Said Muhammadxon madrasasi
Said Muhammadxon madrasasi – Xorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. 1864-yilda qurilgan madrasa. Hozirda Xiva shahridagi Yangi turmush mahalla fuqarolar yigʻiida joylashgan. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida[1].
Said Muhammadxon madrasasi | |
---|---|
Joylashuvi | Xiva, Xorazm viloyati |
Koordinatalar | 41°23′00″N 60°21′33″E / 41.383324493108425°N 60.35907615548808°E |
Turi | madrasa |
Arxitektura uslubi | Xorazm meʼmorchiligi |
Asoschi | Muhammad Rahimxon II |
Asos solinishi | 1894-yil |
Qarovchi | Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi |
Qurilish materiali | pishiq gʻisht |
Tarixi
tahrirSaid Muhammadxon madrasasi Dishan qalʼa yonida joylashgan. Xiva xoni Said Muhammadxon vafotidan soʻng, uning oʻgʻli Said Muhammad Rahimxon II Feruz buyrugʻi bilan otasi xotirasiga 1864-yilda barpo etilgan[1]. Qurilish ishlariga xonlikning qoʻshining bosh qoʻmondoni Matmurod (Muhammad Murod) devonbegi boshchilik qilgan[2]. Madrasa Xorazm meʼmorchiligining anʼanaviy uslubida pishgan gʻishtlardan qurilgan. Xiva xoni Said Muhammadxon 1856—1864-yillarda hukmronlik qilgan boʻlib, qoʻngʻirotlar sulolasidan boʻlgan xonlikning oʻninchi hukmdori. Xiva xonligiga koʻchmanchi qabilalarning hujumi toʻxtatgan hukmdor hisoblanadi[3].
Madrasadagi zanjir shaklida yotqizilgan gʻishtli halqalar arablar istilosidan oldingi Oʻrta Osiyo va Eronda mavjud boʻlgan meʼmorchilik uslubi „Sosoniy marvaridlari“ turkumini eslatadi[2]. Dekorativ dizayndan tashqari, qoplamali gʻishtlar alabaster bilan yuqori darajada yopishtirilgan, 1,8 metr qalinlikdagi devorlar madrasani saqlash vazifasini bajargan. Madrasa ikki hovlidan: ichki va tashqi hovlilardan iborat. Tashqi hovli bir qavatli hujralar bilan oʻrab olingan boʻlib, toʻrtburchaklar shaklga ega boʻlgan[4]. Kirish qismida ikki qavatli fasad mavjud boʻlib, oq va koʻk rangli plitkalar bilan qoplangan, yon tomonlarida gʻayrioddiy koʻrinishdagi yashil minoralar qad koʻtargan[3]. Madrasa tarkibida qishki va yozgi masjid, kutubxona va darsxona, turli xonalar ham mavjud boʻlgan[4].
Said Muhammadxon madrasasi Xiva shahridagi yirik madrasalardan biri hisoblanadi[4].