Sadriddin Ayniy uy-muzeyi (Samarqand)
Sadriddin Ayniy uy-muzeyi Samarqand shahrida joylashgan. Ushbu uy-muzeyi atoqli oʻzbek va tojik yozuvchisi, tarjimon va adabiyotshunos olim Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan. Bu uyda Ayniy 1917-yildan oʻtgan asrning 50-yillari boshlarigacha yashagan. Uy-muzey hozirgacha faoliyat koʻrsatmoqda. Muzey har kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha ochiq[1].
Sadriddin Ayniyning sobiq uyi eski shahar markazida, Registon koʻchasida, Registon maydoni va ansambli hamda Amir Temur maqbarasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan. Yoʻl yoqasida, uy oldida „Shoirlar xiyoboni“ maydoni va Mirzo Ulugʻbek nomidagi 2-umumtaʼlim maktabi joylashgan. Bu xonadonda Sadriddin Ayniy 1917-yilda Buxoro amiri Said Olimxon taʼqibidan yashirinib yurgan kezlari yashgan. Umuman olganda, Ayniy bu uyda deyarli 35 yil, 50-yillarning boshigacha yashadi. Uy ikki qismga boʻlingan boʻlib, birinchi qismi XVIII asr oxiri – XIX-asr boshlarida, ikkinchi qismi esa 1930-yillarda Ayniyning oʻzi va uning doʻstlari tomonidan qurilgan[2].
1967-yilda O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov tashabbusi bilan Ayniy uy-muzeyi ochildi.
Uy-muzeyda Sadriddin Ayniyning yashash xonalari va ikkita ish xonasi saqlanib qolgan. „Odina“, „Eski maktab“, „Qullar“, „Yatim“, „Mukanna qoʻzgʻoloni“ kabi asarlarini aynan shu xonadonda yozgan va unga tojik va oʻzbek adib va adiblari orasida shuhrat keltirgan[3]. Uy-muzeyda sovet va sovet davridan oldingi buyumlar, mebel va buyumlarni, yozuvchining shaxsiy buyumlarini, stolini koʻrishingiz mumkin. „Naqshinkor“ (naqshli, boʻyalgan) deb ataladigan bir xonaning burchagida u qishda isingan sandal joylashgan. Qoʻshni dam olish xonasida esa Gʻafur Gʻulom, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdullo Gʻani, Mirtemir, Usmon Nosir, Hamid Olimjon kabi mehmonlarni va baʼzan Ayniynikida tunab qolishga keladigan boshqa mashhur shoir va yozuvchilarni qabul qilgan. Uyning hovlisida Ayniyning oʻzi ekkan daraxtlar oʻsib yotibdi, ular orasida: ikkita olma daraxti (yozuvchining sevimli mevasi), shaftoli va uzum bor.
Shuningdek, uyda uning asarlari, yozuvchining koʻplab tillarda nashr etilgan kitoblari, oʻsha davr gazeta va jurnallarida chop etilgan asl qoʻlyozmalari koʻrgazmasi tashkil etilgan. Ekspozitsiyadan oʻzbek tilida 8 jildlik, tojik tilida 15 jildlik, rus tilida 6 jildlik, shuningdek, fors va boshqa tillarda bir necha jildlik kitoblar oʻrin olgan. Uzoq vaqt davomida koʻchada, yaʼni Ayniyning uyi yonida boʻlgan Sadriddin Ayniy byusti uyning hovlisida oʻrnatilgan. Shuningdek, ushbu uy-muzeyda madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazib turiladi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ Дом-музей Садриддина Айни в Самарканде (Узбекистан), поиск и бронирование дешевых отелей в Самарканде, 2018-08-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-31
- ↑ Memorialniy dom-muzey Sadriddina Ayni
- ↑ Dom-muzey Sadriddina Ayni v Samarkande
- ↑ Meropriyatie po sluchayu 136-letiya so dnya rojdeniya Sadriddina Ayni v ego memorialnom dom-muzee v Samarkande
- ↑ 136-letie Sadriddina Ayni otmetili v Samarkande
Havolalar
tahrir- Sadriddin Ayniy uy-muzeyi haqida orexca.com saytida maʼlumot[sayt ishlamaydi]
- Sadriddin Ayniy uy muzeyi bookinguz.com saytida (Wayback Machine saytida 2017-06-25 sanasida arxivlangan)
- Sadriddin Ayniy uy-muzeyi visacomtour.ru saytida (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
- Sadriddin Ayniy uy-muzeyi openarium.ru saytida[sayt ishlamaydi]
- Sadriddin Ayniy uy muzeyi wikimapia.org saytida