Sayfuddin Hodiyev (1950.4.8, Kitob tumani) — sportchi, sambo boʻyicha 2 karra Jahon chempioni (1974, Ulan-Bator; 1975, Minsk), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1983), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (1992).

Hodiyev samboning 48 va 52 kg vazn toifalarida bir necha marta Oʻzbekiston chempioni (1968 — 72), shuningdek, erkin kurash boʻyicha sport ustasi (1968), Oʻzbekiston chempioni (1968—72), dzudo boʻyicha sport ustasi (1973), xalqaro musobaqa gʻolibi (1983, Olmaliq).

Hodiyev Oʻzbekiston jismoniy tarbiya instituti (1972), Toshkent universitetining yuridik fakultetini (1983) tugatgan. Sayfuddin Hodiyev Kitob tumanida sport murabbiysi (1972—73), harbiy xizmatchi (1973—80), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasida bosh murabbiy (1980—89), Toshkent shahar advokaturasida advokat (1994-yildan).

Manbalar

tahrir