Serenay Sarıkaya
Serenay Sarıkaya 1992-yil 1-iyulda tug'ilgan. Turk aktrisasi va modeli. "Lale Devri", "Medcezir" ( The O.C filmining turkcha remeyki), Fi va " Shahmaran" fantastik seriallaridagi rollari orqali xalqaro e'tiborga tushgan.
Serenay Sarıkaya | |
---|---|
Tavalludi |
1-iyul 1992-yil Anqara, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | aktrisa Model |
Faoliyat yillari | 2006-yildan - hozirgacha |
Istanbuldagi tasviriy san’at litseyining teatr bo‘limini tamomlagan. O'n to'rt yoshida u "Şaşkın " (2006) filmidagi kichik roli bilan aktyorlik debyutini qiladi. So'ngra" Plajda " (2008) filmida rol o'ynaydi. Uning birinchi bosh roli "Peri Masalı" (2008) fantastik bolalar seriali. Sovrin olgan roli Adanalı (2008-10) jinoyat komediya serialidagi Sofiya roli bo'lgan.
Nejat İşler bilan Behzat Ç filmlarida suratga tushgan. 2019-yilda Sarıkaya “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” filmiga asoslangan musiqiy moslashuv “Alis Müzikali” da ijro etadi. Turli e'tirozlarga sabab bo'ladi. Shunga qaramay ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ladi, jumladan ikkita "Oltin kapalak" mukofotlari sohibasiga aylanadi.
O'n besh yoshida u go'zallik tanlovida qatnashadi va Yevropa yoshlar go'zalligi tanlovida hakamlar hay'atining maxsus mukofotiga sazovor bo'ladi. Keyinchalik Sarıkaya Miss Turkey 2010 da ikkinchi o'rinni egallaydi. Aktyorlik karerasiga qo'shimcha ravishda u turli reklama filmlarida suratga tushadi. Shuningdek ko'plab brendlarning yuzi hisoblanadi. 2014-yilda u GQ Turkey tomonidan yilning eng yaxshi ayoli sifatida tanlanadi.
Hayoti Tahrirlash
Serenay Sarıkaya 1992-yil 1-iyulda Anqarada[1]Seyhan Umran va Mustafo Sarikaya oilasida tugʻilgan[2]. Ota-onasi ajrashgach, yetti yoshigacha oilasi bilan Antaliyada yashagan[3]. Otasi qayta turmush qurgach, onasi bilan Istanbulga ko‘chib o‘tadi[4][5]. Keyinroq u intervyusida otasiz o‘sgan tajribasini shunday ifodalaydi: “Kichkina qiz uchun ota uning hayotida muhim hisoblanadi. Otasiz o'sish - katta tajriba"[6]. O'sha paytda onasi bilan boshqa shaharga kochishni rejalashtirayotgandi. Onasi Sarikayani aktrisa va model bo'lishni xohlayotganini bilar edi va ular Istanbulga ko'chishga qaror qilishadi[7]. Sarıkaya Tasviriy san'at litseyining teatr bo'limi bitiruvchisi[8].Sarıkaya universitetda o'qimadi[9].
Sarıkaya voleybol bilan shug'ullanadi, basketbol o'ynaydi, shuningdek, tennis va lotin raqslariga qiziqadi[10][11].
O'n besh yoshida u Chexiyada bo'lib o'tgan Yevropa o'smirlar go'zalligi tanlovida ishtirok etadb, hakamlar hay'atining maxsus mukofotiga sazovor bo'ldi[12].
Ish hayoti Tahrirlash
2006–12: Kino va televideniye Tahrirlash
2006-yilda Sarıkaya o'zining birinchi rolini Shahin Alpaslan tomonidan suratga olingan "Şaşkın" filmi edi[13]. 2008-yilda Turkcell reklama roligida suratga tushadi. Sinan Chetin prodyuserlik qilgan va Murat Sheker rejissyorligidagi ikkinchi filmi "Plajda" edi.
O'sha yili Sarikaya rejissyor Jalol Chimen tomonidan suratga olingan "Peri Masalı" serialida o'zining birinchi bosh teleko'rsatuv rolini o'ynaydi[14]. Chetin tomonidan ishlab chiqarilgan va Deniz Ergun rejissyorligidagi "Limon Ağacı" serialida ham ishtirok etgan. O'ninchi bo'limdan so'ng, Sarikaya filmdan chiqadi[15].
2008-yilda Sarikaya Tayfun Güneyer tomonidan yaratilgan va Adnan Guler rejissyorligida suratga olingan Adanali teleserialida suratga tusha boshlaydi[16]. Filmda yunon-turk qizi rolini o'ynadi va yunoncha- adanacha aralash tallafuzi uchun muxlislar olqishiga sazovor bo'ladi[17].
Sarıkaya 2010-yilning 1-aprelida Turkiyaning go‘zallik tanlovida mamlakat poytaxti Anqarani vakili sifatida ishtirok etadi. Gaziantep shahri vakili bo'lgan raqibi Gizem Memichni yakuniy bosqichda mag'lub etib birinchi o'rinni egallaydi. "Miss Universe" tanlovida Turkiya vakili sifatida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Biroq, Sarıkaya bu imkoniyatdan voz kechadi. Chunki aktyorlik faoliyatini davom ettirish niyatida edi va uning o'rniga Memiç qatnashadi[18][19].
Sarıkaya ikkinchi mavsumida Adanali filmi tarkibini tark etadi[20]. Prodyuser Şükrü Avşar va Murat Düzgünog'lu rejissyorligidagi Lale Devrida rol o'ynaydi[21]. Serialning bir epizodida u tomoshabinlar e'tiborini tortgan va albom yozish uchun taklif olgan qo'shiqni kuylaydi. Intervyuda u shunday dedi: "Takliflar to'g'ri. Narxlar yomon emas. Lekin men qo'shiq aytmoqchi emasman. Mening ishim aktyorlik"[22].
2011-yilda Sarıkaya "Hoşçakal" qisqa metrajli filmida rol o'ynadi[23]. 2012-yilda u uchinchi mavsum boshida Lale Devrini tark etadi[24][25].
2013 - yildan hozirgi kungacha: Behzat Ç. Ankara Yanıyor, Medcezir va boshqa loyihalar Tahrirlash
2013-yilning may oyida Sarıkaya Behzat Ç filmini suratga olish boshlanadi. Anqara Yanıyor, Behzat Ç teleserialidan ishlangan film. Bir Ankara Polisiyesi .[26][27] Xuddi shu yili u Amerikaning The OC shousi asosida yaratilgan Medcezir serialida Chag'atay Ulusoy bilan birga chiqadi. Ssenariy muallifi Ece Yörench, serial rejissyori Ali Bilgin. Sarıkayaning qahramoni Mira Beylice asl serial qahramonlaridan biri Marissa Kuperning rol olishi edi[28]. 2014-yilda u Medcezir hamkasbi Hazar Erguchlu bilan birga Elidor reklama roligida suratga tushadi[29][30]. Keyinchalik u ikki yillik shartnoma imzolagandan so'ng Mavi Jeansning yuziga aylanadi[31]. Bahor-yoz kolleksiyasini reklama qilish uchun Sarıkaya braziliyalik model Fransisko Lachovski bilan birga reklama roligida suratga tushadi[32]. Sarıkaya 2016-yilda Barbara Palvin bilan Mavi uchun yana bir reklama suratga olinadi[33]. 2015-yil bahor-yoz kolleksiyasi uchun Sarikaya Kerem Bürsin bilan kamera qarshisiga chiqadi va ularning qo'shiqlarini tomoshabinlar ijobiy baholaydi[34][35].
2017–18-yillarda Sarikaya Azra Koenning bir qator romanlari asosida yaratilgan Fi shousida rol o‘ynaydi.[36] Fi puhutv tomonidan onlayn translyatsiya qilingan birinchi yirik turk televideniya ko'rsatuvi edi[37][38].
2017-yildan 2018-yilgacha u Head & Shoulders brendining elchisi bo'lib, turli kampaniyalar va xabardorlik loyihalarini suratga oladi[39].
2019-yilda u Lyuis Kerrollning Alisning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari filmiga moslashtirilgan “Alis Müzikali” musiqiy filmida Alisa rolida debyut qiladi. Shou birinchi marta 2019-yil fevral oyida sahnalashtirilgan va 2019-yil sentabr oyida ikkinchi mavsum uchun qaytarilgan[40] COVID-19 pandemiyasi tufayli tanaffusdan soʻng, Alis 2022-yil 7-fevralda yana sahnaga qaytadi[41].
Sarıkaya, qo'shiqchi Belgin Sarılmışerhayotini batafsil tasvirlaydigan " Bergen" biografik filmini suratga olish uchun tanlanadi. Ammo pandemiya va boshqa omillar, yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli u loyihani tark etadi[42]. 2021-yilda u Bulgari uchun birinchi turk brendi elchisi bo'ldi[43].
Filmografiya Tahrirlash
Film | |||
---|---|---|---|
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
2006 yil | Shashkin | Itir | Yordamchi rol |
2008 yil | Plajda | Asli | Yordamchi rol |
2010 yil | Ajdahoni qanday o'rgatish kerak | Astrid Xofferson | Ovozni dublyaj qilish |
2011 yil | Hoshchakal | Sara | Qisqa film |
2013 yil | Behzat Ç. Ankara Yanıyor | Melisa | Yordamchi rol |
2016 yil | Ikkimizin Yerine | Chichek | Bosh rol |
Televizion | |||
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
2008 yil | Peri Masalı | Talya | Bosh rol |
Limon Agaci | Peri | Bosh rol | |
2008–2010 | Adanali | Sofiya Dikkaya | Bosh rol |
2010–2012 | Lale Devri | Yeshim Taşkıran | Bosh rol |
2011 yil | Yer Gok Aşk | Yordamchi rol | |
2013–2015 yillar | Medcezir | Mira Beylice | Bosh rol |
2017–2018 yillar | Fi | Duru Durulay | Bosh rol[44] |
2023– | Shohmaron | Shahsu | Bosh rol |
Oila | Devin Akin | Bosh rol |
Teatr Tahrirlash
Teatr | |||
---|---|---|---|
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
2019 | Alice Musiqali | Elis | Bosh rol |
Mukofotlari Tahrirlash
Year | Award | Category | Work | Result |
---|---|---|---|---|
2010 | Miss Turkey | Runner-up | ||
2013 | Turkey Elle Style Awards | Best Hair Style | Medcezir | Gʻolib |
2014 | magazinci.com Awards | Best Actress | Gʻolib | |
GQ Turkey Men of the Year Awards | Woman of the Year | Gʻolib | ||
Istanbul Technical University Awards | Best TV series Actress | Gʻolib | ||
5th Ayaklı Newspaper TV Stars Awards | Best Actress in a Drama Series | Gʻolib | ||
Çanakkale 18 Mart University Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
Karadeniz Technical University Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
4th İMK Social Media Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
3rd Crystal Mouse Media Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
41st Golden Butterfly Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
2015 | Istanbul Arel University 4th Media and Art Awards | Most Admired TV series Actress | Gʻolib | |
YTÜ Stars of the Year Awards | Most Admired TV series Actress | Gʻolib | ||
5th Unimpeded Life Foundation Awards | Best TV Actress of the Year | Gʻolib | ||
MGD 21. Gold Lens Awards | Best Drama Actress | Gʻolib | ||
Turkey Youth Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
Ege University 4th Media Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
Kayahan Media and Arts Awards | Best Actress of the Year | Gʻolib | ||
6th Quality of Magazine Awards | Top Quality Actress | Gʻolib | ||
42nd Golden Butterfly Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
2016 | 2nd Elele Avon Woman Awards | Actress of the Year | Nominatsiya | |
6th Elle Style Awards | Elle Style Actress of the Year | Nominatsiya | ||
10th GSUEN Awards | Best TV/Movie Actress | Nominatsiya | ||
7th İMK Social Media Awards | Best Actress | Nominatsiya | ||
2017 | 24th İTÜ EMÖS Achievement Awards | Most Successful Movie Actress of the Year | İkimizin Yerine | Gʻolib |
12th İTÜ Makinistanbul Media, Art and Sport Awards | Movie Actress of the Year | Gʻolib | ||
1st Turkey Children Awards | Best Television Actress | Medcezir | Nominatsiya | |
3rd Turkey Youth Awards | Best Television Actress | Nominatsiya | ||
Best Movie Actress | İkimizin Yerine | Nominatsiya | ||
4th Mersin Golden Palm Awards | Movie Actress of the Year | Gʻolib | ||
7th Life Foundation Awards | Best Actress of the Year | Fi | Gʻolib | |
6th Fashion TV Mode Awards | Most Successful Actress of the Year | Gʻolib | ||
6th Ayaklı Newspaper Awards | Best Actress | Gʻolib | ||
44th Golden Butterfly Awards | Best Actress | Nominatsiya | ||
6th Bilkent TV Awards | Best Drama Actress | Nominatsiya | ||
2018 | 16th YTÜ Stars of the Year Awards | Most Liked TV and Movie Actress | Gʻolib | |
12th GSÜ The Bests Awards | Best TV/Cinema Actress | Gʻolib | ||
2020 | 18th YTÜ Stars of the Year Awards | Most Like Theatre Actress | Alice Müzikali | Gʻolib |
8th Ayaklı Newspaper Awards | Best Theatre Actress | Gʻolib |
Ma'lumotnomalar Tahrirlash
- ↑ „Güzellerden mektup var“ (tr). NTV.com.tr. NTV (23-mart 2010-yil). Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
- ↑ „Official CV“ (tr). ID İletişim (4-mart 2019-yil). 26-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya“ (tr). ID İletişim. 26-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya – Sibel Arna Ropörtajı“ (tr) (2014). 29-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya: Aşk inandığım bir şey değil“ (tr) (2014). 1-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya: Aşk inandığım bir şey değil 2“ (tr) (2014). 1-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya: Aşk inandığım bir şey değil 3“ (tr) (2014). 1-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ Ayşe Arman. „Serenay'ın 'Alice' hali“ (3-fevral 2019-yil). Qaraldi: 7-mart 2023-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya 25 soruda kendini özetledi“ (tr) (10-may 2014-yil). 30-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya: Aşk inandığım bir şey değil 4“ (tr) (2014). 1-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Yılın Kadını: Serenay Sarıkaya“ (tr) (28-noyabr 2014-yil). 1-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya: Aşk inandığım bir şey değil 5“ (tr) (2014). 1-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Şaşkın“ (tr). Sinematürk (2006). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Peri Masalı“ (tr) (2008). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Limon Ağacı“ (tr). Sinematürk (2008). 12-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Adanalı'nın Kızı Manken Oldu!“ (aprel 2009).
- ↑ „Serenay Adanalı'dan ayrıldı“ (tr) (28-iyun 2010-yil). 22-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „MISS TURKEY 2010“ (tr). Teleskopya (23-mart 2010-yil). 13-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-iyul 2015-yil.
- ↑ „Serenay yerine Las Vegas'a Gizem gitti“ (tr) (14-avgust 2010-yil). 17-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Adanalı'dan ayrıldı“ (Turkish). My Net. Qaraldi: 16-fevral 2017-yil.
- ↑ „Lale Devri“. IMDb (2010). 26-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Kendi de güzel sesi de“ (tr) (23-aprel 2011-yil). 20-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Hoşçakal“ (tr). Sinemalar (2011). 15-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya diziden neden ayrılıyor“ (tr). Gecce (8-may 2012-yil). 13-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya Lale Devri'nden Ayrılıyor“ (tr) (7-noyabr 2012-yil). 20-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2015-yil.
- ↑ „Berke Üzrek Behzat Ç. Ankara Yanıyor filminde neden yok?“ (tr) (4-mart 2014-yil). 20-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Ankara'da başlayan hikâye Kıbrıs'ta son bulacak“ (tr) (2013). 20-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Çağatay Ulusoy ve Serenay Sarıkaya'nın Yeni Dizisi“ (tr) (17-avgust 2013-yil). 16-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya ve Hazar Ergüçlü Elidor'un yüzü oldu“ (tr) (19-fevral 2014-yil). 3-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya, Elidor'un reklam filminde“ (tr) (4-mart 2014-yil). 17-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Mavi'nin yeni reklam yüzü Serenay Sarıkaya oldu“ (tr) (28-fevral 2014-yil). 11-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya'nın Yeni Reklam Filmi Yayınlandı“ (tr) (16-sentyabr 2014-yil). 19-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya ve Barbara Palvin Reklamı Yayınlandı – Trendus.com“. www.trendus.com. Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
- ↑ „Bundan Sonra Mavi Serenay Sarıkaya ve Kerem Bürsin'den Sorulacak“ (tr) (15-aprel 2015-yil). 22-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyul 2015-yil.
- ↑ „Kerem Bürsin ve Serenay Sarıkaya'lı Mavi Reklamı“ (tr) (8-aprel 2015-yil). 22-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyul 2015-yil.
- ↑ „Fi oyuncuları dizinin bilinmeyenlerini anlattı“. ntv.com.tr (15-iyun 2017-yil). Qaraldi: 23-iyul 2017-yil.
- ↑ „Türkiye'nin İlk Büyük Çaplı İnternet Dizisi Fi Başladı!“. Webtekno. Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
- ↑ „Fi Çi Pi dizisi bitiyor mu? Fi Çi final mi yapacak?“ (tr). hthayat.haberturk.com (25-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
- ↑ git. „Head & Shoulders yeni şampuanını Serenay Sarıkaya ile tanıttı“ (tr). Milliyet. Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
- ↑ Aparı. „'Alice Müzikali' yeni sezonuna başladı“. Anadolu Agency (7-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 10-mart 2020-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya duyurdu: Alice Müzikali sahnelere geri dönüyor“ (tr). www.cumhuriyet.com.tr. Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya, Bergen projesinden ayrıldı! Yerine Demet Evgar mı gelecek?“ (tr). Haberler (26-may 2021-yil). Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
- ↑ „Serenay Sarıkaya ıs the new brand ambassador of Bvlgarı ın Turkey“. GBM (4-iyun 2021-yil). Qaraldi: 21-aprel 2022-yil.
- ↑ „"Fi,Çi,Pi" dizisinden ilk fotoğraflar geldi!“ (Turkish). Gecce (20-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2017-yil.