Tursunoy Saidazimova

birinchi oʻzbek aktrisasi
(Saidazimova Tursunoydan yoʻnaltirildi)

Tursunoy Saidazimova (1911, Toshkent – 1928.10.5, Buxoro) – birinchi oʻzbek aktrisasi. Moskva oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1924—27); 1927-yildan Oʻzbek drama truppasida aktrisa. Qisqa umri davomida oʻzbek va chet el dramaturgiyasidan yorqin obrazlar yaratdi: Mariya Antonovna („Revizor“), Turandot („Malikai Turandot“, 1927), Klariche („Ikki boyga bir malay“) va boshqalar, F.Zafariyning „Halima“ musiqali dramasida Halima obrazini yaratish bilan oʻzbek musiqali sahna ijrochiligida yangi sahifa ochdi. Saidazimova bu spektaklda musiqali drama janrida ilk bor dramatik va vokal komponentlarni bir-biri bilan uygʻunlashtirgan holda obraz psixologiyasini, uning ichki dunyosini chuqur ochishga erishdi. 17 yoshida vahshiyona oʻldirilgan. Hamza Niyoziy unga atab „Tursunoy marsiyasi“ni yaratgan[1].

Tursunoy Saidazimova
Tugʻilgan sanasi tax. 1911
Tugʻilgan joyi Toshkent, Rossiya Turkistoni, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 10-may 1928-yil
Vafot joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi aktrisa, xonanda

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir