Zarifa Saidnosirova

Oʻzbekistonlik kimyogar olima
(Saidnosirova Zarifadan yoʻnaltirildi)

Zarifa Saidnosirova (1908-yil,31-sentyabr, Turkiston shahri, Qozogʻiston — 1986-yil 16-avgust, Toshkent) — kimyogar olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1970). Kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi oʻzbek ayol rassomi. Taniqli maʼrifatparvar Saidnosir Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi.

Zarifa Saidnosirova
Tavalludi 1908-yil 31-sentyabr
Turkiston shahri
Vafoti 16-avgust 1986-yil(1986-08-16)
(77 yoshda)
Toshkent shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Kimyo
Mukofotlari Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati

Taʼlimi

tahrir

Toshkentda „Pestolotssi“ maktabi (1922—1926), Navoiy nomidagi taʼlim-tarbiya texnikumi (1924—1936) va soʻngra Rozanov tasviriy sanʼat studiyasida (1924—1926) oʻqigan. Soʻng Oʻrta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining kimyo boʻlimini tugatib (1926—1930), oʻrta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan.

Faoliyati

tahrir

Qishloq xoʻjalik institutida oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930—1986), Toshkent tibbiyot institutida oʻqituvchi (1932—1937), Oʻquv pedagogika nashriyotida muharrir (1934—1935) boʻlib ishlagan. Oʻrta maktablar va texnikumlar uchun „Kimyo“ darsligi (1933) muallifi. Zarifa Saidnosirova pedagogik faoliyatidan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha-oʻzbekcha lugʻati ustida ilmiy ish olib borgan.

Zarifa Saidnosirova Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qoʻshgan. U adibning oʻzbek tilidagi 2 jildlik „Mukammal asarlar toʻplami“ (1975—1985)ni, rus tilidagi 5 jildlik „Asarlar“i (1985—1987)ni nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy sanʼatga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi.

Manbalar

tahrir
  • Kimyodan ruscha-oʻzbekcha qisqacha izohli lugʻat (hamkorlikda) T., 1975; Oybegim mening (xotiralar), T., 1994.