Sebastian Polter (1991-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing „Schalke 04“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Sebastian Polter
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1-aprel 1991-yil (1991-04-01) (33 yosh)
Tavallud joyi Wilhelmshaven, Germaniya
Boʻyi 1.92 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Schalke 04
Raqami 40
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—2003 Heidmühler FC
2003—2004 SV Wilhelmshaven
2004—2005 Werder Bremen
2005—2006 SV Wilhelmshaven
2006—2007 Eintracht Braunschweig
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2012 VfL Wolfsburg II 68 (19)
2011—2013 VfL Wolfsburg 12 (2)
2012—20131. FC Nürnberg (ijara) 26 (5)
2012—20131. FC Nürnberg II (ijara) 2 (1)
2013—2015 Mainz 05 13 (0)
2013—2014 Mainz 05 II 7 (3)
2014—2015Union Berlin (ijara) 29 (14)
2015—2017 Queens Park Rangers 51 (10)
2017—2020 Union Berlin 72 (30)
2020—2021 Fortuna Sittard 32 (9)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Germaniya U18 6 (3)
2012 Germaniya U20 1 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-avgust 2022-yil uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Erta faoliyati tahrir

Polter 2008-yil iyulidan 2012-yil iyunigacha VfL Volfsburg II tarkibida oʻynagan[1]. 2008-09-yilgi mavsumda Polter 10 ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol ura olmadi[2]. 2009-10-yilgi mavsumda Polter 15 oʻyinda maydonga tushib, uchta gol uradi[3]. 2010-11-yilgi mavsumda esa 25 oʻyinda 11 ta gol uradi[4]. U 2011-12 yilgi mavsumda ham asosiy tarkibda, ham zaxiradan maydonga tushgan[5]. U asosiy tarkibda 12 oʻyinda 2 ta, zaxiradan maydonga tushib 18 ta oʻyinda 5 ta gol urgan.

2012-yil iyulidan 2013-yilning iyuniga qadar „Nurnberg“ klubida oʻynaydi[6]. U asosiy tarkibda 27 oʻyinda 5 ta, zaxiradan maydonga tushirilgan 2 ta oʻyinda esa 1ta gol urgan[7].

Polter 2013-yil sentabridan 2014-yil iyuniga qadar FSV Mainz 05 II jamoasida tarkibida oʻynagan[8]. U asosiy tarkibda 15ta oʻyinda gol ura olmagan, zaxiradan maydonga tushirilgan 7ta oʻyinida esa 3 ta gol urgan[9].

Polter 2014-yil avgust oyi oxirida Bundesliga klubi Union Berlinga ushbu mavsum uchun ijaraga berildi[10] va 29 uchrashuvda 14 ta gol urdi[11].

Queens Park Rangers tahrir

2015-yil iyul oyida Queens Park Rangers FSV Mainz 05 dan Polterni nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qiladi va futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Polter birinchi mavsumoldi uchrashuvida Italiyaning „Verona Stars“ jamoasi ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozongan „QPR“ning uchinchi golini kiritib, debyut oʻyining oʻzida gol uradi. Polter ligadagi debyutini Charlton Atletikga qarshi kechgan oʻyinda 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushib oʻtkazadi[12]. Uning asosiy tarkibdagi debyuti Liga kubogi doirasida „Yovil Taun“ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi[13]. U 2015-16-yilgi mavsumni 33 ta oʻyinda 7 ta gol urish bilan yakunlagan[14]. 2016-17-yilgi mavsumda Queens Park Rangers safida 23 oʻyinda 12 ta gol uradi[15].

Union Berlin tahrir

U 2017-yil 10-yanvarda Union Berlinga qaytadi[16]. 2016-17-yilgi mavsumda "Union Berlin " safida u 15 oʻyinda 7 ta gol uradi[15]. U 2017-18-yilgi mavsumni 26 oʻyinda 12 ta gol bilan yakunlaydi[17].

2020-yil 28-may kuni Union Berlin prezidenti Dirk Zingler oʻz bayonotida Polter iyun oyidan shartnomasi tugaguniga qadar klubda oʻynamasligini eʼlon qildi va COVID-19 pandemiyasi davrida Polter klubning „bir-birini qoʻllab-quvvatlamagan“ yagona aʼzosi ekanligini taʼkidladi[18]. Asosiy jamoa aʼzolaridan faqatgina u pandemiya taʼsirida jamoasi moliyaviy jihatdan qiynalayotgani uchun maoshini kamaytirishdan bosh tortdi[19].

Fortuna Sittard tahrir

Polter 2020-yil 17-avgustda Gollandiyaning Eredivizion klubi Fortuna Sittard bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[20][21].

VfL Bochum tahrir

2021-yil 13-avgustda VfL Bochum Polterni tekin transfer evaziga jamoaga qoʻshib oldi. Uning shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar tuziladi[22].

Schalke 04 tahrir

2022-yil 20-iyunda Polter Bundesligaga chiqqan "Schalke 04" bilan uch yillik shartnoma imzoladi[23].

Xalqaro faoliyati tahrir

Polter Germaniyaning bir nechta yoshlar terma jamoalari aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, 2013-yilda Isroilda boʻlib oʻtadigan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida asosiy tarkibida boʻlgan.

Faoliyatining statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
VfL Wolfsburg II 2008-09 Regionalliga Nord 10 0 10 0
2009-10 Regionalliga Nord 15 3 15 3
2010-11 Regionalliga Nord 25 11 25 11
2011-12 Regionalliga Nord 18 5 18 5
Jami 68 19 68 19
VfL Wolfsburg 2011-12 Bundesliga 12 2 0 0 12 2
1. FC Nürnberg (ijara) 2012-13 Bundesliga 26 5 1 0 27 5
1. FC Nürnberg II (ijara) 2012-13 Regionalliga Bayern 2 1 2 1
Mainz 05 2013-14 Bundesliga 13 0 2 0 15 0
Mainz 05 II 2013-14 Regionalliga Südwest 7 3 7 3
Union Berlin (ijara) 2014-15 2. Bundesliga 29 14 0 0 29 14
Queens Park Rangers 2015-16 Championship 31 6 0 0 2 1 33 7
2016-17 Championship 20 4 0 0 3 0 23 4
Jami 51 10 0 0 5 1 56 11
Union Berlin 2016-17 2. Bundesliga 15 7 0 0 15 7
2017-18 2. Bundesliga 24 12 2 0 26 12
2018-19 2. Bundesliga 20 9 1 2 21 11
2019-20 Bundesliga 13 2 0 0 13 2
Jami 72 30 3 2 75 32
Fortuna Sittard 2020-21 Eredivisie 32 9 2 1 34 10
VfL Bochum 2021-22 Bundesliga 33 10 3 1 36 11
Schalke 04 2022-23 Bundesliga 2 0 1 0 3 0
Faoliyatidagi jami 347 103 12 4 5 1 364 108

Manbalar tahrir

  1. „Sebastian Polter“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  2. „Sebastian Polter“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  3. „Sebastian Polter“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  4. „Sebastian Polter“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  5. „Sebastian Polter » Club matches“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  6. „Sebastian Polter“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  7. „Sebastian Polter » Club matches“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  8. „Sebastian Polter“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  9. „Sebastian Polter » Club matches“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  10. „Sebastian Polter“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  11. „Sebastian Polter“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  12. „Charlton 2–0 QPR“. BBC Sport (8-avgust 2015-yil). Qaraldi: 12-avgust 2015-yil.
  13. „Yeovil 0–3 QPR“. BBC Sport (12-avgust 2015-yil). Qaraldi: 12-avgust 2015-yil.
  14. „Sebastian Polter » Club matches“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  15. 15,0 15,1 „Sebastian Polter » Club matches“. World Football. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  16. „"Wie eine Heimkehr": Polter zurück bei Union Berlin“ (olmoncha). kicker.de. kicker (10-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  17. „Sebastian Polter“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  18. „Polter won't play for Union in the Bundesliga“. Union Berlin (28-may 2020-yil). Qaraldi: 28-may 2020-yil.
  19. France, Sam. „Polter exiled from Union Berlin squad for failing to uphold 'fundamental community values' of Bundesliga club | Goal.com“ (inglizcha). GOAL (28-may 2020-yil).
  20. „Fortuna Sittard en Sebastian Polter vinden elkaar in tweejarig contract“ (nl-NL). Fortuna Sittard (17-avgust 2020-yil). 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  21. „Fortuna neemt in opspraak geraakte spits Polter over van Union Berlin“ (niderlandcha). NU (17-avgust 2020-yil).
  22. „Sebastian Polter joins VfL“. VfL Bochum (13-avgust 2021-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  23. „FC Schalke 04 sign Sebastian Polter“. Schalke 04 (20-iyun 2022-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.