Samad Gʻani (tojikcha: Самад Ғанӣ) – sovet va tojik yozuvchisi, dramaturg, jurnalist, tarjimon, muharrir. Tojikiston SSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Samad G‘ani
Tavalludi 2-noyabr 1908-yil
Samarqand, Turkiston general-gubernatorligi
Vafoti 7-aprel 1974-yil(1974-04-07)
(65 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Yozuvchi, jurnalist
Ish joylari Tojikiston SSR Yozuvchilar uyushmasi
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Samad Gʻani 1908-yil 2-noyabrda Samarqand shahrida tojik oilasida tugʻilgan. 1942-yildan Sovet Ittifoqi KPSS aʼzosi. Samarqand bolalar bogʻchasida, Dorulmuallimin Samarqandda (1924—1926), Toshkentdagi moliya xodimlari kursida (1926—1927), Samarqand partiya maktabida (1927—1929) va Sovet Ittifoqi Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi qoshidagi jurnalistlar kursida oʻqigan[1]. Oʻqishni tugatgach, Samarqand va Toshkentdagi tuli gazetalarda ishladi. „Qizil Tojikiston“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. Marksizm-leninizm instituti xodimi, „Xorpustak“ satirik oylik gazetasi muharriri boʻlgan. Uning ijodi 30-yillarda boshlangan. 1960-yilda Tojikiston SSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻldi.

Ijodi tahrir

„Gʻalaba“ (A.Ismoilov bilan, 1935), „Vatanduston“ (F.Niyoziy bilan, 1937), „Tuy“, „Vijdon“ (S. M. Mitelman bilan, 1958) kabi drama janrida qator asarlar yozgan. U rus yozuvchilarining asarlarini tojik tiliga, asosan, drama janrida tarjima qilgan (A.Chexov, M.Ibrohimov, V.Pistolenko, N.Virta va boshqalar). Samad Gʻanining baʼzi hajviy hikoya va felyetonlari rus tiliga tarjima qilingan va „Ulybka“ (1960), „Smeh ne grex“ (1964) kitoblari nashr etilgan. Samad Gʻanining bir qancha mashhur hajviy kitoblar yozgan. Jumladan, „Tabassum“ (1989), „Guli xandon“ (1963), „Hazillar toʻlqini“ (1966), „Arvoh“ (1969) hajviy kitoblari muallifi hisoblanadi. Samad Gʻani 1974-yil 7-aprelda 65 yoshida Dushanbe shahrida vafot etdi[2][3].

Tojikiston SSR Oliy Kengashi 3—5-chaqiriqlar deputati.

Adabiyotlar tahrir

  • Nekrolog
  • Adiboni Toҷikiston (maʼlumotnomai muxtasari sharhiholӣ) / Tahiya va tanzimi Asrori Somonӣ va Maҷid Salim. – Dushanbe: Adib, 2014. ISBN 978-99947-2-379-9

Manbalar tahrir

  1. „САМАД ҒAHӢ“. www.kitobam.com. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  2. „Самад Ғанӣ“ (tg). navisandagan.tj. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
  3. Adiboni Toҷikiston (maʼlumotnomai muxtasari sharhiholӣ)./Tahiya va tanzimi Asrori Somonӣ va Maҷid Salim. – Dushanbe, „Adib“, 2014, – s. 74 ISBN 978-99947-2-379-9