Samarqand bekligi – Buxoro amirligining sharqiy qismida joylashgan. Amirlikning asosiy bekliklaridan biri boʻlgan. Buxoro xonligi, soʻngra Buxoro amirligi tarkibidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi Samarqand boʻlgan.

Samarqand bekligi

XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari
XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari

Mamlakat Buxoro amirligi
Maʼmuriy markazi Samarqand
Xaritada

Tarixi

tahrir

Ashtarxoniy Imomqulixon (1611—1642) davrida Samarqandda bir qancha mashhur meʼmorchilik durdonalari qurilgan.

16121656-yillarda Samarqand hokimi boʻlgan Yalangtoʻsh Bahodir va Nodir Muhammad Devonbegi davrida bir qator binolar qurilgan. Jumladan, sobor masjidi va Tillakori madrasasi, Sherdor madrasasi. Ushbu qurilishlardan soʻng Registon ansambli vujudga kelgan. Eron hukmdori Nodirshoh istilosidan keyin Samarqand shahri aholisi kamayib, shahar binolari yomon ahvolga kelib qolgan. Bu haqida Muhammad Kozim „Nodirnoma“ asarida quyidagilarni keltirib oʻtgan: „1740-yil Eron shohi Buxoro bilan harbiy harakatlar olib borayotgan bir paytda Samarqand shahrining istilosi uchun Lutf Alixon boshchiligida 20 ming kishilik qoʻshin joʻnatdi. Lutf Alixon Samarqanddek nomi doston boʻlgan shaharni zabt etish ishtiyoqida shaharga kelganda uning oʻrnida faqat vayronalarni kurdi“[1].

Samarqandning qayta tiklanishi oʻzbeklarning mangʻitlar sulolasi yetakchisi Muhammad Rahimbiy (1756—1758) davrida boshlangan. Muhammad Rahimbiy Samarqandni iqtisodiy jonlantirishga oid bir qancha islohotlar qildi[2]. Amir Shohmurod (1785—1800) shaharni tiklash boʻyicha yangiliklar amalga oshirgan. 1784—1785-yillarda Samarqandda amir Shohmurod tomonidan Chorsu savdo gumbazi qurilgan. 1780-yillarda ipak toʻqishni qayta tiklash uchun Marvlik shia eronliklari shaharga koʻchirilgan. Shuningdek, amirlik davrida Hirotdan 150 nafar tikuvchilik va toʻquvchilik bilan shugʻullanuvchi oilalar Samarqandga koʻchirilgan.

Samarqand bekligining soʻnggi beki Sherali inoq boʻlib, u 1868-yilda K.Kaufman qoʻshinlaridan qochib Buxoroga kelgan. 1868-yilda K.Kaufman va Buxoro elchisi Musabek tomonidan imzolangan tinchlik shartnomasiga koʻra Samarqand bekligi Kattaqoʻrgʻongacha boʻlgan hududi Rossiya imperiyasiga vaqtinchalikka berildi[3].

Adabiyotlar

tahrir
  • Тревер К. В. История народов Узбекистана. От образования государства Шейбанидов до Октябрьской Революции. : в 2 т. / Якубовский А. Ю., Воронец М.Э. — Ташкент : АН УзССР, 1947. — Т. 2. — 514 с.
  • История Самарканда : в 2 т. / Муминов И. М.. — Ташкент : "Фан" УзССР, 1969. — Т. 1. — 494 с.

Manbalar

tahrir
  1. Gadayev Omon Olimjonovich „XVIII asr - XX asr boshlarida Samarqand shahar“. www.sciencebox.uz. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
  2. Materiali po istorii Sredney i Tsentralnoy Azii X—XIX vv. Tashkent: Fan, 1988,s.270-271
  3. „Mudhish yubiley. 152 yil oldin Rossiya imperiyasi Samarqandni qo‘shib olgan edi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.