Sergey Isheev
Sergey Vladimirovich Isheev — Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati podpolkovnigi, Ikkinchi Chechen urushi paytida xizmat burchini bajarish vaqtida olamdan o‘tgan, „Jasorat“ ordeni sohibi bo‘lgan (vafotidan keyin).
Sergey Vladimirovich Isheev | |
---|---|
Tavalludi |
2-sentyabr 1959-yil Termiz, Surxondaryo viloyati, O‘zSSR, SSSR |
Vafoti |
7-aprel 2003-yil (43 yosh) Grozniy, Checheniston, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston Rossiya |
Qoʻshin turlari | KGB SSSR, SNB FSB Rf |
Xizmatdagi yillari | 1986—2003 |
Unvoni | Podpolkovnik |
Harbiy qism | Tula viloyati bo‘yicha UFSB |
Jang/urush | Ikkinchi Chechen urushi |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirSergey Vladimirovich Isheev 1959-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Termiz shahrida SSSR Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisi oilasida tavallud topgan. 1976-yilda Toshkentdagi 53-sonli o‘rta maktabni tamomlagan, so‘ngra Kiev shahriga jo‘nab ketgan va u yerda Kiev fuqaro aviatsiyasi muhandislari institutiga (hozirgi Ukraina Milliy aviatsiya universiteti) o‘qishga kirgan. Isheev oʻqishni tamomlagach, Toshkentga qaytib keldi va u yerda Toshkent birlashgan aviatsiya otryadining 5-sonli ustaxonasida muhandis boʻlib o‘z faoliyatini olib bordi[1].
1986-yildan SSSR davlat xavfsizlik organlari xizmatida, O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatida uch yil xizmat qildi. 1994-yilda u Rossiyaga ko‘chib o‘tdi va u yerda dastlab Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining Murmansk viloyati bo‘yicha boshqarmasida xizmat qildi. 1997-yilda u Tula shahriga yuborildi, Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining Tula viloyati bo‘yicha boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. 2000-yildan beri u Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Tula viloyatidagi Yasnogorsk bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2001-yilda u dastlab direksiya bo‘limlaridan birining boshlig‘i bo‘lgan. Keyin esa Rossiya FSBning Tula viloyatidagi Novomoskovsk viloyati boshqarmasini boshqargan[1].
2003-yil 27-martda podpolkovnik Sergey Vladimirovich Isheev Shimoliy Kavkazdagi aksilterror bosqin bo‘layotgan hududga jo‘natildi. 2003-yilning 7-aprelida Isheev bir guruh hamkasblari bilan bo‘lgan avtomobil ayirmachilar tomonidan o‘rnatilgan portlovchi qurilma tomonidan portlatilgan va ichkaridagi barcha kishilar halok bo‘lgan[2].
Sergey Isheev Tula viloyati Novomoskovsk shahridagi shahar qabristoniga dafn etilgan. Qabrda doimiy ravishda xotira tadbirlari o‘tkaziladi[3].
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoni bilan podpolkovnik Sergey Vladimirovich Isheev vafotidan so‘ng „Jasorat“ ordeni bilan bundan tashqari, u FSBning 3-darajali „Kontrrazvedkadagi xizmatlari uchun“ idoraviy belgisi, 2 va 3-darajali „Harbiy xizmatdagi faolligi uchun“ medallari bilan mukofotlangan[1].
Xotirasi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „60 лет со дня рождения подполковника ФСБ Сергея Владимировича Иншева.“ (ru). Новомосковская районная библиотека.. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
- ↑ Мельник Р. „В Тульской области погоны вручили дочери офицера, трагически погибшего в Чечне.“ (ru). Первый канал. (2006-yil 2-sentyabr). 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
- ↑ „Вечная память герою Ишееву.“ (ru). Новомосковск сегодня.. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
- ↑ „В Ясногорске увековечили имя погибшего чекиста.“ (ru). Комсомольская правда. (2014-yil 19-noyabr). 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
- ↑ „Памяти Ишеева.“ (ru). Новомосковская правда.. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.