Sarapayon – Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanida joylashgan qishloq. Maydoni 4,2 kavadrat kilometr. Aholisi 21 070 kishi (2012). Qishoqdan Urganch-Buxoro-Toshkent avtomagistrali oʻtgan.

Sarapayon
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Xonqa tumani
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 220803[1]
Avtomobil kodi 90

Etimologiyasi

tahrir

Sarapayon soʻzi ikki til yaʼni forsiy va turkiy atamalarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Bir qator olimlar bu soʻzni „sar“, „ob“ va „yon“ soz’laridan yaʼni sar – bosh, ob – suv va yon – makon kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Yana bir qator olimlar esa soʻzning oʻzagida ikkita soʻz mavjud yaʼni „sara“ va „poyon“ degan qarashga ega. Bunda sara – yaxshi va poyon – chegara maʼnosini anglatadi. Ushbu soʻzlarning tub maʼnosida qishloq hududi yerlari unumdorligi nazarda tutilgan. Chunki qishloqqa yaqin va tutash hududlrdan Shovot, Qulobod, Xonqaarna kabi yirik kanallar oqib oʻtgan[2].

Aholisi

tahrir

2012-yil maʼlumotlariga koʻra qishloqda 21 070 kishi istiqomat qilgan. Shundan 21 018 kishi oʻzbek, 13 kishi qoraqalpoqlar boʻlib, yana tatar, ukrain va belarus millatiga mansub aholi ham yashab kelmoqda[2].

Maʼmuriy tuzilishi

tahrir

Sarapayon 4 ta mahalladan tashkil topgan. Ular Istiqlol, Paxtagul, Qoramozi va Guliston mahallari. Oʻz navbatida ushbu mahallalar ham bir qator elatlarga boʻlingan[3].

Xoʻjaligi

tahrir

Qishloq hududi yerlarining katta qismi sugʻoriladigan yerlarda iborat. Bu yerda bogʻdorchilik, dehqonchilik, poliz ekinlari yetishtirish asosiy sohalardir[4]. Sarapayondan yirik avtomagistral oʻtganligi sababli savdo sohasi ham yaxshi rivojlangan.

Injtimoi soha obyektlari

tahrir

Qishloqda 2 ta kollej, 5 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 7 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 3 ta qishloq vrachlik punkti va koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud.

Manbalar

tahrir
  1. „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 Хонқа тарихи, s. 20.
  3. Хонқа тарихи, ss. 20–21.
  4. Хонқа тарихи, s. 21.

Adabiyotlar

tahrir
  • Нуржонов; Жуманиёзова, Мамлакат. Хонқа тарихи. “Хоразм” нашриёти. ISBN 978-9943-4488-1-0.