Selsiy shkalasi (belgi: °C yoki Unicode belgisi U+2103 ℃) kelvin bilan birga[1] Xalqaro birliklar tizimida (SI) keng qoʻllanadigan harorat birligidir. AQSh[2], Bagama orollari, Beliz, Kayman orollari va Liberiyadan tashqari barcha mamlakatlar tomonidan qoʻllanadi.

Selsiy tomonidan chizilgan termometrning tasviri, 1742-yil

Selsiy shkalasi 1742-yilda haroratni oʻlchash uchun yangi shkalani taklif qilgan shved olimi Selsiy Anders sharafiga shunday nomlangan.

Selsiy boʻyicha dastlabki taʼrif standart atmosfera bosimining taʼrifiga bogʻliq edi, chunki suvning qaynash nuqtasi ham, muzning erish harorati ham ushbu parametrga bogʻliq. Bu birlikni standartlashtirish uchun juda qulay boʻlmagan. Shuning uchun, kelvin (K) haroratni ifodalashning asosiy birligi sifatida qabul qilingandan soʻng, Selsiy shkalasining taʼrifi qayta koʻrib chiqildi.

Zamonaviy taʼrifga koʻra, bir daraja Selsiy bir kelvin (K) ga teng va Selsiy shkalasining noli suvning uch nuqtasi harorati 0,01°C boʻlishi uchun oʻrnatiladi. Natijada, Selsiy va Kelvin shkalasi 273,15 birlikka qadar siljiydi:

Manbalar

tahrir