Sayyohlar daraxti
Sayyohlar daraxti (Ravenala madagascariensis) — strelitziyadoshlar oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 10 m gacha, barglari yirik, oʻrta tomirlarigacha boʻlaklarga boʻlingan, tovusning yoyilib turgan patlarini eslatadi. Guli boshoqsimon toʻpgulda oʻrnashgan, qushlar vositasida changlanadi. Mevasi rezavor, bodringga oʻxshaydi. Madagaskar va Reyunon orollarida oʻsadi. Choʻl va saxrolarda sayyoxlar uning soyasida oftobdan saqlanishadi; barg qoʻltigʻida shudring va yomgʻir tomchilaridan hosil boʻladigan suvdan ichib, chanqoklarini qondirishadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |