Sayram
Sayram qishlogʻi — Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri hisoblanadi. Aholi soni 40 mingdan ortiq. Qishloqda 7 ta maktab, 1 gimnaziya, 1 internat bor. Aholisining 95 % dan ortigʻi oʻzbeklar.
Sayram | |
---|---|
qishloq | |
42°18′7″N 69°46′13″E / 42.30194°N 69.77028°E | |
Mamlakat | Qozog'iston |
viloyat | Janubiy Qozog'iston viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Sayram tumani |
Hukumat | |
• Akim | Xusanxon Axmadxonov |
Aholisi (2006) |
40 000 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar - 95% |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +772531 |
Pochta indeks(lar)i | 160812 |
Avtomobil kodi | X, 13 |
|
Tarixi
tahrirSayram — tarixda Isfijob, Oʻrungkent, Yettikent, Madinat ulbayzo, Saryom nomlari bilan qayd etiladi. Sayram qalʼasining qad. oʻrni 28 ga dan koʻproq joyni egallagan. Qalʼa birinchi marta 840-yilda somoniylar amiri Nuh ibn Asad tomonidan bunyod etilgan. Koʻchmanchilardan saqlanish uchun devor juda qalin qilib qurilgan. Shaharning barpo etilgani yaqin paytlargacha 1,5 ming yildan koʻproq vaqt oʻtgan deb yuritilardi.
1988-yilgi arxeologik qazishmalar shaharning ancha ilgari bunyod qilinganligini isbotladi. Qadimgi ajdodlar yashagan manzilgohdan Ia.ga oid buyumlar topildi. 6 — 19-asr davomida Sayram 13 marta bosqinchilar hujumining guvohi boʻlgan. Manbalarda Sayram nomi birinchi marta Xitoy sayyohi Syuan Szan (7-asr) tomonidan tilga olinadi. Arablar bosib olguniga qadar, Sayram xalqi buddizm, zardushtiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qilgan. Mas, uning koʻhna darvozalaridan birining nomini budda ibodatxonasi sifatida tarjima qilish mumkin. Muhammad Shayboniy 15-asr oxirida Oʻtror, Yassi va Sayram shaharlarini oʻz qoʻliga oladi. Bu davrdagi tarixiy yodgorliklardan Abdul Aziz bobo va Qorasoch maqbarasi diqqatga sazovordir.
1510-yil qozoq xoni Qosimxon shayboniylar qoʻshinini tormor qilib, Sayramni Toshkentga boradigan muhim tayanch manziliga aylantirdi. Bu va undan keyingi sulton Abulxayr davrlarida Sayramdan 3 km uzoqlikda joylashgan Mortepada qozoqlar davlatining Kichik juz, Oʻrta juz va Katta juz vakillari har yili may oyida toʻplanishib, qarorlar qabul qilishgan, keyin uni Turkistonda tasdiqlashgan. Ular eʼzoz bilan Sayramni ona shahar, Turkistonni ota shahar deb bilishgan.
1683-yil Sayram Abulxayr ixtiyorida boʻlgan bir paytda jungʻorlar (qalmoqlar) hujumi boshlanadi. Qalmoq xoni Xuntayji Sayramni talagan. 40 ming asir haydab ketilgan. Asirlar bir yil mobaynida Ili daryosi boʻyida ushlab turilgan, soʻnfa qadimgi Turfangʻa haydab ketilgan. Keyinchalik asirlar Qashqarda oʻzlarining boy Sayram shaharini barpo etishgan. 1758-yil Sayram Qoʻqon xonligi hududiga qoʻshib olindi. 1864-yil Rossiya bosib olgan. 1917-yilga qadar Sayramda 35 ta masjid boʻlgan. Hozirgi kunga kelib saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklar: Qozi Bayzovo maqbarasi, jome masjidi qoldiqlari, Xizr masjid yonidagi mezana, Mirali bobo maqbarasi, shuningdek, shahar markazidagi yer osti yoʻli (uzunligi 3 km dan ortiq). Dushman hujum qilgan paytda aholi ushbu yer osti yoʻlidan foydalangan. Shahar eski qalʼasini buzish paytida 13-asrga oid tanga pullar, birbiriga ixcham kiydirilgan sopol quvurlar, sopol buyumlar, eski oʻchoq oʻrni va boshqalar topilgan.[1]