Salor (shaharcha)
Salor — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1978-yildan). Tumanning shim.gʻarbida joylashgan. Maydoni 1600 ga. Aholisi 26 ming kishidan ziyod (2004). Salorda 18 sanoat korxonasi bor, shuningdek, turli mahsulot beruvchi 151 kichik va oʻrta korxonalar ham mavjud. Bulardan: "Oʻzenergiyataʼminot", "Oʻzenergiyataʼmir", avtotransport birlashmasi, Sharqiy issiqlik izolyasiyasi, Toshkent issiklik elektrostansiyasi, "Rohat" aksiyadorlik jamiyati, Toshkent konserva kombinati, Limonchilik shirkati, Seleksiya tajriba xoʻjaliklari, "Buyuk Turon" xususiy korxonasi, Yalangʻoch gʻisht zavodi, yengil, qurilish sanoati korxonalari ishlab turibdi. "SeroKO" Oʻzbekiston— Koreya, "SMAK" Oʻzbekiston—Rossiya va "Imkon plyus" Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 45 savdo, 40 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 akademik litsey, Toshkent agrar universiteti, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchilik, Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutlari, 3 kutubxona, 3 stadion, 1 tennis korti bor. Respublika bolalar ortopediya, poliyemiyelit, Toshkent pediatriya instituti klinik kasalxonalari, viloyat narkologiya markazi, sil kasalliklari kasalxonasi: 2 hududiy poliklinika, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi bor.
Salor | |
---|---|
shaharcha | |
41°22′41″N 69°21′57″E / 41.37806°N 69.36583°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Qibray tumani |
Aholisi | 26 ming kishi(2 004) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
|
Salor hududidan Toshkent—May qishlogʻi, Toshkent—Chirchiq avtomagistralari, Xoʻjakent temir yoʻl oʻtadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |