Bosh menuni ochish

Sariq — Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi shaharcha (1992 yildan), tuman markazi. Yakin t.i. stansiyasi — Surxon (32 km). Viloyat markazi (Termiz sh.)dan 70 km, Katta Oʻzbekiston traktidan 20 km. Angor — Sarik, avtomobil yoʻli shaharchani kesib oʻtgan. Aholisi 13,7 ming kishidan ziyod (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Surxondaryodan suv oladi.

Shahar
Sariq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Surxondaryo viloyati
Tuman Qiziriq tumani
Koordinatalari 37°40′20″N 67°14′15″E / 37.67222°N 67.23750°E / 37.67222; 67.23750Koordinatalari: 37°40′20″N 67°14′15″E / 37.67222°N 67.23750°E / 37.67222; 67.23750
Aholisi 13 700 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Sariq (shaharcha) (Oʻzbekiston)
Sariq

"Sariq" nomi ushbu yerda oʻzbeklarning qoʻngʻirotqoʻshtamgʻali urugʻining "sariq" shoxobchasi vakillari yashagani bilan bogʻliq. S.da davlat va maʼmuriy tashkilotlar, paxta tozalash zavodi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 6 umumiy taʼlim maktabi, internatmaktabi, kasb-hunar kolleji, 10 kutubxona, 2 klub mavjud. Markaziy tuman kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi, kattalar poliklinikasi, sogʻlomlashtirish markazi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi va 9 ta dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil