Salme Kann
Salme Kann (1881-yil 31-yanvar, Kanepi, Rossiya imperiyasi – 1957-yil 26-oktyabr, Tartu, Estoniya) – estoniyalik vokal va xor oʻqituvchisi[1][2][3]. Maʼlum bir muddat hamshiralik bilan ham shugʻullangan.
Salme Kann | |
---|---|
Tavalludi |
31-yanvar 1881-yil |
Vafoti |
26-oktyabr 1957-yil (76 yoshda) Tartu, Estoniya |
Fuqaroligi | Estoniya |
Kasbi | Oʻqituvchi |
Otasi | Hans Kann |
Hayoti va taʼlimi
tahrirSalme Kann Rossiya imperiyasining Livoniya gubernatorligiga qarashli Kanepi shahrida oddiy maktab oʻqituvchisi Hans Kann (1849—1932) va Liisa Kannlarning (1856—1936) oilasida tugʻilgan. Uning opasi Kallista Kann katta tilshunos olim boʻlgan. Salme Kann Sankt-Peterburg konservatoriyasida qoʻshiqchilik boʻyicha tahsil olgan. Unga konservatoriyada 1902-yildan 1904-yilgacha Elizaveta Fyodorovna Zwanziger, 1904-yildan 1906-yilgacha boʻlgan davrda Carolina Ferni, 1906—1907-yillar mobaynida esa Theodor Leschetizky ustozlik qilgan. U konservatoriyani 1908-yilda muvaffaqqiyatli tamomlagan[4][5]. Keyinchalik esa 1908-yilda Milan, 1909-yildan 1910-yilgacha Florensiya shaharlarida ham taʼlim olgan[1].
Faoliyati
tahrirSalme Kann 1911-yilda yana Estoniyaga qaytib kelgan. Birinchi jahon urushi paytida u Moskva, Voronej va Penza kabi shaharlarda hamshira boʻlib ishlagan. 1920-yildan boshlab esa Tartu shahrida yashay boshlagan. 1920—1930-yillarda Tartuda qoʻshiqchilik boʻyicha shaxsiy oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[3]. 1926-yilda u Tartu ayollar uyushmasida Valgelindi ayollar xoriga asos solgan va uning rahbari boʻlib ishlay boshlagan. 1928-yilda esa Salme Kann boshchiligida Tartu ayol qoʻshiqchilari jamiyati tashkil etilgan[1].
Salme Kann 1940-yildan 1957-yilgacha Tartu shahridagi musiqa maktabida mumtoz musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[1][5][6]. 1944-yil 25-avgustdan 8-oktyabrgacha esa vaqtinchalik maktab direktori vazifasini bajarib turgan[7]. Salme Kann oʻz faoliyati davomida Margarita Miglau, Kalmer Tennosaar va Hele Rahn kabi mashhur shogirdlar chiqargan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Ainsoo, Lembit; Ainsoo, Uno. 1000 tartlast läbi aegade. Tartu: MTÜ Liivimaa Mälu, 2003 — 148-bet.
- ↑ „Tähtpäevi jaanuaris 4.“. Koit (2011-yil 22-yanvar), s. 16. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Eelhein, Ela. Eesti muusika biograafiline leksikon. Tallinn: Valgus, 1990 — 71-bet.
- ↑ Tamul, Sirje. Vita academica, vita feminea: artiklite kogumik. Tartu: Tartu Ülikooli Kirjastus, 1999 — 190-bet.
- ↑ 5,0 5,1 Ида, Оскар. Эстонские были. Narva: Sata, 2007 — 207-bet.
- ↑ „Erna Saare mälestusi“. Heino Elleri Muusikakool. Tartu: Heino Elleri Muusikakool. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ „Ajalugo: Direktorid“. Heino Elleri Muusikakool. Tartu: Heino Elleri Muusikakool. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ Kutsch, Karl-Josef; Riemens, Leo. Großes Sängerlexikon, vol. 4. Munich: K. G. Saur, 2003 — 3119-bet.