblangan „Ghaltana“ (arabcha: غلطانة) ham oradan koʻp vaqt oʻtmasdan premyera qilindi[10].

Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng, Lamjarred Parijda boʻlib oʻtgan sudda gijinsiy zoʻravonlik uchun ayblangani sababli musiqiy faoliyati qisqa vaqt ichida toʻxtab qoldi[11]. 2017-yil avgust oyida u „Let Go“ nomli taronasi bilan qaytdi. Bu qoʻshiq tezda xitga boaylandi. Premyera qilinganidan keyin bir soat ichida YouTubeda yarim million marotaba koʻrildi[12]. Keyinchalik esa yana bir xitlaridan biri „Ghazali“ (arabcha: غزالي) qoʻshigʻi chiqardi. Ushbu qoʻshiqning klipi chiqarilganidan soʻng atigi bir necha daqiqa oʻtib, har besh daqiqada oʻrtacha 50 ming marta koʻrilib, yarim milliondan ortiq tomoshaga ega boʻlgan yana bir katta xitga aylandi[13][14]. „Ghazali“ taronasining muvaffaqqiyatidan soʻng u fransuz tilida kuylagan „Casablanca“ taronasini chiqardi[15].

2018-yil avgust oyida Lamjarred yana bir bor Saint Tropez qamoqqa olingan va musiqiy karyerasini 2018-yil dekabr oyigacha toʻxtatib turgan. U „Baddek Eih“ (arabcha: بدك ايه) deb nomlangan yana bir singlini chiqargan. Premyeradan keyin 4 soat ichida rasmiy klip YouTubeda 1 milliondan ortiq tomosha qilindi.

2019-yil iyul oyida Lamjarred misrlik aktyor va qoʻshiqchi Muhammad Ramadan bilan „Ensay“ (arabcha: إنساي) nomli duetni ijro etdi. Ushbu duet chiqarilganidan keyin bir oy ichida 100 milliondan ortiq tomosha qilindi[16].

2020-yil 10-iyun kuni Lamjarred oʻzining rasmiy YouTube kanalida 10 million obunachiga ega boʻldi va Olmos ijodkor mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi afrikalik qoʻshiqchiga aylandi. [2022-yil]] may oyida uning 2015-yilda chiqargan „Lm3allem“ singli YouTubeda milliard koʻrishdan oshib ketgan birinchi arab qoʻshigʻiga aylandi[17].

2023-yil iyul oyida Lamjarred hind qoʻshiqchisi Shreya Ghoshal bilan „Guli Mata“ qoʻshigʻini kuyladi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Ommaviy axborot vositalarida Lamjarred bir vaqtlar turmush qurgani va 2015-yilda ajrashganligi haqida xabarlar chiqdi[18].

2022-yil 11-sentabrda u biznesmen ayol Ghita El Allaki bilan unashtirilganligini eʼlon qildi va shu oyning oxirida ular turmush qurishdi[19][20].

Ayblovlari va sudlanishi

tahrir

2010-yil fevral oyida AQShga tashrif buyurganida Saad Lamjarred [Bruklin]]lik (Nyu-York) bir ayolni kaltaklagan va zoʻrlaganlikda ayblangan. Lamjarred garov puli bilan AQShdan qochib ketgan va agar qaytib kelsa, hibsga olinishi xavfi bor edi[21]. Ish 2016-yilda, ayblanuvchi prokurorlar bilan hamkorlikni toʻxtatgani va sudda kelishuvga erishilgach, toʻxtatilgan[22][23].

Lamjarred 2016-yil 25-oktabr kuni Parijning 17-okrugidagi Marriott Champs Elyseesda hibsga olingan. U fransuz ayoliga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlikda ayblanish uchun prokuror huzuriga keltirilgan[21][24]. U 2016-yil 29-oktabr kuni Parij saroyida sahnaga chiqishi kerak edi. Lamjarred 2017-yil aprel oyida ozodlikka chiqdi, ammo baribir ayblovlarga duch keldi[25]. 2017-yil boshida unga omma oldida chiqish qilish, sayohat qilish va ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish taqiqlangan[23]. Marokash qiroli Muhammad VI unga jarima toʻlovlarini qoplash va advokatlar yollashda yordam berdi[22][26]. 2017-yilda fransuz-marokashlik ayol 2015-yilda Marokashning Casablanca shahridagi kvartirada uni zoʻrlaganlikda aybladi[22][26]. Keyinchalik u oilasining bosimi ostida shikoyatini qaytarib oldi[26].

2018-yil 26-avgustda u Fransiyada yana bir bor zoʻrlash ayblovi bilan hibsga olindi. Ayblovlarni rad etgan Lamjarred 150 ming yevro garov evaziga qoʻyib yuborildi, ammo, Fransiyani tark eta olmadi[22][26]. U bu holat yuzsidan apellyatsiya berdi. 2018-yil 18-sentabrda u Aix-en-Provence apellyatsiya sudi qarori bilan Fransiyada qamoqqa olingan[27]. 2018-yil 20-noyabrda u zoʻrlash ayblovlaridan tozalangani, ammo „jinsiy zoʻravonlik va qasddan qilingan zoʻravonlik jinoyatlari“ uchun sudlanishi eʼlon qilindi[28]. 2018-yil 6-dekabrda fransuz hukumati Lamjarredni shartli ravishda ozod qilgani va u sud jarayonini kutayotgani eʼlon qilindi. Uning Marokash pasporti musodara qilinib, unga Fransiyadan chiqib ketishga ruxsat berilmadi[29][30].

2018-yil dekabr oyida u jazoni oʻtab boʻlganidan keyin qamoqdan ozod qilindi. Ammo, 2019-yilning avgustigacha Fransiyani tark eta olmadi[31]. 2019-yilning aprelida 2016-yil oktabr oyidan boshlab ishni nazorat qiluvchi sudya unga qoʻyilgan ayblovlarni qayta belgilab berib, aybdorligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etdi hamda ishni jinoyat ishlari boʻyicha sudga yubordi[32][33]. 2019-yil 18-dekabrda u Ar-Riyodda uch yillik tanaffusdan soʻng birinchi ommaviy konsertini berdi. Konsertdan bir necha kun oldin Twitterda bir qator saudiyalik foydalanuvchilar Lamjarredning mamlakat poytaxtida boʻlib oʻtadigan konsertiga noroziligini bildirdi[34].

2020-yil yanvar oyida Parij apellyatsiya sudi tergov palatasi ishni jinoiy ishlar sudiga yubordi[32]. 2020-yil aprel oyida Parij Kassatsiya sudi tergov palatasi tomonidan chiqarilgan qarorni jinoyat-protsessual kodeksiga rioya qilinmagani uchun bekor qildi va ishni jinoiy sudga qaytardi[35][36].

2023-yil 24-fevralda Parij sudi Lamjarredni Fransiya jinoyat qonunchiligiga muvofiq aybdor deb topdi va uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi[37]. Lamjarred ayblovni rad etib, u aybdor emaligini daʼvo qildi. Jurnalist Marine DelaMoisssonierening soʻzlariga koʻra, sud Lamjarredning DNK izlari faqat jabrlanuvchining kiyimida topilganiga qaramay, penetratsiya sodir boʻlganiga ishonch hosil qilgan. Sud oʻz qarorini mehmonxonada ishlaydigan xodimlarning guvohligi bilan ham tasdiqladi[38]. Hukm chiqarilgandan soʻng u hibsga olindi va qamoqxonaga oʻtkazildi. Keyinroq Lamjarred oʻzining aybsizligini taʼkidlab, sud qarori ustidan apellyatsiya berdi[39]. 2023-yil aprel oyida unga vaqtinchalik ozodlik berildi[40].

Reaksiyalar

tahrir

Uchinchi ayblovdan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda „Lamjarred out“ va „masaktach“ („Men jim boʻlmayman“ degan maʼnoni anglatadigan arabcha ibora) heshteglari bilan noroziliklar boshlandi va foydalanuvchilar uning qoʻshiqlarini radiodan olib tashlashni talab qilishdi. 2M telekanali va Hit Radio birinchilardan boʻlib uning qoʻshiqlarini efirdan olib tashlashdi[41]. 2018-yil sentabr oyida ijtimoiy tarmoqlardagi heshteglardan soʻng baʼzi Marokash ommaviy axborot vositalari Lamjarred qoʻshiqlarini translyatsiya qilishni toʻxtatdi[42].

2020-yildan beri Lamjarred turli darajadagi muvaffaqiyatlarga erishishgan baʼzi feministlarning tanqidiga uchradi. Bu harakatlar dastlab Misrda boshlangan. 2020-yilda Twitter va Facebook tarmoqlarida minglab misrliklar Saad Lamjarredning Qohirada oʻtkazilishi rejalashtirilgan konsertini bekor qilishni talab qilishdi[43][44]. Bu ishlardan soʻng uning 2020-yil dekabr oyidagi kontserti va 2021-yilda Misrning Sahranin tok-shousidagi chiqishi bekor qilindi[45][46][47]. Biroq uning 2022-yil dekabrdagi konserti unga qarshi ommaviy qarshiliklarga qaramay bekor qilinmadi[48][49].

2022-yilda ham xuddi shunday noroziliklar Misr, Iroq va Livanda davom ettirildi[50].

Diskografiyasi

tahrir

Albomi

tahrir
Albom Albomga kiritilgan taronalar
Wala Aalik (arabcha: ولا عليك) (2013)
NomiDavomiyligi
1.„Wana Mali (Club Edition) – وانا مالي ريميكس“3:11
2.„Jiti Fe Bali – جيتي في بالي“3:41
3.„Waadini – واعديني“3:52
4.„Lemima – لميمة“3:55
5.„Aziz Ou Ghali – عزيز وغالي“3:37
6.„Salina – سالينا“4:37
7.„Lemen Nechki – لمن نشكي“3:32
8.„Wala Elik – ولا عليك“3:33
9.„Wana Mali – وانا مالي“3:49
10.„Katnadini – كتناديني“3:57
11.„Chemaa – شمعة“3:45
12.„Mal Habibi – مال حبيبي“3:15

Singllari

tahrir
  • 2009-yil — „Waadini“ (arabcha: واعديني)
  • 2012-yil — „Salina Salina“ (arabcha: سلينا سلينا)
  • 2014-yil — „Enty“ (arabcha: أنتي)
  • 2015-yil — „Lm3allem“ (arabcha: (لمعلم)
  • 2016-yil — „Ana Machi Sahel“ (arabcha: أنا ماشي ساهل)
  • 2016-yil — „Ghaltana“ (arabcha: غلطانة)
  • 2017-yil — „Let Go“
  • 2018-yil — „Ghazali“ (arabcha: غزالي)
  • 2018-yil — „Ya Allah“ (arabcha: يا الله)
  • 2018-yil — „Casablanca“
  • 2018-yil — „Baddek Eih“ (arabcha: بدك ايه)
  • 2019-yil — „Njibek“ (arabcha: نجيبك)
  • 2019-yil — „Ykhalik Lili“ (arabcha: يخليك للي)
  • 2019-yil — „Salam“ (arabcha: سلام)
  • 2019-yil — „Daba Tzian“ (arabcha: دابا تزيان)
  • 2020-yil — „Adda Elkalam“ (arabcha: عدى الكلام)
  • 2021-yil — „Lghadi Wehdou“ (arabcha: الغادي وحدو)
  • 2021-yil — „Nadi Ya Allah“ (arabcha: نادي يا الله)
  • 2022-yil — „Ya Ayouni“ (arabcha: يا عيوني)
  • 2022-yil — „Altawbah“ (arabcha: التوبة)
  • 2022-yil — „Ma Ahla Lmakan“ (arabcha: ما أحلى المكان)
  • 2022-yil — „Alacheq Alhayem“ (arabcha: العاشق الهايم)
  • 2022-yil — „El Halaʼ“ (arabcha: الحلق)
  • 2023-yil — „Ach Khbarek“ (arabcha: أش خبارك)
  • 2023-yil — „Nour Elsobh“ (arabcha: نور الصبح)

Duetlari

tahrir
  • 2012-yil — „Aziz W Ghali“ (arabcha: عزيز وغالي) (Bachir Abdou bilan)
  • 2012-yil — „Saʼaa Saaida“ (arabcha: ساعة سعيدة) (Sofia Mountassir bilan)
  • 2014-yil — „Wana Maʼak“ (arabcha: وأنا معاك) (Asma Lamnawar bilan)
  • 2014-yil — „Ya Ensan“ (arabcha: يا إنسان) (Salah Alkurdi bilan)
  • 2019-yil — „Ensay“ (arabcha: إنساي) (Mohamed Ramadan bilan)
  • 2020-yil — „Asef Habibi“ (arabcha: آسف حبيبي) (Fnaïre bilan)
  • 2020-yil — „Chidde W Betzul“ (arabcha: شدت وبتزول) (Salah Kurdi bilan))
  • 2020-yil — „Bab Alrajaa“ (arabcha: باب الرجاء) (Mohamed Reda bilan)
  • 2021-yil — „Lewjah Tani“ (arabcha: لوجه التاني) (Zouhair Bahaoui bilan)
  • 2021-yil — „Sahra Sabahi“ (arabcha: السهرة صباحي) (RedOne va Saber Rebaï bilan)
  • 2021-yil — „Enty Hayaty“ (arabcha: انتي حياتي) (Calema bilan)
  • 2022-yil — „Min Awel Dekika“ (arabcha: من أول دقيقة) (Elissa bilan)
  • 2022-yil — „Viva El Rey Habibna“ (arabcha: عاش حبيبنا الملك) (Nicolas Reyes bilan)
  • 2023-yil — „Guli Mata“ (Shreya Ghoshal bilan)
  • 2024-yil — „3Ndi Fikra“ (arabcha: عندي فكرة) (Yosra Mahnouch bilan)

Chartlarga kirgan qoʻshiqlari

tahrir
Qoʻshiq Yil Oʻrin Albom
Manba
[51]
„Min Awel Dekika“
(Elissa bilan)
2022-yil 16 Albomga kiritilmagan
„Ach Khbarek“ 2023-yil 9
„Guli Mata“
(Shreya Ghoshal bilan)
2

Filmografiyasi

tahrir
  • 2012-yil — Ahlam Nassim

Mukofotlari

tahrir
Yil Mukofot Nominatsiya Nominant Natija
2014-yil MTV Europe Music Award Eng yaxshi qoʻshiq ENTY Yutuq
2014-yil Morocco Music Awards Eng yaxshi qoʻshiq ENTY Yutuq
2015-yil Murex d'or Eng yaxshi arabcha qoʻshiq ENTY Yutuq
2015-yil DearGuest Award Eng yaxshi qoʻshiq Lm3allem Yutuq
2016-yil Murex d'or Eng yaxshi erkak xonanda Saad Lamjarred Yutuq
2016-yil Big Apple Music Awards Eng yaxshi erkak xonanda Saad Lamjarred Yutuq
2016-yil MTV Africa Music Awards Tinglovchilar tanlovi Saad Lamjarred Yutuq
2017-yil Anghami 100 million martadan koʻp tinglangan xonanda Saad Lamjarred Yutuq
2017-yil Arab Nation Music Awards Eng yaxshi Marokash qoʻshigʻi Ghaltana Yutuq
2017-yil Arab Nation Music Awards YouTubedagi eng yaxshi videoklip Ana Machi Sahel Yutuq
2017-yil Arab Nation Music Awards Eng yaxshi arabcha qoʻshiq Ghaltana Yutuq
2017-yil Murex d'or Eng yaxshi arabcha qoʻshiq Ghaltana Yutuq
2017-yil Murex d'or Xalq tanlovi Saad Lamjarred Yutuq
2017-yil daf BAMA Music Awards Eng yaxshi qoʻshiq LET GO Yutuq
2017-yil HAPA Music Awards Eng yaxshi Afrikalik qoʻshiqchi Saad Lamjarred Yutuq
2017-yil Morocco Music Awards Eng yaxshi videoklip LET GO Yutuq
2018-yil Africa Music Awards Eng yaxshi Shimoliy Afrikalik qoʻshiqchi Saad Lamjarred Yutuq
2018-yil Arab Nation Music Awards Eng yaxshi Shimoliy Afrikalik qoʻshiqchi LET GO Yutuq

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Saad Lamjarred finds success in simplicity“. The National. Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  2. „The career of Moroccan pop star – Saad Lamjarred“. Al-Arabiya (2014-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  3. „Découvre les gagnants au Méditel Morocco Music Awards #MMMA 2014 avec HIT RADIO“. HIT RADIO. 2015-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  4. „ENTY – Saad Lamjarred | Songs, Reviews, Credits“. AllMusic. Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  5. „#BBCtrending: Why it's tough being a groupie in Kuwait“. BBC News. Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  6. 6,0 6,1 „Mohammed Assaf wins Best Middle East Act at the MTV European Music Awards“. The National (2014-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  7. „Saad Lamjarred New Song Earns Guinness World Record Achievement“. Morocco World News (2015-yil 27-may). Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  8. „Singer who hit it big after fleeing rape charge in US sued by accuser“. New York Post (2016-yil 18-may).
  9. „Saad Lamjarred's parents, fans feature in his new music video!“. Albawaba (2016-yil 13-iyul).
  10. Lake, Alison „Singer Lamjarred Exports Moroccan Dialect to Arab World“. Forbes.
  11. „Moroccan Singer Saad Lamjarred Arrested in Paris for 'Sexual Assault'“. Morocco World News.
  12. „Morrocan star Lamjarred releases new song after serving prison time for rape“. Al-Arabiya (2017-yil 9-avgust).
  13. Lamjarred, Saad „AlArabiya 'Ghazali' report“. Al-Arabiya (2018-yil 10-mart). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  14. Lamjarred, Saad „AlArabiya 'Ghazali' report“. Al-Arabiya (2018-yil 10-mart). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  15. Lamjarred, Saad „MWN 'Ghazali' report“. Morocco World News. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  16. Marie, Mustafa „Ramadan, Lamjarred's 'Ensay' tops YouTube videos“. Egypt Today (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2019-yil 27-sentyabr.
  17. Latrech, Oumaima „Lamjarred's "Lmaallem" Becomes 1st Arab Song to Hit One Billion Views“ (en). Morocco World News. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
  18. „Saad Lamjarred Talks About Divorce“. Arabia Weddings (2012-yil oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  19. Kasraoui, Safaa „Morocco's Saad Lamjarred Announces Marriage with Best Friend Ghita“. Morocco World News (2022-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  20. Rahhou, Jihane „Moroccan Singer Saad Lamjarred's Wedding Photos Go Viral“. Morocco World News (2022-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  21. 21,0 21,1 „Moroccan star Saad Lamjarred facing 'sexual assault' charges in Paris“. Al Arabiya (2016-yil 27-oktyabr).
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 Breeden, Aurelien „Moroccan Pop Star Faces 3rd Rape Charge in France“. The New York Times (2018-yil 29-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-avgust.
  23. 23,0 23,1 Lake, Alison „In the Middle East, It's Cool to 'Sing Moroccan'“. Forbes (2018-yil 5-iyun). Qaraldi: 2018-yil 30-avgust.
  24. „Isabella Lawliet, l'accusatrice de Saâd Lamjarred, sort de son silence…“ (fr). PanoraPost.
  25. „Saad Lamjarred Is 'Letting Go,' His Rape Accusations Not So Much“. Morocco World News.
  26. 26,0 26,1 26,2 26,3 „Saad Lamjarred: Moroccan singer faces third rape charge“. BBC (2018-yil 28-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-avgust.
  27. „Saad Lamjarred: France detains Moroccan star over rape charge“. BBC (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  28. „Court Allegedly Drops First Rape Charges Against Lamjarred“. Morocco World News (2018-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  29. „Moroccan Singer Saad Lamjarred is Out of Jail, Again“. Morocco World News (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  30. „Saad Lamjarred Cleared of Rape Charges in France“. Albawaba (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  31. „Rape-Accused Saad Lamjarred Thanks Fans for Support After Release“. Morocco World News (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  32. 32,0 32,1 Kasraoui, Safaa „Moroccan Singer Saad Lamjarred to Re-appear in Court for Alleged Rape“. Morocco World News (2020-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
  33. Babas, Latifa „Saad Lamjarred to appear in France's court of assizes for the alleged rape of Laura Prioul“. yabiladi.com (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
  34. Hekking, Morgan „Trending on Twitter: 'We do not want Saad Lamjarred in Riyadh'“. Moroccan World News (2019-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  35. Kasraoui, Safaa „French High Court Dismisses Saad Lamjarred Rape Case“. Morocco World News (2020-yil 20-may). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  36. Babas, Latifa „Morocco's Saad Lamjarred has the decision referring his case to the Assize court annulled“. yabiladi.com (2020-yil 20-may). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  37. „Saad Lamjarred: Moroccan star singer convicted of rape in France“. BBC News (2023-yil 25-fevral). Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  38. Kasraoui, Safaa „French Court Sentences Saad Lamjarred to 6 Years in Prison for Rape Charges“. Morocco World News (2023-yil 24-fevral). Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  39. „Lamjarred Appeals 6-Year Prison Sentence in Rape Case“ (2023-yil 28-fevral).
  40. Zouiten, Sara „Saad Lamjarred Leaves Prison on Provisional Release Ahead of Eid Al Fitr“. Morocco World News (2023-yil 20-aprel). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  41. Dahan, Nadine „Moroccans call for radio ban on Saad Lamjarred as he faces third rape allegation“. Middle East Eye (2018-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  42. „Le chanteur Saad Lamjarred, écroué en France, banni des radios marocaines“. Le Figaro (2018-yil 20-sentyabr).
  43. „All you need to know about reasons behind the cancellation of Saad Lamjarred's concert in Egypt“. EgyptToday (2020-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  44. Kasraoui, Safaa „Cairo Show Cancels Saad Lamjarred Concert After Egyptians' Backlash“ (en). Morocco World News. Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  45. „Saad Lamjarred concert in Egypt cancelled after backlash over rape allegations“ (en). Middle East Eye. Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  46. Al-Youm, Al-Masry „Miss Morocco makes offensive comment against Egyptian women over Saad Lamjarred's canceled concert“ (en-US). Egypt Independent (2020-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  47. „هل رضخ برنامج "سهرانين" للضغوط على تويتر وألغى إطلالة سعد المجرد؟“ (ar). CNN Arabic (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  48. ElGendy, Abdelrahman „Women's Rights Groups in Egypt and Lebanon Take Aim at Saad Lamjarred“ (en). New Lines Magazine (2022-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  49. Staff, The New Arab „Campaigns to cancel Saad Lamjarred gigs in Egypt, Lebanon“ (en). The Newarab (2022-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  50. ElGendy, Abdelrahman „Women's Rights Groups in Egypt and Lebanon Take Aim at Saad Lamjarred“ (en). New Lines Magazine (2022-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  51. :

Havolalar

tahrir