Sergey Freyman
Sergey Nikolaevich Freyman (1882-yil 25-aprel (7-may) Vladivostok - 1946-yil 14-aprel Toshkent) - sovet, sobiq rus, shaxmatchi.
Sergey Nikolayevich Freyman | |
Tugʻilgan sanasi: | 1882-yil 25-aprel (7-may) |
Tugʻilgan joyi: | Vladivostok |
Vafot sanasi: | 1946-yil 14-aprel (63 yosh) |
Vafot joyi: | Toshkent |
Tarjimai holi
tahrirOfitser (keyinchalik general-mayor) Nikolay Rudolfovich Freyman oilasida tugʻilgan, Pajes korpusi bitiruvchisi, 1877-1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi qatnashchisi.
Sankt-Peterburg elektrotexnika institutini tamomlagan.
Birinchi jahon urushi paytida zahiradagi elektrotexnika batalyonida praporshik boʻlib xizmat qilgan.
1920-yillarning boshidan Oʻrta Osiyoda (Kushka, keyin Toshkent) yashagan. Shaxmat boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan, gazetada shaxmat boʻlimiga rahbarlik qilgan.
Shaxmat boʻyicha birinchi muvaffaqiyatiga 5-Umumrossiya turnirida erishgan (1907) — 5-oʻrin. Sankt-Peterburg havaskorlar turniri (1908) — 1-2-oʻrin; M.I.Chigorin xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda ishtirok etish huquqini olgan (1909) — 18-oʻrin. Sankt-Peterburgdagi eng kuchli shaxmatchilar turnirida (1910) — 1-3-oʻrinlar. Y.A.Znosko-Borovskiyga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan — 10: 8 (+5 -3 = 10; Sankt-Peterburg, 1911). Xalqaro turnirlar ishtirokchisi — Kyolndagi (1911) — 2-5 va Abbatsiyadagi (1912) — 6-7 oʻrinlarni olgan.
4 karra Oʻzbekiston chempioni va Toshkent shahrining koʻp karra chempioni. Oʻrta Osiyo turnirlari - 1927-yilgi (N.N.Rudnev bilan 1-2-oʻrin) va 1933-yilgi; Turkmaniston (1929) va Qirgʻiziston (1937, musobaqadan tashqari) chempionatlari gʻolibi. F.I.Duz-Xotimirskiy bilan oʻyinda durang natija belgilangan — 5:5 (Toshkent, 1926). 6 ta SSSR chempionati ishtirokchisi (1924-1935); eng yaxshi natija - 2-oʻrin (1929).
1946-yil 14-aprelda vafot etgan, Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[1].
Sport natijalari
tahrirYil | Shahar | Musobaqa | + | − | = | Natija | Oʻrni |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1907 | Lodz | 5-Umumrossiya turniri | 6 | 5 | 2 | 13 dan 7 | 5 |
1908 | Sankt-Petergurg | Sankt-Peterburg shaxmat assambleyasining kuzgi turniri | 1 | ||||
1909 | Sankt-Petergurg | M.I.Chigorin xotirasiga bagʻishlangan turnir | 3 | 10 | 5 | 18 dan 5½ | 18 |
Vilnyus | Rossiya shaxmatchilari turniri | 7 | 7 | 4 | 18 dan 9 | 2—3[2] | |
1910 | Sankt-Petergurg | Sankt-Peterburgning eng kuchli shaxmatchilari turniri | 1—3 | ||||
1911 | Sankt-Petergurg | Y.A.Znosko-Borovskiy bilan oʻyin | 5 | 3 | 10 | 10 : 8 | |
Kyoln | Xalqaro turnir | 2—5 | |||||
1912 | Abbatsiya | Mavzuli Gambit turniri | 9 | 9 | 3 | 21 dan 10½ | 6—7 |
Vilno | Umumrossiya ustalari turniri | 5 | 7 | 6 | 18 dan 8 | 8[2] | |
1913 / 1914 | Sankt-Petergurg | Umumrossiya ustalari turniri | 6 | 9 | 2 | 17 dan 7 | 12 |
1924 | Moskva | 3-SSSR chempionati | 4 | 14 | 0 | 17 dan 4 | 16—17 |
1925 | Leningrad | 4-SSSR chempionati | 2 | 11 | 6 | 19 dan 5 | 19[3] |
1926 | Toshkent | F.I.Duz-Xotimirskiy bilan oʻyin | 5 | 5 | 0 | 5:5 | |
1927 | Toshkent | Toshkent chempionati | 1 | ||||
Toshkent | Markaziy Osiyo turniri (Markaziy Osiyo chempionati) | 1—2 | |||||
Moskva | 5-SSSR chempionati | 8 | 9 | 3 | 20 dan 9½ | 10—12 | |
1929 | Odessa | 6-SSSR chempionati
(chorak final turniri) (yarim final turniri) (final turniri) |
6
4 2 |
1
1 2 |
1
0 0 |
8 dan 6½
5 dan 4 4 dan 2 |
2 |
Ashxobod | Turkmaniston SSR chempionati | 1 | |||||
1931 | Moskva | 7-SSSR chempionatining yarim finali | |||||
1933 | Toshkent | Markaziy Osiyo turniri (Markaziy Osiyo chempionati) | 1 | ||||
Leningrad | 8-SSSR chempionati | 6 | 11 | 2 | 19 dan 7 | 16—17 | |
1934 | Toshkent | Oʻzbekiston SSR chempionati | |||||
1934 / 1935 | Leningrad | 9-SSSR chempionati | 1 | 11 | 7 | 19 dan 4½ | 20 |
1936 | Leningrad | Ustalar saralash turniri | |||||
1937 | Frunze | Qirgʻiziston SSR chempionati | 1 | ||||
1938 | Leningrad | 11-SSSR chempionatining yarim finali | 5 | 9 | 3 | 17 dan 6½ | 15—17 |
Adabiyotlar
tahrir- Шахматный словарь / гл. ред. Л. Я. Абрамов; сост. Г. М. Гейлер. — М.: Физкультура и спорт, 1964. — С. 370. — 120 000 экз.
- Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 436. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
- Файбисович В. Барон С. Н. фон-Фрейман // Шахматный Петербург. — 2001. — № 2 (20). — С. 46—49.
Manbalar
tahrir- ↑ Фрейман Сергей Николаевич
- ↑ 2,0 2,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:0
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:1
Havolalar
tahrir- FSR veb-saytida Sergey Freymanning tarjimai holi